Mavzu: Menejment fanining umumfalsafiy usullari Reja: Menejment tushunchasi


Qabul qilingan qarorlarning amaliy ijrosini ta’minlay olish ahamiyati



Yüklə 19,76 Kb.
səhifə6/6
tarix20.11.2023
ölçüsü19,76 Kb.
#165098
1   2   3   4   5   6
Mustaqil ish Menejment

Qabul qilingan qarorlarning amaliy ijrosini ta’minlay olish ahamiyati
Boshqaruv qarorlari aslini olganda, g’oya sifatida mavjud bo’lib, eng muhim masala mazkur g’oyani moddiylashtirishdan iborat. Boshqaruv faoliyatining bosh maqsadi real vaziyatlarda real odamlar yordamida, real vazifalarning ado etilishiga erishmoqlikdan iboratdir. Qabul qilingan qaror o’z amaliy ijrosini topsagina muvaffaqiyatli deb e’tirof etilishi mumkin. Boshqacha aytganda, to’g’ri qaror qabul qilishning o’zi kifoya emas, balki uning amaliy ijrosini ta’minlay olish ham g’oyatda muhimdir.
Menejment fani – bu boshqaruvchiga tanlovni to’g’ri amalga oshirishni va oqil qarorni qabul qilishni o’rgatuvchi fan. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo’g’inlarda samarali ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Shundan kelib chiqib, menejment quyidagilarni o’rganadi:
- boshqarish nazariyasi va amaliyoti;
- boshqarish ob’ekti va sub’ekti;
- boshqarish prinsipi va usullari;
- boshqarish madaniyati;
- menejer va uning fazilatlari;
- menejer reytingi;
- boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish;
- boshqarish funksiyalari;
- xodimlarni boshqarish;
- ishlab chiqarishni boshqarish;
- samaradorlikni boshqarish;
- o’z-o’zini boshqarish;
- hududiy boshqarish va hokazolar.
Ko’rib turibmizki, bu fanning mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv ob’ekti orasidagi o’zaro munosabat bo’lib, uning asosiy vazifasi o’quvchilarga boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik san’ati sirlarini o’rgatishdan iborat.
Fanni o’rgatishdan maqsad, talabalarda boshqarish muammolariga nisbatan qiziqish, amaliy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq, uyg’otishdan iborat. Chunki, hozir boshqarish asoslarini o’rganayotgan talabalar kelgusida boshqarish tizimining xodimlari, kichik, o’rta va katta jamoalarning rahbarlari, korxona va firmalar iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik faoliyatining turli tomonlarini boshqarish bo’yicha loyihalar, tadbirlar ishlab chiqishga da’vat etilgan mutaxassislar bo’lib yetishadilar.
Boshqarish tizimini takomillashtirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqish ham ularning zimmasida bo’ladi.

Yüklə 19,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin