Mavzu. Menejmentning tashkiliy tarkibiy tuzilishi



Yüklə 67,88 Kb.
səhifə3/8
tarix25.12.2023
ölçüsü67,88 Kb.
#194780
1   2   3   4   5   6   7   8
6. Menejmentning tashkiliy tarkibiy tuzilishi

Chiziqli stukturaning o’ziga xos ijobiy tomonlari va kamchiliklari bor.
Ijobiy tomonlari:

  • bunday struktura bir-biriga zid, chalkash topshiriqlar berilish hollarini kamaytiradi;

  • yakkaboshchilikni va shaxsiy javobgarlikni mustahkamlaydi;

  • bu struktura oddiy, puxta va tejamlidir;

  • bosqichlar soni kam bo’lganda boshqariluvchi ob'ekt ishiga kam kishi aralashadi;

  • vazifalar tezkor hal etiladi butun tizim samarali ishlaydi;

  • xodimlar faqat o’z rahbariga hisobot beradilar, natijada ijrochilik va intizom darajasi ancha oshadi.

Salbiy tomonlari:

  • bunday struktura oddiy, barqaror masalalarni echishga mo’ljallanganligi sababli uning doirasida kompleks masalalarni hal qilish ancha qiyin kechadi, bunday sharoitda rahbarlar ko’proq tezkor ishlar bilan band bo’lib, strategik kompleks muammolarni e'tibordan chetda qoldiradilar.

  • bunday boshqarishda teng huquqli struktura birliklari negizida gorizontal bog’lanish bo’lmaydi, bunday boshqarish sharoitida buyruqbozlik va rasmiyatchilikning paydo bo’lish xavfi kuchli chunki, strukturaning har bir bo’g’inida rahbar o’z lavozimi bo’yicha farmoyish berish uchun barcha huquqlarga ega bo’ladi.

Chiziqli-shtabli struktura har bir rahbar huzurida ixtisoslashgan xizmatlar, maslahatchilar kengashi, ya'ni shtablar tuzish orqali tashkil etiladi. Bu struktura quyidagi ko’rinishga ega:
Maslahatchilar, referentlar, yuridik xizmat bo’limi va boshqaruvchi.
Marketing tadqiqoti bo’yicha marketologlar guruhi, mehnatni muhofaza qilish xizmati, audit guruhi va boshqaruv.
Shtablarning vazifasi har xil muammolarni o’rganish orqali rahbarga qaror qabul qilishda yordam berishdan iborat. Bunday shtablarga ehtiyojning paydo bo’lishiga asosiy sabab - bu tashkilotlardagi funktsiyalarning murakkablashuvidir. Bu erda mehnat taqsimoti ikki turdagi maqsad va vazifalar bilan belgilanadi.
Chiziqli rahbarlar korxonaning bosh maqsadiga erishish yo’lidagi birlamchi vazifalarning bajarilishiga javobgar bo’lsalar, shtabdagilar esa birlamchi vazifalarga tobe bo’lgan ikkilamchi vazifalarning bajarilishiga javobgardirlar. Ular maslahat berish funktsiyasini bajaradilar. Chiziqli rahbarlarning asosiy vazifasi taklif etilgan ijobiy va salbiy maslahatlar ichidan maqsadga muvofig’ini aniqlash va uni uzil-kesil qabul qilishdan iborat.
Shtablarning tashkil qilinishi va bunday yordamchilarga ega bo’lgani uchun korxona faoliyatini boshqarish bir tomondan engillashadi, boshqa tomondan esa berilgan maslahatlar qarama-qarshi bo’lganligi sababli murakkablashadi.
Shunday hollarda har ikkala tomon o’zinikini ma'qullashga, o’z obro’larini saqlashga harakat qiladi. Natijada o’rtada nizo chiqadi.
Bu strukturaning afzalligi shundan iboratki, chiziqli rahbarlar o’z diqqatlarini ilmiy-tadqiqot ishlarga emas, balki asosan, korxonaning joriy faoliyatiga qaratadilar. Kamchiligi esa boshqaruv tizimida ortiqcha bo’g’inlarning paydo bo’lishi, boshqarish tezkorligining susayishi, boshqarish harajatlarining o’sishidadir.
Chiziqli-shtabli strukturadan farqli o’laroq boshqaruvning funktsional strukturasi rahbarlar va struktura bo’g’inlarining boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirishga qaratilgandir. Bunda har bir boshqaruv bo’g’iniga muayyan funktsiyalar biriktirib qo’yiladi. Masalan, biri marketingni, ikkinchisi ishlab chiqarishni, uchinchisi esa moliyani boshqarish bilan shug’ullanadi.
Boshqarish apparatini funktsional ixtisoslashtirish uning samaradorligini ancha oshiradi. Boshqarishning barcha funktsiyalarini bajarishi lozim bo’lgan universal rahbarlar o’rniga o’z sohasini puxta biladigan, o’z shtatiga ega bo’lgan, o’ziga topshirilgan ish uchastkasi uchun javob beradigan mutaxassislar apparati paydo bo’ladi.
Albatta, funktsional xizmatlar rahbarlari va mutaxassislari:

  • o’z sohasini chuqur va puxta biladigan;

  • jarayonlar va hodisalarni tahlil qilish va baholash qobiliyatiga ega bo’lgan;

  • o’z xulosa va tavsiyalarini himoya qila oladigan;

  • chiziqli struktura rahbarlarini shu tavsiyalarni amalga oshirish maqsadga muvofiqligiga ishontira oladigan kishilar bo’lishi kerak.

Funktsional bo’linmalar bevosita barcha quyi struktura bo’linmalarining faoliyatini boshqaradi. Funktsional boshqarish u yoki bu funktsiya vakolatiga taalluqli tor doiradagi masalalar bo’yicha quyi bosqich organlari va bo’linmalari faoliyatiga rahbarlikni ta'minlaydi. Masalan, korxonaning reja bo’limi tsexlarning reja byurolariga rahbarlik qiladi.
Bunda ham funktsional bo’limlar rahbarlarining vertikal bo’yicha ierarxiyasi va bo’ysunishi mavjud. Ammo chiziqli strukturadan farqli o’laroq bunday bo’ysinish ma'muriy emas, balki sof uslubiy maslahatli bo’ysinishdir. Funktsional struktura ham o’zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega.

Yüklə 67,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin