Kasbiy faoliyat turlari. 5310900 – Mahsulot sifati menejmenti (mahsulot
turlari bo„yicha) ta‟lim yo„nalishi bo„yicha bakalavr o„zining fundamental,
umumkasbiy va maxsus tayyorgarligiga muvofiq quyidagilarni o„zlashtiradi:
Ishlab chiqaruv-texnologik: resurslar va xodimlarni boshqarish,
korxonada mahsulot sifatini boshqarish tizimini yaratish va ta‟minlash hamda uni
doimo takomillashtirish, sinash, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, xizmatlarni va
sifat tizimini sertifikatlashtirish, korxonani metrologik ta‟minlash, korxonadagi
metrologik faoliyat usullarini doimo takomillashtirish, ishlab chiqarishni va
xizmatlarni zarur me‟yoriy va ilmiy-texnik va texnologik hujjatlar bilan o„z
vaqtida ta‟minlash va uni qayta ko„rib chiqish va zarur bo„lsa qayta butlash;
Loyihaviy-konstruktorlik: loyiha konstruktorlik ishlanmalarda ishlab
chiqarish sifatini ta‟minlash;
eksperimental-tadqiqot:
mahsulot sifatini tadqiq qilish bo„yicha
eksperimental tadqiqotlarni o„tkazish va ularning natijalariga ishlov berishda faol
qatnashish va boshqa kasbiy faoliyat turlarini bajarish;
me‟yoriy ishlar: mahsulot sifati sohasidagi me‟yoriy hujjatlarni va ishlab
chiqilgan standartlarni ekspertiza qilish;
Sertifikatlashtirish: mahsulotlar, texnologik jarayonlar va xizmatlarning
sifatini nazorat qilish, sinash va sertifikatlashtirish va boshqa kasbiy faoliyat
turlariga moslashishi mumkin.
2. Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti
mutaxassislari faoliyat turlari.
Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti sohasi
bo‟yicha bakalavr darajasiga ega mutaxassislar quyidagi vazifalarni amalga
oshirish bo‟yicha o‟z faoliyatini tashkil etishi mumkin:
a) “Texnik jihatdan tartibga solish to‟g‟risida”, "Standartlashtirish
to‟g‟risida",
"Metrologiya
to‟g‟risida",
"Mahsulotlar
va
xizmatlarni
sertifikatlashtirish to‟g‟risida"gi O‟zbekiston Respublikasining qonunlari hamda
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohasidagi boshqa qonun
hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarning amalda ro‟yobga chiqarilishini
ta‟minlash borasida:
- O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga texnik jihatdan tartibga
solish sohasidagi vakolatli davlat organlari hamda davlat va xo‟jalik boshqaruvi
organlari tomonidan kiritilgan texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturi
loyihalari bo‟yicha umumlashgan takliflar kiritadi;
- o‟z vakolati doirasida, davlat va xo‟jalik boshqaruvi organlarining
umumiy va maxsus reglamentlarni ishlab chiqish bo‟yicha faoliyatini
muvofiqlashtiradi va tashkil etadi;
- O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumiy texnik
reglamentlarni tasdiqlash, ularga o‟zgartirish va qo‟shimchalar kiritish, shuningdek
ushbu reglamentlarni bekor qilish to‟g‟risida takliflar kiritadi;
- o‟z vakolati doirasida umumiy va maxsus texnik reglamentlarga rioya
qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
- texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlar davlat fondini
shakllantiradi;
-
davlat,
tarmoq,
ma‟muriy-hududiy
standartlarni
va
ularga
o‟zgartirishlarni, korxonalarning mahsulotlarga texnik shartlarini, standartlarini va
ularga o‟zgartirishlarni, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish bo‟yicha
amal qilinadigan hujjatlarni, shuningdek norma va qoidalarni davlat ro‟yxatidan
o‟tkazadi;
- bir turdagi mahsulotlar uchun normativ hujjatlarni ishlab chiqish bo‟yicha
tarmoq tuzilmalarini tashkil etishga ko‟maklashadi, ularga ilmiy-metodik
rahbarlikni ta‟minlaydi;
- sertifikatlashtirish va yuklash-tushirishdan oldin inspektsiya o‟tkazish
sohasidagi yuridik shaxslarni belgilangan tartibda akkreditatsiya qiladi, yuridik va
jismoniy shaxslarning sinov, o‟lchov, tahliliy, kalibrlash va tekshirish
laboratoriyalarini attestatsiyadan o‟tkazadi va akkreditatsiya qiladi;
- O‟lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish
bo‟yicha faoliyatni belgilangan tartibda litsenziyalaydi, litsenziatlar tomonidan
litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazorat qiladi, shuningdek
litsenziyalar reestrini yuritadi;
- xalqaro va davlatlararo ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantiradi;
b) standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, xalqaro standartlarni,
shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo‟yicha xalqaro standartlarni qo‟llash
asosida mahsulotlar sifatini va raqobatbardoshliligini oshirish sohasida yagona
davlat siyosatini amalga oshirish borasida:
- standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish va
mahsulotlar sifatini boshqarish tizimini joriy joriy etish masalalari bo‟yicha davlat
va xo‟jalik boshqaruvi organlariga o‟z vakolatlari doirasida rahbarlik qiladi va ular
faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- yangi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va amaldagi qonun hujjatlarini
takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
- ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;
- standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish
bo‟yicha asosiy yo‟nalishlarni, kontseptsiyalarni, istiqbolli dasturlarni ishlab
chiqadi;
-O‟zbekiston Respublikasining milliy etalon bazasini shakllantiradi va
rivojlantiradi, milliy etalonlarni xalqaro etalonlar bilan solishtiradi;
v) standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish tizimlari faoliyat
ko‟rsatishini va rivojlantirilishini, ushbu sohalardagi ilmiy-texnika axborotini
akkreditatsiya qilish va tarqatishni, shuningdek ularning xalqaro, davlatlararo va
xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyg‟unlashtirilishini ta‟minlash
borasida:
- respublikada ishlab chiqariladigan va import bo‟yicha olib kelinayotgan
mahsulotlarni sertifikatlashtirish, chet mamlakatlarning sertifikatlashtirish bo‟yicha
ishlari natijalarini e‟tirof etish ishlarini tashkil etadi;
-
o‟z
vakolatlari
doirasida
standartlashtirish,
metrologiya,
sertifikatlashtirish va akrreditatsiya qilish sohasida normativ hujjatlarni ishlab
chiqadi, tasdiqlaydi va ro‟yxatdan o‟tkazadi;
- shtrixli kodlashtirishni joriy etish siyosatini amalga oshiradi va
O‟zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan tovarlarning Davlat reestrini
yuritadi;
- manfaatdor shaxslarni mahsulotlarni, sinov va o‟lchov usullarini
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish bo‟yicha normativ hujjatlar bilan
ta‟minlaydi, shuningdek mazkur sohalardagi yutuqlarning ilmiy-texnik targ‟ibotini
amalga oshiradi;
- o‟ziga berilgan vakolatlar doirasida xalqaro, davlatlararo va milliy
normativ hujjatlar bo‟yicha ma‟lumotlarning yagona axborot bazasini yaratadi;
- standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish va
o‟lchovlar yagonaligini ta‟minlash ishlarini amalga oshirishning umumiy
qoidalarini belgilaydi;
- majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulotlar ro‟yxatini tasdiqlash
to‟g‟risida belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
- etalonlarni saqlaydi, qo‟llaydi hamda o‟lchamlar miqdorlarini beradi;
g) kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish
borasida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi ilmiy va
muhandis-texnik kadrlarni o‟qitishni amalga oshiradi;
d) mahsulotlar, ishlar, xizmatlar xavfsizligi va sifati, o‟lchovlar ishonchsiz
natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilish talablariga rioya etilishi
yuzasidan iste‟molchilar huquqlari himoya qilinishini ta‟minlash borasida:
- o‟z vakolatlari doirasida mahsulot sifati va xavfsizligi bo‟yicha majburiy
talablarni belgilaydi hamda ushbu talablarga rioya etilishini nazorat qiladi;
- standartlarga rioya qilish, o‟lchovlar va sertifikatlash qoidalarining
yagonaligini ta‟minlash masalalari bo‟yicha nazorat organlari bilan o‟zaro
hamkorlik qiladi;
- normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini, o‟lchovlarning yagonaligi va
ishonchliligi, majburiy sertifikatlashtirish qoidalari ta‟minlanishini tashkil etadi va
bu borada davlat nazoratini amalga oshiradi;
- davlat metrologiya nazoratini amalga oshiradi.
"O‟zstandart" agentligi o‟ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni
bevosita, shuningdek o‟z hududiy boshqarmalari, o‟ziga qarashli organlar va
muassasalar orqali amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |