Mavzu: Metallarning korroziyasi va ularni oldini olish usullari



Yüklə 52 Kb.
səhifə5/5
tarix29.04.2023
ölçüsü52 Kb.
#104514
1   2   3   4   5
Metallarning korroziyasi va ularni oldini olish usullari

himoya sirt qoplamalari bilan qoplanadi. Ular metalldan (Zn, Sn, Cr va boshqa metallar bilan qoplash) va metallmasdan (lak, bo`yoq, emal va boshqa moddalar bilan qoplash) qilinishi mumkin.
b) antikorrozion xossalarga ega bo`lgan qotishmalar yaratish uchun po`lat tarkibiga 12 % ga qadar Cr kiritish yo`li bilan korroziyabardosh zanglamaydigan po`lat olinadi.
c) protektor himoya va elektr himoya: protektor himoya elektrolit muhitida (dengiz suvi, yerosti suvlari, tuproq suvlari) bo`ladigan konstruksiya (yerosti truboprovodi, kema korpusi) muhofaza qilinadigan hollarda qo`llaniladi. Uning mohiyati shundaki, konstruksiya protektor (himoyachi, homiy)-muhofaza qilinadigan konstruksiya metaliga qaraganda aktivroq metallga ulanadi. Protektor sifatida Mg, Al, Zn lardan foydalaniladi va ular anod bo`lib xizmat qiladi va yemiriladi, bu bilan konstruksiyani yemirilishdan saqlaydi.
Elektr himoya ham shu prinsipga asoslangan, lekin uning afzalligi bor: uning ta`sir radiusi 2000 m ga yaqin, protektor himoyaniki esa 50 m atrofida bo`ladi.
d) muhit tarkibini o`zgartirish: metall buyumlarning korroziyalanishini sekinlashtirish uchun elektrolitga korroziyani sekinlatuvchi moddalar yoki ingibitorlar deyiladigan organik moddalar qo`shiladi. Ular metallni kislota yemirishidan saqlash zarur bo`lgan hollarda qo`llaniladi. Hozirda uchuvchan ingibitorlar ishlab chiqildi. Ular qog`ozga shimdiriladi va metall buyumlar shu qog`oz bilan o`raladi. Ingibitorlarning bug`i metall sirtiga adsorbsilanadi va unda himoya pardasini hosil qiladi.
Yüklə 52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin