Mavzu. Mikroiqtisodiyotga kirish: iqtisodiy bazis tushunchalar



Yüklə 140,73 Kb.
səhifə4/8
tarix15.02.2023
ölçüsü140,73 Kb.
#84443
1   2   3   4   5   6   7   8
1 Mavzu Mikroiqtisodiyotga kirish iqtisodiy bazis tushunchalar

Muqobil (alternativ) xarajatlar bir tovarni ishlab chiqarish, uning sonini oshirish uchun boshqa bir tovardan voz kechish alternativ harajatlar, yoki voz kechilgan imkoniyatlar xarajatlari deyiladi.
Pareto iqtisodiy samarasi – bu bozorning shunday vaziyatiki, unda xech kim boshqa bir kishining iqtisodiy holatini yomonlash- tirmay o’z ahvolini yaxshilab olmaydi.
Iqtisodiy nazariyada iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda 2 xil yondashuvdan foydalaniladi : prozitiv va normativ.
Pozitiv yondashuv – iqtisodiy subyekt qabul qilgan qarorni ob- yektiv tahlil qilish va oqibatlarini bashoratlashni ko’zda tutadi. Pro- zitiv yondashuv tadqiq qilinayotgan jarayonning sabab va oqibatlarini aniqlashga yordamlashadi.
Normativ yondashuv – qarama-qarshi tadqiq qilinayotgan jara- yonga nisbatan subyektiv baho berish bilan shug’ullanadi. Tadqiq qilish natijasida amaliy taklif va tavsiyalar beradi.


Mavzuga doir masalalar.


1. Hindistonlik bir muhojir ish yuzasidan Fransiyaga bormoqchi. Hindistondan Fransiyaga samolyot va poyezd reyslari har kuni mavjuddir. Fransiyagacha bo'lgan masofani samolyot 8 soatda, poyezd esa 9 kunda bosib o'tadi. Agar Hindistonlik samolyotda borishni ihtiyor etsa parvoz vaqti uning ish vaqtiga to'g'ri kelganligi bois, bir ish kunidan mahrum bo'ladi. Poyezdda boradigan bo'lsa, muhojirning ish kuni dushanbadan jumagacha ekanligini inobatga olsak, u har bir ish kuni uchun 50 ming som pul mablaini olishdan mahrum boladi. Agar, samolyot chiptasi 900 ming som, poyezd chiptasi esa 500 ming som bolsa, muhojir uchun maqbul variant aniqlansin.


Yechimi:
Muhojir Fransiyaga samolyotda borishni ihtiyor etsa kamida 900 ming som pul mablai sarflaydi. Agar u poyezdni tanlasa 9 kunlik safari davomida ko'pi bilan 7 kun ishlashini inobatga olsak, poyezdda ketish unga ko'pi bilan 500+7×50=850 ming somga aylanadi. Bundan ko'rish mumkinki, muhojir uchun poyezdda ketish eng maqbul variantdir.

Yüklə 140,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin