Mehnat va kasbiy ko\'nikmalar vositasida o\'quvchilarni ijtimoiylashtirish
2.2 Tarbiya tizimini ijtimoiylashtirish Tarbiya tizimining rivojlanishi uchta jarayonning rivojlanishida aks ettiriladi - ijtimoiylashtirish, o'zini tarbiyalash va kasbiy ta’sir ko‘rsatish. Bu jarayonlar uchta asosiy subyektlar shaxsi bilan shakllanuvchi - jamiyat, individning o‘zi va pedagogning bir obyekt bilan o‘zaro munosabatlari davomida amalga oshiriladi. Jamiyat to‘g‘risida to'xtalib o‘tamiz. “Ijtimoiylashtirish” tushimchasi tarbiya nazariyasida juda keng foydalaniladi. Tadqiqotchilar uni qadriyatli ko‘rsatmalari va tarbiyalash tamoyillariga qarab tushuntiradilar. Hatto bu borada ma’lum an’analar yuzaga kelgan, katta ilmiy material ham to‘plangan. Sotsialogik va psixologik adabiyotlarda ijtimoiylashtirish juda faol tahlil qilinadi. Shu bilan birga ijtimoiy hayotda jamiyat va shaxs rolini talqin qilish albatta, qarama-qarshi bo‘lgan ijtimoiyiashtirish konsepsiyasining shakllanishiga olib keladi. Qattiq ijtimoiyiashtirish deb ataluvchi konsepsiya tarafdorlari, funksional maktab vakillari bu jarayonni shaxsni ijtimoiy tizimga to'la jalb etish sifatida belgilaydi. Sotsiologiya ijtimoiylashtirishni tahlil qilishda, "moslashish”. “qulaylik”, “tenglik” kabi muvozanat tushunchalariga tayanadi. Ularning tadqiqotlaridagi asosiy vazifa - individlami ijtimoiy muhitga moslashtirish hisoblanadi. Bu konsepsiyaga “yangi insonparvarlashtirish” tarafdorlari qarshi! chiqadi. Ular ijtimoiylashtirishda o’z qobiliyatlari va layoqatlarini yaratuvchi shaxsni hamda shaxsning o‘zini amalga oshirishi va o‘zini namoyon etishiga to‘sqinlik qilayotgan elementlami tanqidiy yengishni ko’radilar. Biroq, birinchi holatda, ma’lum tarzda ishlab chiqilgan muhitga ta’sir koTsatish to‘g‘risida gap yuritilayotgan bo'Isa. ikkinchi holatda, “ijtimoiyiashtirish va shaxs” tushunchalarini to‘la adashtirish sodir bo‘lmoqda. Ta’lim tizimidagi ijtimoiyiashtirish deyarli chiqarib tashlashga, uning o‘zini tarbiyalash bilan almashtirishga, tarbiyachi kasbiyligiga esa shakllanayotgan shaxsning mustaqilligini ta’minlash vazifasini yuklatishga harakat qilinmoqda. Birinchi nuqtai nazar ijtimoiy hayot taraqqiy etgan asoslarini qayta ishlab chiqish muammosiga e'tiborni kuchaytiradi, ikkinchisi esa madaniy ijodkorlik shaxsi ijodiy qobiliyatlariga erkinlik berishga qaratilgan. Ma’lumki, bu ikki qarama-qarshi nuqtai nazarlardan birortasi ham amaliy hollarda tarbiya amaliyotini takoniillashtirishga olib kelmaydi. To‘g‘ri, shaxs ichki dunyosini ijtimoiy manfaatlar bilan toTa bogTab qo‘yishga yoT qo'yisli mumkin emas. Lekin baribir jamiyat insonga ta’sir koTsatadi va ta’sir koTsatishni hisobga olmay boTmaydi. Ijtimoiyiashtirish - muhit, jamiyatning shaxsga ta’siri demakdir. Shu bilan birga ta’sir ko’rsatish shaxsning tashkil topishida juda zarur hisoblanadi. Jamiyat - urauman alohida kuch - o‘ziga xos insoniy munosabatlar va o‘zaro aloqalardir. Bu narsalar boTmasa, odam ham baribir muhitga juda moslasha oladigan hayvonligicha qoladi. Muomalalar davomida yuzaga keladigan insonlar munosabatlari - mana shu jamiyat demakdir. Biz ijtimoiylashtirish to‘g‘risida gapirar ekanmiz, odam ham, guruh ham, biomuhit, kosmos ham inson ko’ziga ko‘rinib va uning qalbida aks etib, maqsadga muvofiq bo‘lmasa ham, insonga maxsus emas, faqat tasodifiy (ko‘rinishi bo'yicha, mohiyati bo‘yicha esa muqarrar va qonuniy) ta’sir ko’rsatib shaxsni shakllantiradi. Haqiqatda ko‘zga ko’rinmas ta’sir ko‘rsatish - nazorat qilib bo’lmaydigan jarayon. Muhitning u yoki bu elementlari qachon, qanday ketma-ketlikda, qanday nisbatlarda shaxs bilan munosabatlarga kirishishini bilib bo‘lmaydi. Hatto ularning har birini aniqlash ham mumkin emas. Biroq muhit shaxs uchun shakllanib bo'lgan dunyoqarashiga yot bo’lgan faoliyat sharoitlari va tamoyillarini majbur qilishda quvonchni his etish qiyin bo‘ladi. Agarda dunyoqarashi shakllanmagan bo'lsa. unda ham odamdan noqulay muhit ta’siridan qoniqishni talab qilib bo’lmaydi. Odam o‘zi o‘z hayotini tashkil etadi, u nima qilishi kerakligini o‘zi tanlaydi: dunyoga qarab agarda unda o‘z hayotini ko‘rsa xursand bo'ladi. Biroq taqdir shaxsan tanlash imkoniyatini chegaralaydi. U boshqalar tomonidan amalga oshirilgan, awalgi avlod tanlagan mavjud vaziyatni odam oldiga qo'yadi, u bilan bahslashib bodmaydi. Uni meros kabi, shaxsiy turmushning bir qismi yoki asosi sifatida qabul qilish va mana shu tajribaga hurmat bilan munosabatda bodish kerak. Muhit o’zida insonga monand axborotlami yetkazadi, shaxs yuzaga kelishi to‘g‘risida ma’lumotlar beradi, shu bilan birga bu axborotlami insonga majburlamaydi. Xohlovchilar uni o‘zlashtirishi mumkin. Shunda uning hayoti taqdirga qarshi bodib qolmaydi, taqdiri rivojlanishiga to‘siq bodmaydi. Uning dunyoga munosabati, quvonchli yoki alamli ko‘rinishda bodishidan qat’iy nazar, mazmuni bo‘yicha ancha chuqur bodadi. Shuning uchun jamiyat go‘yoki tabiiy ravishda bolaga o‘zining yaxshi tomonini namoyon etishga, unga “kulib boqishga” harakat qiladi. Mana shu hayotga kirib kelayotgan insonga o’ziga xos munosabat faqat beg‘araz emas, balki jamiyatning g‘amxo‘rligi hamdir. U eng to‘g‘ri, asrlar davomida shakllangan tamoyillashtirish yo‘lidir. Faqatgina mana shu narsa shaxsning tabassum qilishiga olib kelishi mumkin. Individni muhitga jalb etib, insonni keng jamoa va hodisalar bilan munosabatlarda bo‘lishi imkoniyatini taqdim etishda, ularning javoblari shaxs uchun baholash shaxsiy mezonini ishlab chiqishda asosiy me’yor bo‘lib qoladi - mana shunga ijtimoiyiashtirish deyiladi. U kasbiy tarbiyaviy faoliyatdan ham iborat emas, balki nisbatan mustaqil jarayon hisoblanadi, shaxsga rol o‘yinini “qiyinlashtirish” alohida vazifasini bajaradi. Mana shusiz, u anglab yetilmagan bo‘lib, jamiyatda yakkalanib qoladi. Shaxs madaniyatning yaratuvchisi, muhitning tomiri bo‘lmish jodiy shaxsni yaratishda zarur shartdir hamda ijtimoiyiashtirish jarayonining mustaqilligini tan olish, bu jarayonni insonparvarlashtirish yo‘nalishini takomillashtirishdagi har qanday urinishlardan voz kechishini anglatmaydi. Insonparvar bo’lmagan, yangi shaxsning faolligi sababsiz bostirilishi, individning layoqati, intilishlari hisobga olinmay ijtimoiy vazifalami majburlash sodir bo‘ladigan insonga muhitning ta’sir ko’rsatishi bilan ijtimoiylashtirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ijtimoiyiashtirish - bu shakllanayotgan shaxsning va uning kelajakda mumkin bo‘lgan shaklini belgilovchi birlikning o‘zaro aloqalari jarayonidir. “Insonparvarlashtirish” tushunchasi ko‘pincha ma’naviylashtirish doirasiga taalluqli deb tushuniladi. Hozirgi kunda bu keng qo'llaniladigan tushuncha, umumiy yo‘nalish ahamiyatiga ega. Insonparvarlashtirish asosiy vazifa sifatida qaralmoqda, uni hal etmay turib ijtimoiy taraqqiyot to‘g‘risida gapIrish mumkin emas. Insonparvarlik - bu inson qanday bo‘lishi, uning mohiyati qandayligi to‘g‘risida o‘ylash va g‘amxo‘rlikdir. Bu o‘zini anglashdir, va shu bilan bir vaqtda, mavjudlikni himoya qilishdir. Shaxsning qimmatini tasdiqlash, shaxsni faqatgina vosita sifatida qarashga har qanday urinishlaming muhimsizligi ifodasidir. Shundan so‘ng insonparvarlik shaxsni ijtimoiy shaxs sifatida qarashni ko‘zda tutadi. Ijtimoiy hayotda subyektning barqarorligini ta’miniash mexa nizmini shakllantirish - bu g‘oya demak. Har qanday ijtimoiy guruh, kattami yo kichikmi, hamda shaxs va jamiyat ozmi-ko'pmi shakllangan o‘z g’oyasini paydo qiladi. G‘oya obyektiv bo‘lmagan dunyo ko‘rinishini emas, balki g’oya yetkazuvchi saqlanib qolishi ta’minlanadigan doirada dunyoga qarash tizimini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan. Albatta, g‘oya chuqur rivojlantirilgan bo'lsa. agar subyektning boshqa subyektlar bilan aloqasi hisobga olingan bo‘lsa, unda bunday obyektiv ong ijtimoiy rivojlanish umumiy tendensiyasiga ham qarama-qarshilik qiladi, hatto deyarli mos kelishi mumkin. Lekin u bilan hech qachon batamom birday bo‘la olmaydi, chunk! jamiyat va uning alohida subyekti o'xshash bo‘la olmaydi. G‘oyasiz, markazga intilgan yo‘nalish subyektning mana shu bilimlar tizimisiz, ijtimoiy fikr umuman mavjud bo‘lmaydi, ular markazga intilgan kuchlami - entropiya kuchlarini, subyektning buzilishini yengish vositalari hisoblanadi. G'oyalar doirasida asosiy ijtimoiy qadriyatlar to‘g'risidagi bilim yuzaga keladi, ishlab chiqiladi. Bu bilimlar ma’naviy madaniyat shakllanishi uchun asos bo‘lib qoladi, uning yordamida g’oya doirasida mavjud qadriyatlar uchun xos bo‘lgan egoistik aksent yo‘qotiladi, insonparvarlashtirish to‘g‘risida tasavvurlar shakllantiriladi. Bunday tarbiya to‘g‘risidagi masala shunga qaramay yechilmay qoladi. Hatto “0‘zimiz qanday yashashimiz kerak!” degan savolni his etishga e’tibomi jalb etib ham, biz boshqa savollardan xoli bo'lmaymiz: “Odamlar orasida qanday yashash kerak?”, “O‘z hayot talablarini o'zganing hayot talablari bilan mos kelishi qobiliyatiga qanday qilib ega boTish mumkin?” Oxirgi savolni hal etishda, odam (birinchi navbatda bola, lekin ba’zida kattalar ham) ichki va tashqi ta’sirni tizimlashtirishga, ularga mos ravishda javob qaytarib, shaxs shakllanishini tushunishga yordam beruvchi pedagog, o’gituvchi ko'magiga muhtoj bo'ladi. O'qituvchiga zamonaviy talablar, asosan uch oliy vazifani qamrab oladi. Ular:
l) fan bo'yicha,
2) pedagogik,
3)oldindan berilgan samara bilan mos ravishda o‘qish jarayonini loyihalashtira bilish malakalariga ega bo‘lish shartidan iborat.
