Mavzu: Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash. Reja



Yüklə 264,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix06.04.2023
ölçüsü264,25 Kb.
#93994
1   2   3
Kasbiy faoliyat turlari. 5310900 – Mahsulot sifati menejmenti (mahsulot 
turlari bo„yicha) ta‟lim yo„nalishi bo„yicha bakalavr o„zining fundamental
umumkasbiy va maxsus tayyorgarligiga muvofiq quyidagilarni o„zlashtiradi:
Ishlab chiqaruv-texnologik: resurslar va xodimlarni boshqarish, 
korxonada mahsulot sifatini boshqarish tizimini yaratish va ta‟minlash hamda uni 
doimo takomillashtirish, sinash, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, xizmatlarni va 
sifat tizimini sertifikatlashtirish, korxonani metrologik ta‟minlash, korxonadagi 
metrologik faoliyat usullarini doimo takomillashtirish, ishlab chiqarishni va 
xizmatlarni zarur me‟yoriy va ilmiy-texnik va texnologik hujjatlar bilan o„z 
vaqtida ta‟minlash va uni qayta ko„rib chiqish va zarur bo„lsa qayta butlash; 
Loyihaviy-konstruktorlik: loyiha konstruktorlik ishlanmalarda ishlab 
chiqarish sifatini ta‟minlash; 
eksperimental-tadqiqot: 
mahsulot sifatini tadqiq qilish bo„yicha 
eksperimental tadqiqotlarni o„tkazish va ularning natijalariga ishlov berishda faol 
qatnashish va boshqa kasbiy faoliyat turlarini bajarish; 
me‟yoriy ishlar: mahsulot sifati sohasidagi me‟yoriy hujjatlarni va ishlab 
chiqilgan standartlarni ekspertiza qilish; 
Sertifikatlashtirish: mahsulotlar, texnologik jarayonlar va xizmatlarning 
sifatini nazorat qilish, sinash va sertifikatlashtirish va boshqa kasbiy faoliyat 
turlariga moslashishi mumkin. 
2. Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti 
mutaxassislari faoliyat turlari. 
Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti sohasi 
bo‟yicha bakalavr darajasiga ega mutaxassislar quyidagi vazifalarni amalga 
oshirish bo‟yicha o‟z faoliyatini tashkil etishi mumkin: 


a) “Texnik jihatdan tartibga solish to‟g‟risida”, "Standartlashtirish 
to‟g‟risida", 
"Metrologiya 
to‟g‟risida", 
"Mahsulotlar 
va 
xizmatlarni 
sertifikatlashtirish to‟g‟risida"gi O‟zbekiston Respublikasining qonunlari hamda 
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohasidagi boshqa qonun 
hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarning amalda ro‟yobga chiqarilishini 
ta‟minlash borasida: 
- O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga texnik jihatdan tartibga 
solish sohasidagi vakolatli davlat organlari hamda davlat va xo‟jalik boshqaruvi 
organlari tomonidan kiritilgan texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturi 
loyihalari bo‟yicha umumlashgan takliflar kiritadi;
- o‟z vakolati doirasida, davlat va xo‟jalik boshqaruvi organlarining 
umumiy va maxsus reglamentlarni ishlab chiqish bo‟yicha faoliyatini 
muvofiqlashtiradi va tashkil etadi; 
- O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumiy texnik 
reglamentlarni tasdiqlash, ularga o‟zgartirish va qo‟shimchalar kiritish, shuningdek 
ushbu reglamentlarni bekor qilish to‟g‟risida takliflar kiritadi;
- o‟z vakolati doirasida umumiy va maxsus texnik reglamentlarga rioya 
qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi
- texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlar davlat fondini 
shakllantiradi; 

davlat, 
tarmoq, 
ma‟muriy-hududiy 
standartlarni 
va 
ularga 
o‟zgartirishlarni, korxonalarning mahsulotlarga texnik shartlarini, standartlarini va 
ularga o‟zgartirishlarni, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish bo‟yicha 
amal qilinadigan hujjatlarni, shuningdek norma va qoidalarni davlat ro‟yxatidan 
o‟tkazadi; 


