3. Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti
mutaxassislari ishlashi mumkin bo’lgan davlat tashkilotari.
Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti bo‟yicha
bakalavr darajasiga ega mutaxassislar yuqorida keltirilgan bilim va ko‟nikmalarga
ega bo‟ladilar. Buning natijasida quyidagi davlat tashkilotlarida o‟z faoliyatlarini
olib borish imkoniyatlariga ega bo‟ladilar
- hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari;
- Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi hamda uning
hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari;
- Metrologiya xizmatlari ko‟rsatish markazi;
- Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-
tadqiqot instituti;
- Milliy etalonlar markazi;
- Shtrixli kodlashtirish markazi;
- Axborot-ma‟lumotlar markazi.
Bundan tashqari bugungi kunda mamlakatimizda sanoat tarmoqlarini
rivojlantirish borasida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Natijada ishlab
chiqarish tarmoqlari bo‟yicha zavod va fabrikalar soni ko‟paymoqda. Bundan
ko‟rinib turibtiki, ushbu soha bo‟yicha bilim va ko‟nikmalarga ega mutaxassislarga
talab ortmoqda. Mutaxassislar ushbu zavod va fabrikalarda sifat nazorati, sifatni
boshqarish hamda metrologik laboratoriyalarda ham o‟z faoliyatlarini olib
borishlari mumkin bo‟ladi.
Dostları ilə paylaş: |