Mavzu: Mexanizm zvenolari nuqtalarining harakatlarini tezliklar va


Mexanizmlarning turli vaziyatdagi planlarini qurish



Yüklə 446,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix02.06.2023
ölçüsü446,94 Kb.
#123074
1   2   3   4   5   6   7
Mexanizm zvenolari nuqtalarining harakatlarini tezliklar va tezlanishlar plani tuzish yo\'li yordamida tekshirish. (1,2 modifikatsiyasi) 15-variant

1.1.Mexanizmlarning turli vaziyatdagi planlarini qurish 
Mexanizmlar kinematikasi — mexanizmlarga taʼsir etadigan kuchlarni 
hisobga olmagan holda qism (zveno) lari harakatining geometrik jihatlari 
oʻrganiladigan soha; mashina va mexanizmlar nazariyasi boʻlimi. 
Mexanizmlar kinematikasida kinematik analiz va kinematik sintez masalalari 
yechiladi. 
Mexanizmlar 
kinematikasi 
masalalarini 
yechish 
uchun 
mexanizmning kinematik xossalarini ifodalaydigan asosiy koʻrsatkichlar va 
yetakchi zvenolarning harakat qonunlari maʼlum boʻlishi kerak. 
Mexanizmlar kinematikasi masalalari grafik, analitik va grafoanalitik 
usullarda yechiladi. Eng oddiy grafik usul ning mohiyati quyidagicha: agar 
mexanizmdagi AV zvenoning vaziyati va sharnirlari markazlari orasidagi 
masofa maʼlum boʻlsa (rasmga q.), qolgan barcha zvenolarning vaziyatini 
sirkul 
yordamida 
aniqlash 
mumkin. 
Shunday 
qilib, 
tekislikda 
harakatlanadigan mexanizmlar masalasi egri chiziqlarning tekislikda 
kesishgan nuqtalarini aniqlashdan iborat boʻladi. 
Analitik usul oldindan maʼlum aniqlikdagi zvenolarning vaziyatini 
anikutshga imkon beradi. Bunda masala chiziqli boʻlmagan tenglamalar 
sistemasini yechishga keltiriladi. Mexanizmdagi ayrim nuqtalarning 
temperaturayektoriyasi, odatda, zvenolarning vaziyatini bilish uchun 
aniqlanadi; bunda faqat mexanizm ish organlarining harakat turiga bogʻliq 
boʻlgan temperaturayektoriyalarning grafigi tuziladi yoki tekshiril adi. 
Grafoanal iti k usul zvenolar va mexanizmlar ayrim nuqtalarining 
tezliklarini aniqlashda qoʻllaniladi. Biror nuqtaning tezligini aniqlash uchun 
zvenolarning vaziyatini aniqlashda olingan maʼlumotlardan foydalanib, bu 


10 
nuqta yoʻlining vaqt boʻyicha oʻzgarish diagrammasi tuziladi, soʻngra 
differensiallash grafigini qoʻllab, tezlikning vaqt boʻyicha oʻzgarish 
diagrammasi quriladi. Mexanizm nuqtalarining tezlanishlarini aniqlashda 
tezlanishlar planidan va analitik usuldan foydalaniladi. Tezlanishlarni 
aniqlash uchun odatda kinematik diagramma usuli qoʻllanilmaydi, chunki 
uning anikligi oldindan qurilgan tezlikning vaqt boʻyicha oʻzgarish 
diagrammasini 
differensiallash 
grafigi aniqligiga bogʻliq boʻladi. 
Mexanizmlarning kinematik sintez masalalari koʻrib oʻtilgan kinematik 
analiz masalalariga teskari hisoblanadi. 
Mashina va mexanizmlar nazariyasi — mashina va mexanizmlar uchun 
umumiy boʻlgan xossalarni urganish va ularni loyihalashning umumiy 
usullari haqidagi fan. Mexanizmlar nazariyasi va mashinalar nazariyasi deb 
ataladigan qismlarga boʻlinadi. Mexanizmlar nazariyasi da mashina, asbob 
yoki apparatning barcha mexanizmlar (yoki mexanizmlar guruhi) uchun 
umumiy boʻlgan xossalar oʻrganiladi. Mashinalar nazariyasi da — 
texnikaning turli sohalaridagi mashinalar uchun umumiy boʻlgan usullar 
oʻrganiladi. Bu ikki qism bir-biri bilan chambarchas bogʻliq, chunki istalgan 
mashinaning asosini mexanizmlar tashkil qiladi. 
M. va m. n.ning vazifalarini, asosan, uch boʻlimga ajratish mumkin: 
mexanizmlar 
sintezi, 
mashina 
va 
mexanizmlar 
dinamikasi, 
avtomatmashinalar nazariyasi. Mexanizmlar sintezi maʼlum harakatning 
bajarilishini taʼminlaydigan sxemani tanlash va shu sxema parametrlarini 
topish bilan shugʻullanadi. Avtomatmashinalar nazariyasi da — ayrim 
mexanizmlarning bir-biriga monand ishlash sxemasini tuzish hamda 


