I-bob. Mexanizmning asosiy turlari va ularning tatbiqi
'M.Mexanizm' (yun. μηχανή mechané - mashina) — bir biri bilan
bog'liq va kerakli (oldindan aniqlangan) harakatlarni bajaradigan jonsiz
(odatda mashina detallari) yoki jonli tanlar majmui. Mexanizmlar harakatni
(boshqa obyektga) o'tkazib berish va o'zgartirish uchun qo'llaniladi.
Mexanizm (yunoncha: mechane — qurol, inshoot) — bir yoki bir necha
jismning harakatini boshqa jismlarning maʼlum harakatiga aylantirib
beradigan qurilma. Koʻpchilik mashinalarning kl asosini tashkil etadi,
koʻpgina asboblar, apparatlar va texnika qurilmalarida qoʻllaniladi.
Vazifasiga qarab, M.lar harakatni uzatuvchi; ijrochi (ish bajaruvchi);
boshqaruvchi, nazorat qiluvchi va rostlovchi; taʼminlovchi, saralovchi,
tashuvchi; mahsulotlarni hisoblovchi, tortuvchi va joylashuvchi M.lar
boʻladi.
Harakatni oʻzgartiruvchi M.lar energiyani mexanik ishga yoki mexanik
ishni energiyaning boshqa turiga aylantiradi (mas, dvigatel, nasos,
kompressor va boshqalar). H ar a kat uzatuvchi M.lar dvigateldan olingan
harakatni (valning aylanish tezligini kamaytirib) texnologik mashinalarga
yoki ijrochi M.larga uzatadi. Ijrochi M.lar ishlov berilayotgan muhit yoki
obyektga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir etadi (mas, pressning sikish me-xanizmi,
paxta terish mashinasining shpindellari va boshqalar). Boshqaruvchi, nazorat
qiluvchi va rostlov-ch i M.larga texnologik jarayonni boshqarib turadigan
moslamalar, rostlagichlar, suyuklik sathi va bosimini nazorat qiluvchi M.lar
kiradi. Taʼminlovchi, saralovchi va tashuvchi M.larga shneklar, kovshli
elevatorlar, mexanik elaklar va boshqa kiradi. Tayyor mahsulotlarni
7
avtomatik hisoblovchi, qadoqlovchi va joylovchi M.lar, asosan, koʻplab
ishlab chiqariladigan donali mahsulotlar uchun moʻljallanadi. Bunday M.lar
maxsus mashinalarda ijrochi M. boʻlishi mumkin (mas, choy qadoqlash
mashinasining choyni oʻlchovchi va joylovchi qismi).
M. tarkibiga kiruvchi va zveno deb ataluvchi qattiq jism oʻzaro
biriktirilgan bir necha qoʻzgʻalmas detallar (ayrim qismlar) dan iborat
boʻlishi mumkin. Bir-biriga tegib turadigan ikki zvenoning oʻzaro
harakatlanadigan birikmasi kinematik juft deyiladi. Aylanma (sharnir),
ilgarilama (polzun va yoʻnaltirgich), vintli (vint, gayka), sferik (sharli
sharnir) kinematik juftlar keng tarqalgan. Agar harakatni oʻzgartirishda qattiq
jismlardan tashqari suyuklik yoki gazeimon jismlar ham qatnashsa, ular
gidravlik yoki pnevmatik M. deyiladi.
Aylanma yoki toʻgʻri chiziqli harakatni aylanma harakatga (va
aksincha) oʻzgartiradigan M. uzatma deyiladi. Zvenolarning turiga qarab,
tishli, richagli, friksion, zanjirli va tasmali M.lar boʻladi. Mashina tarkibiga
kiruvchi M.lar gidravlik, pnevmatik, elektr qurilmalardan tuziladi.
Odatda, M.da bitta kirish zvenosi boʻlib, u dvigateldan harakat oladi va
oraliq zveno orqali uni chiqish zvenosiga uzatadi. M.lar yassi (tekis;
zvenolari nuqtalarining temperaturayektoriyasi parallel tekisliklarda yotadi)
va fazoviy (hajmiy) xillarga boʻlinadi. Kosmik texnika (vakuumda aylanma
harakat uzatuvchi, fazoda yoʻnalishni oʻzgartiruvchi va boshqalar), tibbiyot
texnikasi (rostlanadigan apparatlar, biologik protezlar va boshqalar) bilan
bogʻliq boʻlgan masalalarni hal qilish, borish qiyin boʻlgan yoki hayot uchun
xavfli joylar (suv osti, kosmos, yadro reaktorlari) da ishlash uchun maxsus
8
M.lar yaratildi. Bu ishlarni bajarishda turli manipullyatorlar qoʻllaniladi.
Manipulyatorlarning rivojlanishi buyumlarni ishlash, montaj qilish va yigʻish
jarayonlarini avtomatlashtirishga imkon beruvchi sanoat robotlarning
yaratilishiga olib keldi.
|