Ushbu vaziyatda o‘qituvchi haqida gap boradi. Agarda tarbiyachi o‘qitish bo’yicha uy vazifalarini bajara olmaydi deb, hisoblasak, unga kamroq talablar qo‘yish kerak. Lekin shu yerda bir gapni aytib o‘tish kerak. “Bolaning aqliy rivojlanishi asosi bo‘lib xizmat qiluvchi, uning jismoniy rivojlanishi shartlari bilan tanish boTmagan ayol, aniq va to‘gri harakat qila olmaydi, - deb yozadi K. Setkin. - O‘qitish texnik metodlarini bilmagan ayol, bolaning o‘n marta o‘z onasi bo‘lsa ham (hatto shunday mumkin bo‘lmagan holatda ham) haqiqiy insonni tarbiyalay olmaydi, bola tarbiyasini unga ishonib boTmaydi”. Shunday qilib, Klara Setkin nuqtai nazaridan ona qanchalik mehribon, bolasini sevadigan va sevimli odam bo'lmasin, “o'qitish texnik metodlari”ni bilmas ekan, bola tarbiyasi jarayonidan chetlashtirilishi kerak. Bu nuqtai nazarda tarbiya masalasiga kasbiy tayyorgarlikni talab etuvchi juda muhim ish sifatida qaralmoqda. Tarbiyachi bu yerda yaqqol o‘qitish vazifasini ham bajaradi. Kasbiy tarbiyachi zarurmi? Albatta, chunki murakkab tizim - tarbiyalash tizimi faoliyati to‘g'risida gap bormoqda. u tizim turli subyektlari harakatlariga rahbarlik qilishi va boshqarishi kerak. Tarbiyachi inson hayotida baxtli bolalik rolini tushunib, individni shakllantirish jarayonini madaniyatga, ijtimoiy hayot qarama-qarshiliklariga va bilimga yo‘naltirishi kerak. Natijada, bola va hayot ittifoqi yanada keng va chuqur bo‘lishiga yordam berib, bu ittifoqning buzilmasligi maqsadini ko‘zlash kerak. Inson rivojlanishi jarayonini maksimal evolyutsion, minimal inqirozli qilish - pedagogning san’ati mana shundan iborat. Kasbiy tarbiyachi shakllanayotgan shaxs oldida maTum majburiyatlarga ega bo‘lgani holda, jamiyat oldida ham shunday mas’uliyatga ega bo‘ladi. Jamiyat asosan, yangi insonning o‘sishi jarayonini ta’minlaydi, shuning uchun u yangi a’zosi ijtimoiy munosabatlarga qodir, yuzaga kelgan munosabatlar tuzilishida yashay olishga va keraklicha rivojlana olishga tayyor bo‘lishiga ishonishga haqlidir. Turli milliy madaniyatlar doirasida pedagogika an’anaviy ravishda faqat jamiyat oldida va aksincha, faqat shaxs oldida ancha mas’uliyatliroq sifatida tushunilishi mumkin. Haqiqatda esa, kasbiy, ya’ni pedagogik ta'sir ko'rsatishni takomillashtirishni faqatgina ikkala manfaatdor taraflar talab va ehtiyojlariga yo‘naltirishda amalga oshirish mumkin. Munosabatlar maqsadlari qanchalik ta’sirchan boTmasin, pedagog ular bilan o‘z ishida tarbiyalanuvchi qiziqishlari, huquqi erkinligini poymol qilishini oqlab bo‘lmaydi. Pedagogik ta’sir ko‘rsatishning maqsadi - jamiyat manfaatlarini maksimal hisobga olib, shaxsning maksimal mumkin bo‘lgan rivojlanishini ta’minlashdan iborat. Jamiyat tomonidan ijodiy individuallikka ehtiyoj sezilsa, unda pedagogning vazifasi osonlashadi, chunki ushbu holatda ijtimoiylashtirish va pedagogik ta’sir koTsatish jarayoni bir yo'nalishda boradi. Falsafiy nuqtai nazardan bu tushunarli: harakat o‘z qarama-qarshiligidagi holatda o‘z o‘lchamini topadi. Sotsiologiyada esa madaniyat tushunchasi orqali ijtimoiy harakat o‘lchamini aks ettiradi. Shaxs munosabati va tahlil bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan bosqichlar orqali rivojlanadi. Bola atrofidagilardan uzoqlashishga ehtiyoj his etadigan davr o‘z tarbiyalanuvchisini chindan yaxshi ko‘radigan tarbiyachilar tomonidan ba’zan tushunib yetilmaydi. Bunday holatda ko‘pchilik tarbiyaning takomillashishiga yordam bermaydi. Ba’zida esa mehribon pedagog o‘z tarbiyalanuvchilari bilan munosabatlarga doimiy tayyorgarligi bilan odatda faqat jismoniy emas, balki anglab yetilmagan intellektual, emotsional rinchlikka ehtiyoji qoniqtirilmaganligi sababli yuzaga keluvchi ulardagi norozilik hissini keltirib chiqaradi. O‘qituvchini ham, o‘quvchini ham o‘z ishidan ko‘ngli qolishidan saqlash uchun tarbiya butun hayoti davomida faqat kasbiy vazifaga qaratilmasligi kerak. Tarbiyalanuvchiga pedagog bilan munosabatlardan tinchlik, dam olish zarur bo‘lsa, o‘qituvchi shaxsining normal rivojlanishi uchun unga ham xuddi shu kerak. Pedagogik mehnat mazmunini aniqlashda biz pedagog - bu munosabat jarayonida shakllanayotgan shaxs va jamiyat ijtimoiylashishi va o'zini tarbiyalash jarayoni o‘rtasida nizolarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadini qo‘yuvchi odamdir, degan fikrdan kelib chiqamiz. Pedagogik faoliyat rivojlana borgan sari mana shu maqsadga erishishning ko‘plab vositalari ishlab chiqilgan. Asta-sekinlik bilan ular jamlanib, yagona kasbiy faoliyat ichida ikkita faoliyat turini tashkil qiladi:
1) bir tomondan rivojlantiruvchi;
2) muvofiqlashtiruvchi, tartibga keltiruvchi, bir tizimga soluvchi faoliyat.