11 
mashinalarning optimal unumdorligi, anikligi va puxtaligiga erishish usullari 
ishlab chiqiladi. Mexanizmlar sintezi masalalarini hal qilish tartibini uch 
bosqichga keltirish mumkin. Birinchi bosqich — sintezning asosiy mezoni va 
shartlarini tanlash, yaʼni qoʻyiladigan talablarni shakllantirish. Bunda 
texnologik va konstruktiv masalalar matematik masalalarga aylanadi. 
Ikkinchi bosqich — sintezning asosiy mezoni qiymatini ifodalovchi 
funksiyaning analitik ifodasini aniqlash. Asosiy mezon mexanizmning 
vazifasiga karab tanlanadi. Baʼzi mexanizmlar uchun uning analitik ifodasi 
juda murakkab. Uchinchi bosqich — cheklash shartlarini hisobga olgan holda 
asosiy mezonni optimallash shartlaridan foydalanib, mexanizmning doimiy 
parametrlarini hisoblash. Bunda bir yoki bir necha tenglama va tengeizliklar 
tizimini yechishga toʻgʻri keladi. Avtomatmashinalar nazariyasida mantiqiy 
algebrani qoʻllashga asoslangan usullar keng tarkaldi. Bu usullar boshqarish 
tizimlarining mantiqiy sintezi deb ataladi. Boshqarish tizimlarida elektr 
elementlar bilan birga pnevmatik elementlar qoʻllaniladi. Robotlarnn 
loyihalash usullarini ishlab chiqish avtomatmashinalar nazariyasining eng 
soʻnggi yutuqlaridan biri boʻldi. 
M. va m. n. nisbiy harakatda boʻladigan inshootlar mexanikasi bilan 
ham shugʻullanadi. Nazariy mexanika qonunlari mashina va mexanizmlarga 
bevosita tatbiq etilganligi uchun M. va m. n. qisqacha mashinalar mexanikasi 
deb ataladi. 
M. va m. n.da mexanizm kismlari (zve-nolari) mutlaq qattiq jism deb 
qaraladi. Mashina va mexanizmlar kinematikasini oʻrganishda mexanizm 
tarkibidagi yetakchi zveno (mas, krivoship) ning aylanishlar soni oʻzgarmas 


12 
deb qabul qilinadi. M. va m. n.da uzunlik (S) oʻlchov birligi sifatida metr, 
vaqt (t) oʻlchov birligi sifatida sekund, kuch (Gʻ) oʻlchov birligi sifatida — 
nyuton qabul qilinadi. Masalan, tezlik (g>) ning oʻlchov birligi: M. va m. n. 
qattiq va suyuq jismlar mexanikasi krnunlarini, matematika hamda chizma 
geometriya fanlarini texnikadagi konkret masalalarni hal qilishga tatbiq etadi. 


13 

Yüklə 446,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin