2. Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Taklif qonuni Ma’lum vaqt oralig‘idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi.
Narx o‘zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o‘zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi.
Bir kilogramm kartoshka narxi (so‘m)
Kartoshkaning yakka taklifi miqdori (bir oyda kilogramm)
Kartoshkaning bozor taklifi miqdori (bir oyda tonna)
700
600
500
400
300
60
50
30
20
10
60
50
30
20
10
2.1-jadval Narx va taklif miqdori o‘rtasidagi bog’liqlik (raqamlar shartli ravishda qo‘yilgan)
Narxning o‘zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining to‘g‘ri bog‘liqlikdagi o‘zgarishi taklif qonuni deyiladi.
Iste’molchi uchun narxning oshishi to‘siq rolini o‘ynasa, ishlab chiqaruvchi uchun rag‘batlantirish vazifasini bajaradi.
Р
S
Р
S
Taklif qonuni
700
600
500
400
300
200
100
0
10 20 30 40 50 60 Q, miqdor
Narx darajasi va taklif miqdori o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi ma’lumotlarni grafikda ifodalab, taklif egri chizig‘ini tasvirlash mumkin (2.1-rasm).
S
S
2.1-rasm. Taklif egri chizig‘i
P, so’m
A.Kurno (S) taklif (inglizcha «supply») ham (P) narx (baho)ning funksiyasi ekanligini ko‘rsatgan, ya’ni S=φ(P).
Bu funksiya taklif funksiyasi deyiladi. Ushbu funksiya haqida A.Kurno uning o‘suvchi funksiya ekanligini ta’kidlaydi.
Narxga bog‘liq omillar:
muayyan tovarning narxi
resurslar narxi
boshqa tovarlar narxi
narx o‘zgarishining kutilishi
Narxga bog‘liq bo‘lmagan omillar:
ishlab chiqarish texnologiyasi;
soliq va subsidiyalar;
bozordagi sotuvchilar soni.
Taklifga ta’sir etuvchi omillar