Mavzu: Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti
yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash.
Reja:
1. Metrologiya, standartlashtirish va
maxsulot sifati menejmenti
mutaxassislari uchun davlat ta‟lim standarti.
2. Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti
mutaxassislari faoliyat turlari.
3. Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti
mutaxassislari ishlashi mumkin bo‟lgan davlat tashkilotari.
1. Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti
mutaxassislari uchun davlat ta’lim standarti.
5310900 – Mahsulot sifati menejmenti (mahsulot turlari bo„yicha) ta‟lim
yo„nalishi – fan va texnika sohasidagi maxsus yo„nalish bo„lib, u sifatli mahsulot
va materiallar ishlab chiqarish, sifatli xizmatlar ko„rsatishga,
soha istiqbolini
belgilashga, kasbiy ko„nikma, mutasaddilik qobiliyatiga yo„naltirilgan inson
faoliyatidagi
nazariy qoidalar, amaliy vositalar,
usullar va uslubiyatlarning
majmuasi bo„lib, ishlab chiqarilgan mahsulotning sifatini baholash va ta‟minlash,
xavfsizlik talablari va ekspluatatsiya shartlariga rioya qilinganda umumiy
tejamkorlikka erishishni ta‟minlaydigan faoliyatning qoida va me‟yorlarini
standartlar va boshqa me‟yoriy hujjatlarda umumlashtirishni va qayd etilishini o„z
ichiga oladi.
Kasbiy faoliyat obyektlari. 5310900 –
Mahsulot sifati menejmenti
(mahsulot turlari bo„yicha) ta‟lim yo„nalishi bo„yicha bakalavr kasbiy faoliyatining
obyektlari - jarayonlar,
mahsulot, xizmatlarning sifati va tashkilotlar faoliyatlari
natijalarining talab qilingan darajasini ta‟minlovchi boshqaruv tizimini loyihalash
va uning samarali faoliyatini ta‟minlash hamda
mahsulot va sifat tizimini
sertifikatlashtirish, sinash, ilmiy va ishlab chiqarish faoliyatining metrologik va
me‟yoriy ta‟minoti,
mahsulot sifati nazorati, o„lchash natijalarini qayta ishlash,
o„lchash vositalari va uslubiyatlari va ularni doimo
takomillashtirish tartibini
ta‟minlash.