Teylor va Gilbretlar oddiy ishchidan muvaffaqiyatga erishib, shuxrat qozonib martabaga minganlar. Aynan shu tajriba ularning boshqaruv to‘g‘risidagi tushunchalariga keskin ta’sir etgan. Ulardan farqli o‘laroq, mumtoz ma’muriy boshqaruv maktabining asoschilari: Yirik biznes soxasida mashxur, boshqaruvning yuqori bo‘g‘inida esa yuksak tajribali amaliyotchi raxbarlar bo‘lganlar.
|
|
Vakolat va mas’uliyat
|
Vakolat-bu buyruq berish uchun berilgan xuquq. Mas’uliyat esa buning aksi. ¡aerda vakolat berilgan bo‘lsa o‘sha erda mas’uliyat vujudga keladi.
|
Intizom
|
Intizom raxbar bilan xodim o‘rtasida o‘zaro xurmat, quloq solishni talab qiladi. Shartnomalarning so‘zsiz bajarilishini taqoza etadi.
|
Yakkaboshlik
|
Xodim bevosita boshlig‘idan buyruq olishi kerak.
|
Yo‘nalishning bir xilligi
|
Yagona maqsad doirasida faoliyat ko‘rsatayotgan xar bir gurux, yagona reja asosida ishlashi va bitta raxbarga ega bo‘lishi kerak.
|
Shaxsiy manfaatlarni umumiy manfaatga bo‘ysindirish
|
Ayrim xodim yoki guruxdagi kishilarning manfatlari bir-biriga zid kelmasligi kerak.
|
Xodimlarni taqdirlash
|
Xodimlarning ishonchini qozonish va ularning xamdardligini oshirish uchun ularga adolat yuzasidan barcha mexnatiga xaq to‘lash lozim.
|
|