Salbiy tomonlari: bunda boshqaruv faoliyati chuqur ixtisoslashadi. Bu esa boshqaruv samaradorligining, kasb mahorati darajasining o’sishini ta'minlaydi, funktsional sohada muvofiqlashtirish ishini yaxshilashga erishiladi. Xizmatchilar bunga yaxshi va tez ko’nikma hosil qiladilar, moddiy harajatlarni kamaytiradi va boshqarishdagi takrorlanishlarga chek qo’yadi va hokazo.
Ijobiy tomonlari:Funktsional organlar o’ziga topshirilgan funktsiyalarni sifatli bajarishdan manfaatdor bo’lib, "begona" funktsiyalar uchun ham, butun korxonaning umumiy faoliyati uchun ham javob bermaydi. Bunda har bir rahbar o’z funktsiyalari bo’yicha farmoyish berish huquqiga ega bo’ladi. Binobarin, bu narsa: yakkaboshchilik tamoyillarining buzilishiga, ijrochilar mas'uliyatining susayishiga olib keladi, chunki ijrochi bir boshliqqa emas, bir necha boshliqqa bo’ysinadi, ko’pincha ulardan bir-biriga zid ko’rsatmalar oladi.
Funktsional strukturadagi qayd qilingan kamchiliklar, ya'ni:
funktsional bo’limlar ishlashlarini muvofiqlashtirish darajasining yuqori emasligi;
rahbarlar vazifalari va huquqlarining etarli darajada muvofiqlashmaganligi;
ishning pirovard natijalari uchun aniq va mas'ul xodimlarning yo’qligi;
funktsional bo’linmalar o’rtasida ish yuzasidan nizolarning mavjudligi;
boshqaruv apparatida ishga turalarcha munosabatda bo’lish hollarining mavjudligi kabilarni bartaraf etish uchun chiziqli-funktsional (aralash) turdagi boshqaruv strukturasi tuziladi.
Chiziqli-funktsional boshqaruv strukturasida asosiy boshqaruv chiziqli boshqaruv bo’lib hisoblanadi. Barcha boshqaruv bosqichlari va mustaqil uchastkalar o’z rahbariga ega bo’ladi. Rahbar ishlab chiqarish xo’jalik faoliyatini yakkaboshchilik asosida boshqarish huquqiga ega bo’ladi va faoliyat natijalari uchun to’la javobgar hisoblanadi.
Boshqaruvning chiziqli struktura sharoitida ishlaydigan rahbarlarga malakali yordam ko’rsatish uchun funktsional va idoraviy tashkilotlar tashkil etiladi va bu tashkilotlarning vazifasi boshqaruv qarorlarini tayyorlash va rahbarlarga malakali yordam berishdan iborat.
Hozirgi zamon korxonalari faoliyatidagi ko’pgina muammolarni hal etish gorizontal bo’yicha kelishib olishni va muvofiqlashni talab etadi.
Bularni mazmun va muddatlariga ko’ra kelishib olish, ishlab chiqarishning ko’pgina unsurlarini tutashtirish ishlarini turli xizmatlar bajaradi. Goho funktsional xizmatlar o’rtasidagi bu gorizontal aloqalar juda cho’zilib ketadi, baxs va nizolar bilan amalga oshiriladi. Chiziqli struktura rahbari esa ko’p sonli bo’linmalar ishini muvofiqlashtirishga juda qiynaladi.
Bu muammolarni yangi tashkiliy boshqaruv strukturalarini tuzish yo’li bilan, aniqrog’i, chiziqli-funktsional boshqaruv strukturalariga tuzatishlar kiritish yo’li bilan hal etiladi. Bunday struktura dasturli-maqsadli struktura deb ataladi. Bunday struktura quyidagi uch ko’rinshda bo’ladi:
loyiha bo’yicha boshqaruv;
mahsulotga ko’ra boshqaruv;
matritsaviy struktura.
Loyiha bo’icha boshqaruvdan yangi texnika va texnologiyani qisqa muddatda joriy qilish zaruriyati tug’ilgan hollarda foydalaniladi. Bunda vaqtinchalik maxsus xizmat bo’limi tuzilib, unga resurslar beriladi. Bu bo’lim loyiha tayyorlaydi va uning ijro etilishini nazorat qiladi.
Mahsulotga ko’ra boshqaruvning afzalligi axborotlarning kelish yo’llari va oqimining qisqarishida, yakka boshchilik tamoyiliga to’la rioya qilinishida, boshqarishning yuqori bosqichlarini mayda joriy vazifalardan xalos qilishda namoyon bo’ladi. Bunday struktura bozorda talabning o’zgarishiga tezkor munosabat bildirishga qodir.
Matritsaviy struktura bo’yicha boshqarish ancha murakkab bo’lib, u mahsuloti nisbatan qisqa "umr" ko’radigan va tez-tez o’zgarib turadigan korxonalar tomonidan qo’llaniladi. Bu struktura korxonada gorizontal aloqalarni yo’lga qo’yishga va ularni murakkab buyurtmalarni bajaruvchi turli xil korxonalar faoliyati bilan kompyuterlar yordamida bog’lashga, texnika sohasida yuqori malakali xizmat ko’rsatishga va ekspertizani ta'minlashga qaratilgan.
Ushbu strukturani "To’r" ko’rinishida tasavvur etish mumkin. U ikki turdagi strukturaning, ya'ni:
- funktsional struktura;
- mahsulot bo’yicha strukturalar kombinatsiyasini ifodalaydi.
Divizional (yoki bo‘limli) tashkiliy tuzilm a yakuniy natija (mahsulot, iste’molchi yoki bozor)ga asoslanadi. Bu tuzilmada yuqori darajadagi bir qator vazifalarning markazlashuvi va ishlab chiqarish (tijorat) bo‘linmalarining faoliyatini markazlashtirilmaganligi birlashtiriladi. Tashkilotning yuqori darajasi asosiy resurslarni rejalashtiradi va taqsimlaydi, strategik qarorlarni qabul qiladi, shu bilan birga boiinm alar operativ qarorlarni qabul qiladi», «foydaning markazlari» bo‘lgani holda, foyda olish uchun mas’uldirlar. Divizional tuzilmani ba’zida «muvofiqlashtirilgan markazlashtirmaslik» sifatida belgilaydilar.
Undan ko‘p mahsulotli ishlab chiqarish (tijorat) yoki ko‘p millatli kompaniyalarda keng foydalanadilar, ulardagi hududiy tarqoqlikda mamlakatli bo‘limlarni avtonomlashtirish zarur. Ayniqsa, u bozor holatining o‘zgarishlari kamroq ta’sir ko‘rsatuvchi va malda texnologik yangiliklarga bog‘liq bo‘lmagan sohalarda samarali qo‘llaniladi.
Tashkilotning divizional tuzilmasida turli bozorlardagi faoliyatning turlarini oqilona boshqarish mumkin. Ishlab chiqarish bo‘limlari rahbarlari o‘zlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot, ko‘rsatilayotgan xizmatlar va o‘zlariga biriktirilgan hududga ko‘ra, faoliyatni nafaqat «daraja bo‘yicha», balki «vazifalar bo‘yicha» ham muvofiqlashtiradilar. Natijada qarorlar qabul qilish jarayoni tezlashadi va uni amalga oshirishning sifati oshadi.
Ammo ishlab chiqarish bo‘limlarida maqsadlarni «qisqartirish» tendensiyasi kuzatiladi. Bo‘limlarni tashkil etish natijasida boshqaruv apparatining o‘sishi qo‘shimcha xarajatlarni oshishiga olib keladi. Asosiy resurslarni markazlashtirgan holda taqsimlanishda ular yetishmagan holda bo‘limlar o‘rtasida nizolar vujudga kelishi mumkin. Divizional tashkilotlarda yana bo‘limlararo karyera qiyinlashadi.
Mintaqaviy, mahsulotli va iste’molchilik tuzilmalari divizional tuzilmaning turli-tumanligini ko‘rsatadi, unga ko‘ra tashkilot tovarlar yoki xizmatlarning turlari, xaridorlar guruhlari yoki geografik alomatlari bo‘yicha element va bloklarga bo‘linadi.
Masalan, agar tashkilot faoliyati kattaroq geografik hududlarni qamrab olsa, unda uning tashkiliy tuzilmasini hududiy tamoyil bo‘yicha, ya’ni uning bo‘limlari joylashgan joy bo‘yicha qurish maqsadga muvofiqdir.