Deformatsiyalanuvchiqattiq jismlar, gazsimon suyuq jismlar harakati tutash muhitlar mexanikasida oʻrganiladi. Elastiklik va plastiklik nazariyasi, gidrodinamika va aeromexanika, gaz va toʻlqin dinamikasi tutash muhitlar mexanikasining eng rivojlangan sohalaridir. Tutash muxitlar mexanikasida qattiq jism, suyuqlik va gazlarning strukturasi uzluksiz struktura deb, shuningdek, tutash muxit hajmining har bir elementi qoʻshni elementlar bilan oʻzaro taʼsirida boʻladi, deb qaraladi. Magnit gidrodinamikasp, aeroelastiklik nazariyasi va yorilish nazariyasi tutash muhitlar mexanikasining sohalari hisoblanadi. Mexanika koʻpgina muammolarni hal qilishda asosiy omil hisoblanadi. Ulardan baʼzilari: suvda katta (100 m/s va undan yuqori) tezlikda harakat qiladigan jismlarga qarshilik kuchini kamaytirish; temperaturasi million gradusga yetadigan plazmalar yaratish va ularni saqlash; katta bosim hamda temperaturalar taʼsiridagi materiallar xususiyatini, portlash kuchining inshootlariga taʼsirini aniqlash; havo aylanishi (sirkulyasiya) ni tushuntirish; obhavoni oldindan aytish; oʻsimlik va tirik organizmlardagi mexanik jarayonlarni oʻrganish; oʻzgaruvchan massali jismlar mexanika si, kosmik parvozlar dinamikasi, plazmalarning magnit maydonidagi harakati va boshqa Yulduz evolyusiyasi va Quyoshda sodir boʻlayotgan hodisalar bilan bogʻliq masalalarning koʻpchiligi klassik mexanika sohalarida, massa, kvant mexanika, statistik fizika, elektrodinamika va boshqalarda qaraladi.