Rivojlantiruvchi faoliyat kasbiy-tarbiyaviy faoliyatning yuqorida aytilgan maqsadini bajarishga bevosita yo‘naltirilmagan. Bu tarbiya muammosini o'rganuvchi ko‘plab tadqiqotchilar tarbiyalash so’zining “asl mazmunf’da o‘qitishga kiritmasliklariga olib keladi. Biroq, bundan boshqa nuqtai nazar ham mavjud. Bu nuqtai nazar o‘qitishni rivojlantiruvchi faoliyatni tarbiyalash faoliyatining bir qismi va hatto rivojlantiruvchi faoliyatning atributi sifatida qaraydi. Bola tug‘ilgandan boshlab qisman potensial, qisman aktuallashtirilgan shaxs hisoblanadi. Tug‘ilgan bolaga nisbatan jamiyat ma’lum xususiyatdagi talab ishlab chiqadi. Lekin, jamiyat bola bilan o‘zaro munosabatlarga kirishadi, jamiyatda ushbu individga u katta bo‘lganida qo‘yiladigan talablar, ehtiyojlaming murakkab zanjirini shaxs va jamiyat munosabatlari “dispetcheri” bo'lmish pedagog esdan chiqarmasligi kerak. To‘g‘ri, o’zaro munosabatlarga shaxsni tayyorlar ekan, pedagog uni rivojlantimiasligi mumkin emas va to‘playotgan bilimlarini tizimlashtirishga yordam bermasligi ham mumkin emas. Faqat rivojlantirish, o‘qitish yoki uyg‘unlashtirish, insonparvarlikka mos, ijtimoiy qoidalarga yo‘naltirilgan kasbiy tarbiya ortda qolishi va butun kasbiy faoliyat muvafaqqiyatsizlikka uchrashi mumkin. Tarbiyani o‘qitishdan alohida qarab, biz bu jarayonni faqat mustaqillikdan emas, balki mavjud subyektdan ham mahrum etamiz. Qaysi pedagog tarbiyalanuvchini rivojlantirmay, bilimlarini boyitmay, ya’ni uni o‘qitmay dars berishi, qoida, me’yor, sifat haqida tasawur berishi mumkin axir?! Hozirgi kunda ta’limsiz o‘zini jamiyatda teng huquqli da’vogar deb his etish qiyin. Shu bilan bir vaqtda ilmlilik - bu anglab yetiladigan “yashirin (patent)” bilimlarga asoslangan shaxsning holati. Biroq, o‘qitishsiz jamiyatda shaxs o‘zaro munosabatlarini samarali yo‘lga qo‘yish mumkin emas, degan fikmi to‘g‘ri deb hisoblab, biz uni aniqlab olishimiz kerak: “Kasbiy pedagog faoliyatining tabiiy bir qismi, elementi sifatida o‘qitish qanday bo‘lishi kerak?” Ta’lim, bilimlar yetkazish jarayoni sifatida o‘qitish jamiyat bilan aloqalar o‘rnatish jarayoniga, ijtimoiy qoidalami o’zlashtirish va ijtimoiy-ma’naviy ishonchlarini shakllantirish jarayoniga nisbatan qarama-qarshi bo‘lmasligi kerak. O‘qitish - bu tarbiyaning muhim bir qismi. Bundan ikki ming yil avvalroq, Platon tarbiyalovchi ta’limi to‘g‘risida fikr yuritgan. O‘qitishning chegaradan chiqib ketgan “tarbiyaviyligi” ko'pincha uning axborotlar yetkazisli imkoniyatlarining pasayishiga, ortiqcha nasihatgo‘ylik, g‘oyaviylikka olib keladi. Ta’lim tarbiyadan ajralishdir, lekin tarbiya doirasida rivojlantirish, bilimlar, tasavvurlar, kohiikmalar berish vazifasini bajarishi kerak. Mana shu yo'nalishda muammolar ko‘p.