Mavzu: Menejment fanining mazmuni, moxiyati,fanni o‘qitish maqsadlari, menejment obyekti va subyekti. Menejment



Yüklə 20,23 Kb.
səhifə5/5
tarix15.10.2023
ölçüsü20,23 Kb.
#156004
1   2   3   4   5
15 mavzu ishlab chiq.

Menejment-fani boshqarish to‘g‘risidagi bilimlar majmuasidir. U ijtimoiy iqtisodiy, sotsial, xuquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir. Menejment, dastavval iqtisodiy nazariya fani bilan yaqindan bog‘liqdir. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy metodlarni qo‘llashga, xar bir xodimga va jamoaga ta’sir ko‘rsatishga asoslanadi. Bir qator iqtisodiy fanlar: makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, istiqbolni belgilash, mexnat iqtisodiyoti kabilar xam menejment fani bilan chambarchas bog‘liqdir.
Boshqarish fani bilan yuridik fanlari o‘rtasida muayyan munosabatlar mavjuddir. Yuridik fan boshqaruv faoliyati qanday doirada amalga oshirilishi lozimligini, xuquqiy normalarni qanday qo‘llash xamda xo‘jalik yuritish jarayonida boshqaruv organlari, raxbarlar va ayrim kishilarning me’yoriy xujjatlardan, qonunlardan foydalanishini belgilab beradi.
Sotsiologiya, psixologiya va mexnat fiziologiyasi boshqaruv muammolarini ishlab chiqishda juda katta rol o‘ynaydi.
Menejment fani boshqarishning umumiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi
kibernetika fani bilan uzviy bog‘langandir. U boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni idrok qilish va qayta ishlash jarayonlarini o‘rganadi. Kibernetika yutuqlari:

  • boshqaruvdagi axborot tizimini takomillashtirishga;  boshqarish jarayonini kompyuterlashtirishga;

  • avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini yaratishga keng yo‘l ochib beradi. Qayd qilingan aloqador fanlarni mukammal o‘rganish boshqarishning sirasrorlarini chuqur anglashga va uni samarali qo‘llashga imkon beradi.

Yüklə 20,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin