III. Xulosa Yerdagi moddalar hamma materiya kabi harakatda bo‘ladi. Bu harakatning tavsifli xususiyati uning davriyligidir. Davr yerdagi moddalarning elementar aylanishini tashkil etuvchisi hisoblanadi.
Aylanishlarning katta (geologik, abiotik) va kichik (biologik, biogen, biotik) turlari hamda ayrim elementlar va ularning birikmalarini aylanishlariga bo‘linadi. Aylanishni harakatlantiruvchi kuch Quyosh energiyasi va qisman Yerning ichki issiqligi hisoblanadi.
Temir bakteriyalari ko‘l va botqoqliklarda temir rudalari hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Uzoq vaqtgacha bu bakteriyalarni aniqlay olmaganlar. B. V. Perfilev ko‘l cho‘kindisidan temir bakteriyasini topgan va Sphaerothrix deb nomlagan. Keyingi yillarda u kapillyar - mikroskopiya metodidan foydalanib, cho‘kindi moddalardan yangi temir bakteriyasi - Metallogenium ni ajratib olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu bakteriya tabiatda juda keng tarqalgan bo‘lib, temir konlari hosil bo‘lishida muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi.
Chirituvchi va sulfat redutsirlovchi organizmlarning faoliyati natijasida vodorod sulfid to‘planadi. Shunday usul bilan suv havzalarida, ko‘llarda, dengizlarda N2S to‘planadi. Masalan, Qora dengizda 200metr chuqurlikda shuncha ko‘p mikdorda N2S hosil bo‘ladiki, bu yerda faqat anaerob bakteriyalargina yashay oladi, qolganlari yashay olmaydi.
Tuproqda, suv havzalarida to‘plangan N2S oltingugurt bakteriyalari tomonidan oksidlanadi. Bu bakteriyalarni 1887 yilda Vinogradskiy aniqlagan. Bakteriyalar avvaliga N2S ni S gacha, keyin N2SO4gacha oksidlaydi
Xulosa qilib aytganda tabitda (tuproqda va suvda) turli xildagi mikroorganizmlar mavjud bo‘lib ular turli xil organik va anorganik birikmalarga ta’sir qiladilar. Bularning faoliyati natijasida shu moddalarda parchalanish, oksidlanishi, qaytarilish sodir bo‘lib, o‘simlik va boshqa tirik mavjudotlar o‘zlashtira oladigan shakllarga aylanadilar. Shu bilan tabiatdagi moddalar almashinuvini muvozanatida saqlashga ham o‘z hissalarini qo‘shadilar.