Elektrometallurgiyaga metallarni elektroliz yordamida olish usullari kiradi. Bu usul bilan asosan yengil metallar–Al, Na, K va boshqalar suyuqlantirilgan oksidlaridan yoki xloridlaridan olinadi.
Hozirgi kunda O`zbekistonda metallar ishlab chiqarish yaxshi yo`lga qo`yilgan. Bekobod metallurgiya kombinatida asosan qora metallar va ularning qotishmalari ishlab chiqariladi. Navoiy tog`-kon metallurgiya, Olmaliq tog`-kon metallurgiya, Chirchiq elektrokimyoviy kombinatlarida va boshqa kimyo sanoati korxonalarida asosan rangli metallar ishlab chiqariladi.
4. Metallarning korroziyalanishi va korroziyadan himoya qilish. Metallarning korroziyalanishi deganda tevarak-atrofdagi muhit ta`sirida yemirilishi tushuniladi. Yemirilishning sodir bo`lish mexanizmiga ko`ra korroziya ikki xil–kimyoviy va elektrokimyoviy bo`ladi.
Metallning tevarak-atrofdagi muhitda oksidlanib yemirilishida sistemada elektr toki paydo bo`lmasa, bunday yemirilish kimyoviy korroziyalanish deyiladi. Bu holda metall muhitning tarkibiy qismlari–gazlar va noelektrolitlar bilan reaksiyaga kirishadi.
Metallning elektrolit muhitida yemirilishida sistema ichida elektr toki vujudga kelsa, bunday yemirilish elektrokimyoviy korroziyalanish deyiladi. Bu holda kimyoviy jarayonlar (elektronlar berish) bilan birga elektr jarayonlar (elektronlarning bir qismdan boshqa qismga o`tishi).
Anodda: Fe – 2e- = Fe2+ │2 │1
2H+ + 2e- = H2 │2 │1
Fe + 2H+ = Fe2+ + H2 yoki Fe + 2HCl = FeCl2 + H2 Katodda: O2 + 2H2O + 4e- = 4OH- Yani katod sirtida kislorod molekulalari elektronlarni bog`laydi. Bu katodning kislorodli qutbsizlanishi deyiladi. Bu holda
Fe2+ + 2OH- = Fe(OH)2 4Fe(OH)2 + 2H2O + O2 = 4Fe(OH)3 temir zangi.
Fe2O3•nH2O– o`ng`ir zang.
Korroziyalanish natijasida metall buyumlar o`zining qimmatli texnikaviy xossalarini yo`qotadi. Metallarni korroziyadan himoya qilishning bir qancha usullari mavjud. Ular yordamida metallar korroziyadan himoya qilinadi.
a) metallar