Mavzu: Mehnat va kasbiy ko'nikmalar vositasida o'quvchilarni ijtimoiylashtirish Mundarija: kirish I bob. Mehnat tarbiyasining o’quvchilarni ijtimoiylashtirishda tutgan o’rni


Tushuntirish va hikoya qilish metodlari



Yüklə 51,39 Kb.
səhifə8/13
tarix16.05.2023
ölçüsü51,39 Kb.
#114063
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Mehnat va kasbiy ko\'nikmalar vositasida o\'quvchilarni ijtimoiylashtirish

1. Tushuntirish va hikoya qilish metodlari. Mazkur metod yordamida hayotiy misollar, sodir bo’lgan voqea-hodisalar yoki alohida shaxslarning xatti-harakatlari misolida ijtimoiy va huquqiy mehyorlarning insonlar hayotidagi ahamiyati, ularning salomatliklari hamda hayotlarini muhofaza qilishdagi rolini yoritish, ochib berish orqali boshlang’ich sinf o’quvchilarida ular to’g’risidagi mahlumotlarni hosil qilinadi. Boshlangich ta’lim tizimida, odatda, o’quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mazkur metod yordamida ijtimoiy va huquqiy mehyorlar, ularning mazmuni qisqa, aniq va ravshan bayon etilishi zarur. Mazmunan tushuntirish metodiga o’xshash bo’lsa-da, biroq, unga nisbatan kengroq va batafsilroq mahlumotlarni berish imkoniga ega. SHu bois boshlangich sinf o’quvchilariga ijtimoiy va huquqiy mehyorlarning mohiyati to’g’risida mahlumot berishda ushbu metoddan ham samarali foydalaniladi. Hikoya, ko’p hollarda o’qituvchi, mutaxassis yoki ota-onalar tomonidan mavjud adabiyotlarda berilgan, shuningdek, hayotda sodir bo’lgan ibratli voqea-hodisalarni ogzaki bayon etish tarzida amalga oshiriladi. Tushuntirishda, asosan, tushunchalarning mahnosini ochib berishga ehtibor qaratilib, ilmiy, ilmiy-ommabop atamalardan foydalanilsa, hikoya qilishda obrazli iboralar, ko’chirma so’zlardan foydalanish mumkin.
2. Suhbat metodi. Ushbu metod boshlangich ta’limda o’quvchilar bilan o’qituvchi, ota-onalar yoki mutaxassis o’rtasida bevosita jonli muloqotni tashkil etish orqali ularda ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga doir tushunchalarni hosil qilish maqsadida qo’llaniladi. Metodning afzalligi suhbat jarayonida o’quvchilar tomonidan ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga doir mahlumotlarning qay darajada o’zlashtirilayotganligini baholab borish mumkin. Agarda, o’quvchilar berilayotgan material yoki mahlumotlarni etarli darajada o’zlashtira olmasalar, u holda qayta tushuntirish imkoniyati yuzaga keladi.
3. Darslik va kitob (manbalar) bilan ishlash metodi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari yosh va psixologik xususiyatlariga kura mahlumot, bilimlarni eshitish retseptorlari yordamida emas, balki ko’rish retseptorlari orqali samarali o’zlashtiradilar. SHu sababli mazkur metoddan foydalanishda ularning ana shu xususiyatlari inobatga olindi va sinov ishlari davrida ko’proq ijtimoiy va huquqiy meherlar, ularning mohiyatiga doir tasviriy ko’rgazmali materiallarni o’zida aks ettiruvchi manbalarga murojaat qilindi. Ushbu metodni qo’llash chog’ida tushuntirish va hikoya qilish metodlari ham qo’llanildi.

Yüklə 51,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin