41-§ Ko’llari,suv omborlari va yerosti suvlari



Yüklə 27,16 Kb.
tarix16.05.2022
ölçüsü27,16 Kb.
#58099
7sinf41-44


41-§ Ko’llari,suv omborlari va yerosti suvlari

1. Ko’llar paydo bo’lishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?Toglardagi va tekislikdagi

2. Tog’lardagi ko’llarga qanday ko’llar misol bo’ladi?Tektonik, to’siq(togonli), morena

3. Tekislikdagi ko’llarga misol?Qoldiq, zovur-drenaj suvlaridan paydo bo’lgan ko’llar

4. O’zbekistondagi tektonik yo’l bilan vujudga kelgan eng katta ko’l qaysi?Orol ko’li

5. Respublikamizning tekislik qismidagi asosiy ko’llari qaysilar?Orol,Arnasoy,Aydarko’l, Tuzkon,

Dengizko’l,Qoraqir,Shorkol,Axsikentko’l,Damko’l,Sariqamish,Sudoche, Ulugshorkol

6. O’zbekistondagi suv omborlarining eng muhimlari qaysilar?Tuyamo’yin,Chordara,

Chorvoq,Kattaqo’rgon,Tuyabo’giz

7. Suv omborlari nima maqsadda quriladi?Daryo suv rejimini tartibga solish,sug’orish

8. Respublikamizda yer osti suvlari qanday qismlardan iborat?Grunt,artezian va mineral

9. Grunt suvlar qanday hosil bo’ladi?Yog’inlar,daryo,ariq,ko’l,suv omborlarning suvi yerga shimilishidan

hosil bo’ladi

10. Qatlamlar orasidagi suv botiqlarda to’planib bosim yuqoriligi tufayli otilib chiqadi bunday suvlar qanday ataladi?Artezian suvlar

11. Paleozoy va mezozoy davr yotqiziqlari orasida necha metr chuqurlikda mineral suvlar joylashgan?1500-3000 m

12. Mineral suvlarning xarorati necha gradus bo’ladi?+40+70C

13. Mineral suvlar tarkibida qanday moddalar bo’ladi?Karbonat kislota,vodorod,sulfid,yod, brom,litiy,bariy,

14. O’zbekistonda nechta shifobaxsh mineral suv manbai aniqlangan?60 dan ortiq

15. Qaysi hududlarda mineral suv manbalari aniqlangan?Toshkent,Chortoq,Fargona,

Chimyon,Jayronxona,Oltiariq

42-§ O’zbekistonning suv boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish

1. O’zbekiston daryo suvlari bilan qancha maydon sugorilmoqda?4.2 mln ga

2. O’zbekiston yiliga qancha suvdan foydalanadi?57.781 km³

3. O’zbekiston yiliga foydalaniladigan suvni qancha qismi yer osti suvlariga togri keladi? 0.5 km³

4. O’zbekistonda mavjud ishlatilayotgan suvlarning qancha qismi sugorishga va boshqa tarmoqlarga togri keladi? 90.1 % sugorishga,1.5% baliq xo’jaligi,2.2% sanoatga,6.2%xo’jalik ichimligi

5. Respublikamiz hududidagi daryolarning potensial energiya miqdori qancha?8.8 mln kvt

6. Respublikamiz energiya miqdori O’rta Osiyo daryolari energiyasining necha foizini tashkil etadi?13%

7. O’zbekiston daryolari energiya resurslari jihatidan O’rta Osiyoda nechanchi o’rinda

turadi?Tojikiston,Qirgiziston,Qozogistondan keyin 4-orinda

8. O’zbekistonda suvni ifloslovchi tarmoqlar ulushini belgilang?Sugoriladigan yerlar 78%,Sanoat 18%

Komunal xo’jalik 4%

9. Respublikamizda gidroenergiya resurslaridan foydalanish maqsadida qanday GES lar qurilgan?Chirchiq

daryosida–Chorvoq,Xojakent,Gazalkent Sirdaryoda–Uchqorgon,Farhod Qoradaryoda–Andijon

43-§ O’zbekiston tuproqlari.O’simlik va hayvonot dunyosi

1. K.Z.Zokirov tavsiya etgan 4 ta mintaqa qaysi? Cho’l,adir,tog’,yaylov

2. Cho’l mintaqasi O’zbekiston hududining necha foizini egallaydi?70%

3. Cho’l mintaqasida qanday tuproqlar uchraydi?Sur-qo’ngir,qumli cho’l,o’tloq-botqoq,taqir va bo’z

4. Ustyurt platosi, Qizilqumdagi past tog‘lar va Nurota tog‘ etaklaridagi toshloq cho‘llarda qanday

tuproqlar tarqalgan?Sur-qo’ngir

5. Sur-qo’ngir tuproqlarda chirindi miqdori qancha?0.3-1%

6. Qizilqum,Markaziy Fargona va Mirzacho’ldagi qumli tekisliklarda qanday tuproqlar tarqalgan?Qumli

cho’l tuproqlar

7. Qumli cho’l tuproqlarda chirindi miqdori qancha?0.3-0.6%

8. Taqirlarda chirindi miqdori qancha?0.5-1%

9. Yerosti suvlari qayerlarda yer betiga yaqin joylashgan?Mirzacho’l,Markaziy Fargona,Qarshi

cho’llari,Amudaryo etagida

10. Yerosti suvlari qayerlarda yer betiga yaqin joylashgan hududlarda qanday tuproqlar tarqalgan? Sho’rxok va sho’r tuproqlar

11. O’zbekistonning yirik daryo vodiylarida qanday tuproqlar tarqalgan?O’tloq va botqoq

12. Zarafshon, Chirchiq, Ohangaron, Qashqadaryo, Quyi Amudaryo va Surxondaryo vodiylaridagi bo‘z

tuproqlar uzoq vaqt ishlov berilishi natijasida qanday tuproqlarga aylangan?Madaniy tuproqlar

13. Cho’lda bahorda qanday o’simliklar o’sadi? arpag‘on, lola, lolaqizg‘aldoq, qorabosh, boychechak,

binafsha, chuchmoma, tariqbosh, chig‘ir, isfarak, iloq, kovrak

14. Qurgoqchilikka chidamli o’simliklar qaysilar? saksovul, selin, juzg‘un, qora qandim, cherkez,

quyonsuyak va iloq.

15. O’zbekistonning sho’rxok joylarida qanday o’simliklar o’sadi? yulg‘un, sho‘ra, sho‘r ajriq, shuvoq,

sarisazan, baliqko‘z o‘ssa,

16. O’zbekistonning toshloq joylarida qanday o’simliklar o’sadi? burgan, qora bayalich, isiriq

17. O‘zbekiston cho‘l mintaqasining daryo vodiylarida (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq va b.)

to‘qayzorlarda qanday o’simliklar o’sadi? qizilmiya, yantoq, qamish, qo‘g‘a, kendir, turang‘il, tol, jiyda,

yulg‘un, chakanda (oblepixa)

18. Cho’llarda issiq va jarimaga moslashgan qanday hayvonlar yashaydi? yumronqoziq, qo‘shoyoq,

ko‘rsichqon

19. Cho’l mintaqasida qumlar necha gradusgacha isiydi?+75+80 C

20. Cho‘l mintaqasida sutemizuvchilardan qaysilar yashaydi? cho‘l mushugi, jayron, oqquyruq, qoraquloq, qoplon, xongul, tulki va bo‘rilar kemiruvchilardan yumronqoziqlar, qumsichqon, qo‘shoyoq, ko‘rsichqon va tiрratikan

21. Cho‘llarda sudralib yuruvchilardan qaysilar yashaydi? echkemar, qum bo‘g‘ma iloni, kapcha ilon

(Turkiston kobrasi), chiрor ilon, o‘qilon, charxilon, kaltakesaklar, cho‘l toshbaqasi

22. Kaltakesaklar ichida eng kattasi qaysi? echkemar bo‘lib, uzunligi 1,5 m ga yetib,

23. Echkemar nima bilan oziqlanadi?mayda kaltakesak, ilon kabi sudralib yuruvchilar

24. Cho‘lda hasharotlardan qaysilar yashaydi? qoraqurt, chayon, falanga (biy), chigirtka

25. Cho’lda yashovchi hashorotlar ichida qaysinisi o’ta zaxarli hisoblanadi?Qoraqurt

26. Cho‘l mintaqasi to‘qayzorlarida qanday hayvonlar yashaydi? chiyabo‘ri, tulki, bo‘ri, to‘qay mushugi,

to‘ng‘iz, qirg‘ovul, qarqara, birqozon, g‘oz, o‘rdak

27. Adir mintaqasi qancha balandlikdagi hududni o’z ichiga oladi?Okean sathidan 400—500m dan 1000–

1200m


28. Oddiy bo‘z tuproq qayerlarda tarqalgan?Tog‘ etaklarida, 500—600mdan 1000 m gacha bo‘lgan

balandliklarda

29. Oddiy bo‘z tuproq tarkibida qancha chirindi mavjud?1.5-2.5%

30. To‘q tusli bo‘z tuproqlar qayerlarda tarqalgan?Okean sathidan 1000—1600 m balandliklarda tarqalgan

31. To‘q tusli bo‘z tuproqlar tarkibida qancha chirindi mavjud? 3-4%

32. Adir mintaqasida bahorda qanday o’simliklar o’sadi? lolalar va chuchmomalar, qo‘ng‘irbosh, rang, sasir, yantoq, kavrak va gulxayrilar

33. Adirlarda qanday butalar o’sadi? zirk, na’matak, do‘lana

34. Adirlarda qanday daraxtlar o’sadi? chinor, terak, qayrag‘och

35. Adir mintaqasida cho‘lga xos sudralib yuruvchilardan qaysilar yashaydi? Kaltakesak (agama, gekkon)lar, ilon (kapchabosh ilon, zaharli ko‘k ilon)lar

36. Adirda qanday hayvonlar yashaydi? tulki, bo‘ri, toshbaqa, yumronqoziq, jayra, bo‘rsiq va tiрratikanlar

37. Qushlardan qaysilar yashaydi?pushtirang chug‘urchuq(asalarilar kushandasi), ko‘k qarg‘a, kaklik,

zog‘cha, kalxat, qirg‘iy va burgut

38. Adir vohalarida qanday qushlar yashaydi?musicha, chumchuq, bulbul, mayna, qaldirg‘och va

sassiqpopishak

39. Tog mintaqasi qancha balandlikni o’z ichiga oladi?Okean sathidan 1000—1200 m dan 2700—2800 m gacha

40. Tog‘larda qanday tuproqlar tarkib topgan?tog‘-qo‘ng‘ir va tog‘-jigarrang tuproqlar

41. Tog‘-qo‘ng‘ir va tog‘-jigarrang tuproqlar tarkibida chirindi miqdori qancha? 4—6 foizgacha

42. Tog‘ mintaqasining daryo vodiylari va qayirlarida qanday tuproqlar uchraydi?o‘tloq, botqoq-o‘tloq

43. Tog‘larda qanday o’simliklar o’sadi?betaga, rovoch, tog‘ yalpizi kabi o‘tlar, na’matak, zirk, dukcho‘p va irg‘ay kabi butalar o‘sadi.

44. Tog‘da qanday mevali daraxtlar uchraydi?bodom, pista, do‘lana, o‘rik, olma, olcha, nok, xandon pista

45. Tog‘ mintaqasining 1400 m dan 2500 m gacha bo‘lgan balandliklarida qanday o’rmonlar uchraydi? archa, yong‘oq, Turkiston qayini, teraklardan iborat

46. O‘rmonlar xususiyati nimada?suv oqimlarini tartibga soladi, sellarning oldini oladi, tuproqlarni yuvilib ketishdan saqlaydi

47. Tog‘ mintaqasida qanday hayvonlar yashaydi?o‘rmon sichqoni, oq sichqon, ko‘rshapalak, oq suvsar,

qunduz, o‘rmon olmaxoni, qo‘ng‘ir ayiq, chiрor sirtlon, silovsin, bo‘ri, tulki, bo‘rsiq, quyon, to‘ng‘iz

48. Toglarda qushlardan qaysilar yashaydi? burgut, tasqara, itolg‘a, kaklik, boltatumshuq, bulbul

49. Yaylov mintaqasi qaysi balandlikni o’z ichiga oladi? 2700—2800 m dan baland

50. Yaylov mintaqasida qanday tuproqlar hosil bo’lgan? och qo‘ng‘ir va o‘tloq tuproqlar

51. Yaylov mintaqasi qaysi qismlardan iborat? subalp va alp o‘tloqlaridan

52. Subalp o‘tloqlarda boshoqlilardan qaysilar o’sadi? yovvoyi arpa, yovvoyi suli, betagalar

53. Alp o‘tloqlarida qanday o’simliklar o’sadi?to‘ng‘izsirt, qoqio‘t, tiрchoq, binafshalar

54. Yaylov mintaqasida yirik sutemizuvchilardan qaysilar yashaydi? alqor, bug‘u (elik), qo‘ng‘ir ayiq, tog‘

takasi, muflon, qoplon, qor barsi, kiyiklar, kemiruvchilardan — sug‘ur

55. Yaylovdagi qaysi hayvon qizil kitobga kiritilgan?oq tirnoqli ayiq

56. Suv havzalarida baliqlarning qaysi turlari yashaydi? laqqabaliq, zog‘orabaliq, shohbaliq (oybaliq),

marinka, cho‘rtanbaliq

57. Amudaryo va Sirdaryoda yashovchi qaysi baliq qizil kitobga kiritilgan? qilquyruq balig‘i

44-§ O’zbekistonning tabiiy boyliklari va ularni muhofaza qilish

1. Tabiiy resurs nima?Inson tabiatdan oladigan barcha moddiy boyliklar

2. Tabiiy resurslarga misol? Yer osti boyliklari,suv,havo, tuproq,o’simlik, hayvonot dunyosi

3. Tabiiy resurslar qaysi guruxlarga bo’linadi?Tugaydigan va tugamaydigan

4. Tugaydigan resurslar qaysi guruxlarga bo’linadi?Tiklanadigan va tiklanmaydigan

5. Tugamaydigan resurslar qanday guruxlarga bo’linadi?Kosmik va iqlimiy

6. Tiklanmaydigan resurslarga nimalar kiradi? Yerosti boyliklari

7. Tiklanadigan resurslarga nimalar kiradi?Tuproq,o’simlik,hayvonot olami,suv

8. Kosmik resurslarga qaysilar kiradi?Quyosh radiatsiyasi

9. Iqlim resurslariga nimalar kiradi?Atmosfera havosi,shamol energiyasi

10. Tabiatga insonning xo’jalik faoliyati natijasida qayerlar ekologik holati yomonlashib

bormoqda?Orolbo’yi,Surxon vodiysi,Quyi Zarafshon va Quyi Amudaryo

11. O’zbekiston havosining ifloslanishida qaysi soxalarning hissasi katta?Energetika,neft-

gaz,transport,kimyo,metallurgiya,maishiy-komunal xo’jalik

12. O’zbekistonda sanoat tarmoqlari va transportdan yiliga qancha miqdorda iflos chiqindi chiqariladi?2000 tonna

13. Jami chiqarilayotgan chiqindi miqdoridan qancha qismi transport hisobiga togri keladi?1300.1 tonna

14. O’zbekistonda atmosferaga chiqariladigan zararli birikmalar tarkibida uglerod oksidini ulushi

qancha?51%

15. O’zbekistonda atmosferaga chiqariladigan zararli birikmalar tarkibida uglevodorod ulushi qancha? 17.9%

16. O’zbekistonda atmosferaga chiqariladigan zararli birikmalar tarkibida oltingugurt ulushi qancha? 16%

17. O’zbekistonda atmosferaga chiqariladigan zararli birikmalar tarkibida azot oksidi ulushi qancha? 8.9%

18. O’zbekistonda atmosferaga chiqariladigan zararli birikmalar tarkibida qattiq birikmalar ulushi qancha?6%

19. O’zbekistonda atmosferaga chiqariladigan zararli birikmalar tarkibida boshqa zararli chiqindilar ulushi qancha? 0.2%

20. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona, Andijon kabi katta shaharlar havosi ifloslanishining 80 foizi

qaysi soxaga togri keladi? Avtotransport

21. Olmaliq, Angren, Navoiy, Andijon, Farg‘ona, Toshkent kabi shaharlar havosi qanday moddalar bilan

ifloslangan? oltingugurt, azot oksidlari, ammiak, vodorod ftorid

22. Surxondaryo viloyatining qaysi tumanlari havosi Tojikistonning Tursunzoda shahridagi aluminiy

zavodidan chiqqan zaharli ftor gazi bilan ifloslangan? Sariosiyo va Uzun

23. Aholining o‘rmonlarga noto’gri munosabati oqibatida qaysi mevali va dorivor osimliklar kamayib

ketmoqda? yong‘oq, pista, bodom, do‘lana dorivor (zira, piyoz, anzur, qoraqand, oqqayin, yetmak

24. Insonning notogri xo‘jalik faoliyati ta’sirida qaysi hayvonlar kamayib ketmoqda? oqquyruq, jayron,

laylak, xongul, arxar, burama shoxli echki (morxo‘r), qirg‘ovul, kaklik

25. Insonning notogri xo‘jalik faoliyati ta’sirida qaysi hayvon butunlay yo’qolib ketdi?Turon yo’lbarsi

26. O‘zbekistonda turi, soni kamayib borayotgan noyob o‘simlik va hayvonlarni hisobga oluvchi qanday

kitob nashr etildi?«O’zbekiston Qizil kitobi»

27. «O’zbekiston Qizil kitobi» nechta jilddan iborat? 2ta

28. Birinchi bo’limda nimalar aks etadi?O’simliklar

29. Ikkinchi jildda nimalar aks etadi? Hayvonlar

30. Uning birinchi jildiga qaysi o’simliklar ro’yxatga olingan? Korovin shirachi, Turkiston yovvoyi noki,

yovvoyi anor, Zarafshon piyozi, tog‘piyoz, O‘zbekiston lolasi, yovvoyi anjir, Omonqora va Buxoro

astragali, yovvoyi uzum, chinnigul, mingdevona, sumbul, chilonjiyda, Chimyon lolasi, guli salim

31. Uning ikkinchi jildiga qaysi hayvonlar ro’yxatga olingan? shalpangquloq ko‘rshapalak, ko‘k sug‘ur,

katta qo‘shoyoq, qo‘ng‘ir ayiq, Turkiston qunduzi, sirtlon, qoplon, gepard, xongul, jayron, Ustyurt qo‘yi,

Buxoro qo‘yi, arxar, oq va qora laylak, qizil g‘oz, lochin, burgut, oq turna, echkemar, kapcha ilon

32. O‘zbekiston tabiatini muhofaza qilishda qanday maskanlarni o’rni katta? qo‘riqxona, milliy bog‘ va

buyurtmaxonalar

33. O’zbekiston hududida 2016-yil holatiga ko’ra nechta qo’riqxona bor?8 ta

34. O’zbekiston hududida 2016-yil holatiga ko’ra nechta milliy bog bor?3ta

35. O’zbekiston hududida 2016-yil holatiga ko’ra nechta buyurtmaxona bor? 12ta



36. O’zbekiston hududida 2016-yil holatiga ko’ra nechta biosfera rezervati bor?1ta

37. O’zbekiston hududida 2016-yil holatiga ko’ra nechta parvarishxona bor?3ta
Yüklə 27,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin