Mavzu: Mikroorganizmlar genetikasi Reja


Bakteriyalardagi konyugatsiya hodisasi



Yüklə 48,71 Kb.
səhifə10/12
tarix17.10.2023
ölçüsü48,71 Kb.
#156616
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Kurs ishi mikroorganizmlar genetikasi

Bakteriyalardagi konyugatsiya hodisasi. XIX asming oxirlariga kelib, mikrobiologlar bakteriyalarda konyugatsiya hodisasi uch-rashini kuzata boshlaganlar va uni boshqa organizmlardagi kon-yugatsiyadan ajratish uchun «konyuksiya» deb nomlaganlar. Konyugatsiyaning genetik analizini 1947-yilda Lederberg vaTatum aniqlaganlar. Ular bu hodisani cicktron mikroskopda kuzatganlar. Konyugatsiyalanadigan hujayralarning biri uzunchoq, ikkinchisi ovalsimon ekanligi aniqlangan. Uzunchoq hujayra erkak tip bo'lib, F+ (donor) deb, ovalsimon hujayra urg'ochi tip bo'lib, F~ (retsipiyent) deb belgilanadi. Konyugatsiya vaqtida ular bir-biriga yaqinlashadi va ularning orasida ko'prikcha hosil bo'ladi. Hosil bo'lgan ko'prikcha orqali donor hujayrasidan genetik omillar retsi­piyent hujayrasiga ma'lum bir tartibda o'tadi.
K.V.Kosikov (1957-y.) ta'kidlashicha, agar achitqilar spetsifik xususiyatga ega bo'lgan substratlarda o'stirilsa, ma'lum bir formalar paydo bo'ladiki, ular shakarni bijg'itish xususiyatiga ega bo'Iib qoladi (avval ular shakarni bijg'ita olmas edi). Masalan, Saccha-romyces globasus ana shunday yangi formalardandir. U saxarozani bijg'itish xususiyatiga ega, Sacch parodopus formasi esa maltozani bijg'itadi. Bu xususiyatlar faqat vegetativ yo'l bilan emas, balki jinsiy yo'l bilan ko'payishda ham nasldan-naslga o'tishi mumkin. Masalan, jinsiy yo'l bilan ko'payishda quyidagi formalar kelib chiqqan: sporalarning yarmi shakarlarni bijg'itsa, yarmi bijg'ita olmagan. Bunda Saccharomyces globasus da yangi xususiyat paydo bo'lgan, ya'ni shakarlarni bijg'ituvchi invertaza fermenti hosil bo'lgan.
Mikroorganizmlar genetikasini o'rganish muhim ahamiyatga ega. Chunki antibiotiklar olishda yuqori aktivlikka ega bo'lgan yangi shtamrnlar zarur. Bundan tashqari, vitaminlar, gormonal preparatlar, fermentlar, lizin va glutamin kabi aminokislotalar olishda va boshqa moddalar olishda muhim ahamiyatga ega.
Bakteriyalar, achitqi zamburug'lar va aktinomitsetlarga radio-aktiv nurlar va kimyoviy mutagenlar bilan ta'sir etib, ularning hujayralaridagi DNKning strukturasini o'zgartirish va inson uchun foydali bo'lgan moddalar sintezlash tomoniga yo'naltirish mumkin. Hozir bakteriyalarning fiziologik xususiyatini yaxshi bilgan holda ularni o'zgartira olish va bu usul bilan bakteriyalardan qishloq xo'jahgida, tibbiyotda, texnologik jarayonlarda keng miqyosda foydalanish, mikrobiologlar oldida turgan muhim masaladir.
Episomaiar. Episomalar xromosomalardan xoU bo'lgan mayda genlar to'plamidir. Ular sitoplazmada erkin yoki bakteriyalar xro-mosomasiga qo'shilgan holda bo'lishi mumkin.
Episomalar bakteriyalarning pushtlilik faktori (R) yoki ko'p dorilar ta'siriga chidamliUk faktori (K), bakteriotsinogenlik, koli-notsinogenlik va boshqa faktorlarning naslga o'tishida ishtirok etadi. Episomalarning antibiotiklarga chidamliligini (K-faktorni) birinchi bo'Iib yaponiyalik ohmlar aniqlashgan.
Bakteriotsinogenlik faktorida bakterial hujayralarda antibio­tiklarga qarshi moddalar sintezlanadi, bu moddalar bakteriotsinlar deb ataladi. Masalan, ichak tayoqehasi E. coli — kolitsin, Bact.


Yüklə 48,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin