NUTQIMIZ TO’G’RI VA RAVON BO’LSIN.
MAVZU: Mening oilam.
Suhbat :
Oila , uning tarkibi,oila a’zolarning vazifalari,oila qan-day (ahil, mustahkam, mehnatsevar,madaniyatli, sog’lom, ribon,ozoda)bo’lishi kerakligi haqida bolalar bilan suhbat-lashish.
Bo’lishi kerak:
Leksiko-grammatik mashq va o’yinlar
*“Sen kim bilan yashaysan?” “bilan” ko’makchi bog’- lovchisini qo’llagan holda gap tuzish.
Har bir bola u kim bilan yashashi haqida so’zlab beri- shi kerak: “Men otam, onam, buvam, buvim, akam, ukam, singlim va opam bilan yashayman” va h.z.
*“Gapni tugalla”. Lagoped boshlaydi:
Gapni hamma yakunlar,
So’ngra uni sen qaytar.
Men ovqatlanyapman, otam ham …(ovqatlanyaptilar). Men kuylayapman, onam ham….(kuylayaptilar).Men dars tayyorlayapman, singlim ham dars ….(tayyorlayapti).Men koptok o’ynayapman, akam ham koptok .…(o’ynayapti).
*”Sizniki-chi?”. Taqqoslash, qiyosiy ma’noli gaplar tu-zish, sifat darajasini solishtirishni o’zlashtirish.
Lagoped gapni boshlaydi, bolalar esa tugallaydilar:
“Bizning oila katta,…bizniki esa kattaroq. Bizning oila kichik, … bizniki esa yanada kichikroq”. Lug’at: mustah-kam, madaniyatli, inoq, tarbiyali, mehnatsevar, xosiyatli, yaxshi.
“Gap tuzish, uni o’qish va tahlil qilish”. “Chamanzor-da chumchuq chug’urladi. Onam chuchvara pishirdi. Qu-yosh botib, kech tushdi.
Gaplarning grafik rasmini chizish va mashg’ulotni ya-kunlash.