- bir turdagi mahsulotlar uchun normativ hujjatlarni ishlab chiqish bo‟yicha 
tarmoq tuzilmalarini tashkil etishga ko‟maklashadi, ularga ilmiy-metodik 
rahbarlikni ta‟minlaydi;
- sertifikatlashtirish va yuklash-tushirishdan oldin inspektsiya o‟tkazish 
sohasidagi yuridik shaxslarni belgilangan tartibda akkreditatsiya qiladi, yuridik va 
jismoniy shaxslarning sinov, o‟lchov, tahliliy, kalibrlash va tekshirish 
laboratoriyalarini attestatsiyadan o‟tkazadi va akkreditatsiya qiladi;
- O‟lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish 
bo‟yicha faoliyatni belgilangan tartibda litsenziyalaydi, litsenziatlar tomonidan 
litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazorat qiladi, shuningdek 
litsenziyalar reestrini yuritadi;
- xalqaro va davlatlararo ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantiradi;
b) standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, xalqaro standartlarni, 
shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo‟yicha xalqaro standartlarni qo‟llash 
asosida mahsulotlar sifatini va raqobatbardoshliligini oshirish sohasida yagona 
davlat siyosatini amalga oshirish borasida:
- standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish va 
mahsulotlar sifatini boshqarish tizimini joriy joriy etish masalalari bo‟yicha davlat 
va xo‟jalik boshqaruvi organlariga o‟z vakolatlari doirasida rahbarlik qiladi va ular 
faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- yangi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va amaldagi qonun hujjatlarini 
takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi; 
- ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi; 
- standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish 
bo‟yicha asosiy yo‟nalishlarni, kontseptsiyalarni, istiqbolli dasturlarni ishlab 
chiqadi;


-O‟zbekiston Respublikasining milliy etalon bazasini shakllantiradi va 
rivojlantiradi, milliy etalonlarni xalqaro etalonlar bilan solishtiradi;
v) standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish tizimlari faoliyat 
ko‟rsatishini va rivojlantirilishini, ushbu sohalardagi ilmiy-texnika axborotini 
akkreditatsiya qilish va tarqatishni, shuningdek ularning xalqaro, davlatlararo va 
xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyg‟unlashtirilishini ta‟minlash 
borasida:
- respublikada ishlab chiqariladigan va import bo‟yicha olib kelinayotgan 
mahsulotlarni sertifikatlashtirish, chet mamlakatlarning sertifikatlashtirish bo‟yicha 
ishlari natijalarini e‟tirof etish ishlarini tashkil etadi;

o‟z 
vakolatlari 
doirasida 
standartlashtirish, 
metrologiya, 
sertifikatlashtirish va akrreditatsiya qilish sohasida normativ hujjatlarni ishlab 
chiqadi, tasdiqlaydi va ro‟yxatdan o‟tkazadi;
- shtrixli kodlashtirishni joriy etish siyosatini amalga oshiradi va 
O‟zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan tovarlarning Davlat reestrini 
yuritadi;
- manfaatdor shaxslarni mahsulotlarni, sinov va o‟lchov usullarini 
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish bo‟yicha normativ hujjatlar bilan 
ta‟minlaydi, shuningdek mazkur sohalardagi yutuqlarning ilmiy-texnik targ‟ibotini 
amalga oshiradi;
- o‟ziga berilgan vakolatlar doirasida xalqaro, davlatlararo va milliy 
normativ hujjatlar bo‟yicha ma‟lumotlarning yagona axborot bazasini yaratadi;
- standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish va 
o‟lchovlar yagonaligini ta‟minlash ishlarini amalga oshirishning umumiy 
qoidalarini belgilaydi;
- majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulotlar ro‟yxatini tasdiqlash 
to‟g‟risida belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;


- etalonlarni saqlaydi, qo‟llaydi hamda o‟lchamlar miqdorlarini beradi;
g) kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish 
borasida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi ilmiy va 
muhandis-texnik kadrlarni o‟qitishni amalga oshiradi;
d) mahsulotlar, ishlar, xizmatlar xavfsizligi va sifati, o‟lchovlar ishonchsiz 
natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilish talablariga rioya etilishi 
yuzasidan iste‟molchilar huquqlari himoya qilinishini ta‟minlash borasida: 
- o‟z vakolatlari doirasida mahsulot sifati va xavfsizligi bo‟yicha majburiy 
talablarni belgilaydi hamda ushbu talablarga rioya etilishini nazorat qiladi;
- standartlarga rioya qilish, o‟lchovlar va sertifikatlash qoidalarining 
yagonaligini ta‟minlash masalalari bo‟yicha nazorat organlari bilan o‟zaro 
hamkorlik qiladi;
- normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini, o‟lchovlarning yagonaligi va 
ishonchliligi, majburiy sertifikatlashtirish qoidalari ta‟minlanishini tashkil etadi va 
bu borada davlat nazoratini amalga oshiradi;
- davlat metrologiya nazoratini amalga oshiradi.
"O‟zstandart" agentligi o‟ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni 
bevosita, shuningdek o‟z hududiy boshqarmalari, o‟ziga qarashli organlar va 
muassasalar orqali amalga oshiradi.

Yüklə 264,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin