Mavzu: Metalni kesish, va qismini belgilash. (tekislik va fazoviy) Metallarni qirqish. Amaliy dars rejasi: 1.Metallarni kesish qismini belgilangan (fazoviy va tekislikda). 2.Fazoviy rejalashning vazifasi va mehnati, fazoviy rejalashda qo’llaniladigan jihozlar. 3.Fazoviy rejalash qurol va moslamalari. Kesish usullari zubilo bilan ushlashda asosiy qoidalarni bilish, metallni kesishda zubilodan foydalanib zagatovka sirtiga 90 gradus burchak ostida yo’naltirib yelka usulida zarba beriladi. Ikki mm listli materiallar bir zarbada qirqiladi. Shuning uchun ham listlar ostiga yumshoq po’lat taglik qo’yiladi. Bir zarbada ikki mm dan qalin bo’lgan listning taxminan yarim qalinligi kesilishi mumkin.
Bunday holda teskari tomonidan zubilo bilan egib sindiriladi. Zagatovkani qirqib olishda tayyorlanadigan detall konturini rejalangandan keyin uni taxta ustuga qo’yib qo’ydagi ketma ketlikda kesiladi. Zubilo tig’ini reja chizig’I bo’ylab qiya vertikal holatga keltiriladi. Bolg’a bilan kontur bo’yicha zarba beriladi. Listni ag’darib metallni zubilo izlari bo’yicha kesib chiqiladi. Listni qayta ag’darib kesilgan kontur bo’yicha yana bir marta zubilo bilan kesib zagatovka ajratib olinadi. Yumaloqlangan tig’li zubilo buning uyulgan ariqcha bir to’g’ri tig’isda uyulgan ponasimon ko’rinishda bo’ladi.
List va taxta tipidagi materialni geraga qisib listlar qoidaga muofiq jag’i bo’ylab kesiladi. Zagatovkani geraga qisganda reja chizig’i gera jag’i bilan bir chiziqda yotishi lozim. Zubiloni zagatovka chetiga shunday o’rnatish kerakki uning tig’i geraning har ikkala jag’lari sirtida joylashsin. Zubiloni qiyalik burchagi burchakka nisbatan sirt 30-35 gradus gera o’qiga nisbatan 45 gradus bo’lishi kerak. Zubilo tig’I gera jag’iga nisbatan qiya botishi bilan undan qirindi buralib chiqadi. Metall sirtidan birinchi qavat kesilganda zagatovkaning 1.5-2 mm ko’tarib metallning navbatdagi qavati kesiladi va ish shu yusunda davom ettiriladi.
Reja ishlari bo’yicha kesish. Eng murakkab operatsiyalarning birida zagatovkaning gera jag’iga kerin bilan izlar ko’riladi. Birinchi zarbada zubiloni gorizontal holatda o’riladi. Keyinchalik u esa 25-30 gradus qiyalatib o’riladi.
Serbar sirtlarni kesish. Sermashaqqatli kam unumli bu usul randalash frezalash dastgohlarga sig’maydi. Katta listlarni kesishda ush bosqichda bajariladi. Zagatovkani qarama qarshi ikki chetidan 30-45 gradus burchak ostida rah hosil qilinadi. Shundan keyin qarama qarshi tomon qirralariga zubilo ish yo’lini belgilaydigan chuqurlikda kerinlanadi.
Zagatovka sirti zubilo yordamida kresmesil kesuvchi tig’ni eniga teng bo’lgan o’lchamlarni parallel izlar hosil qilinadi, nihoyat zagatovkaning gera jag’lariga kresmesil bilan belgilangan xomaki kesish vaqtida ariqchalar o’rtasidan qolgan ayrim burtiqlar kesib tashlanadi.
Yassi va egri sirtlarga ariqchalar kesish. Bu usul dastavval zagatovka sirtiga iz tushurib kresmesil bilan 1.5-2 mm chuqurlikda ariqcha olinadi. Kesish natijasida hosil bo’lgan notekisliklar tuzutilgach uning aniqligi andoza bilan tekshiriladi. Rangli metall qotishmalarini keshishda zubiloni sovunli suvga hullash yoki moyli latta bilan artish kerak.
Bu usul zubilo tig’ini o’tkirlashga yordam beradi. Mo’rt yoki qattiq metallarni kesishda to’r yoki to’siqdan foydalaniladi. Qo’lni shikastlanishdan saqlash uchun himoya vositalaridan foydalailadi. Zubilolar uchun halqasi shaybadan foydalaniladi.
Chiviq yoki listovoy po’latlarni kesishda chiviq material plita yoki sondon ustiga kesiladi. Butun parametr bo’ylab rejalab olingan chiviq plita ustiga qo’yiladi. Zubiloni tik ushlab bolg’a bilan qattiq qattiq o’rgan holda chiviqning bir tomoni kesib olinadi. So’ngra ikkinchi tomoni ugurib kesib olinadi. Bunda zubilo chap qo’lning barcha barmoqlari bilan qamrab yoki barmmoqlarning yarim bukib ushlanadi. O’rtada yupqa qatlam qolgach chiviq plita chetiga qo’yiladi va sindirib oliadi. Dumaloq chiviqlar har galgi zarbadan keyin ugurib turiladi.
Qalin listovoy palasalar ikki tomonidan qisib sindiriladi. Zubiloni shikastlanmasligi uchun list tagiga yumshoq plastinka qo’yiladi.