Mavzu: Mikroprosessorlar va ularning turlari


Birinchi avlod mashinalari



Yüklə 312 Kb.
səhifə3/9
tarix20.12.2022
ölçüsü312 Kb.
#76745
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu Mikroprosessorlar va ularning turlari

Birinchi avlod mashinalari. (1950 yillar boshlari) Birinchi avlod EHMlari markaziy protsessorining elementlar bazasi sifatida umumiy soni bir necha o‘n minglarga etgan elektron lampalardan foydalanilgan. Operativ xotira ferrit uzaklar bloklarida qurilgan. Ko‘plab ishlab chiqarilgan sovet davri mashinalaridan birinchi avlodga mansublari Strella (1953 y.), Ural (1954y.), M-20 (1959y.), Minsk -1 (1960 y.), BESM seriyali qator mashinalar kiradi. Sekundiga 10000 amalni bajaradi. Xotirasiga 2047 tagacha son sig‘adi. Operativ xotira hajmi mashinaviy so‘zning uzO’nligi bilan ikkilik rakamlar yoki bitlar (bit-bo‘lak, bo‘lakcha ma’nosini anglatadigan inglizcha bit so‘zidan olingan bo‘lib, bitta ikkilik raqamidan tashkil topgan ma’lumotdagi informatsiya miqdori kabi aniqlanadigan informatsiya birligini anglatadi) soni bilan aniqlanadi. Mashinaviy so‘zning standart uzO’nligi 8 ta ikkilik raqamni o‘z ichiga oladi bunday birlikni bayt (bite-bo‘lakcha) deyiladi: 1 bayt- 8 bit. SHunga o‘xshash kattaroq o‘lchov birliklari ham ishlatiladi: 1-kilobayt (kb)=1024 bayt, 1 megabayt(mg)=1024 kb.
Ikkinchi avlod mashinalari. (1960 yillar boshlari). Ikkinchi avlod mashinalari birinchi avlod mashinalaridan farqli o‘laroq markaziy protsessorining elimentlar bazasi sifatida tranzistorlar ishlatilgan operativ xotira, avvalgidek fePromagnit o‘zaklaridan quriladi, ammo ularning o‘lchovlari keskin kamaytirilgan edi. Ikkinchi avlod mashinalari o‘zining parametrlari bo‘yicha birinchi avlod mashinalaridan keskin ustO’nlikka ega edi. Ular bir sekundda 100000 taga yaqin amallardan iborat tezkorlikka va 3200 ta so‘zdan iborat operativ xotira xajmiga ega edi. Tranzistorlar asosida yig‘ilgan. Ikkinchi avlod mashinalari qatoriga Rossiyada ishlab chiqarilgan Mir, Minsk-22, M-220, BESM-4, Minsk-32 va boshqalar kiradi.Birinchi avlod mashinalarida ishlaganda programmist programmani bevosita mashina tilida yozgan, ikkinchi avlod mashinalarining ko‘pchiligida esa mashinalar tilida dasturlashdan algoritmik tillarda dasturlashga o‘tilgan. Birinchi algoritmik tillar 50-yillarning oxiri 60-yillarning boshida paydo bo‘ldi. Misol sifatida Algol-60 ni keltirish mumkin.
Algoritmik tillarning muhim afzalligi ularning universalligida va xalkaro standartning mavjudligidadir, bu tillarda yozilgan dastur qanday konkret tur mashinaga mo‘ljallanganiga mutlaqo bog‘liq emas. Algoritmik tilda yozilgan dastur EHMda bajarilishi uchun u, avvalo, shu universal tildan mashinaning o‘z tiliga o‘tkazilishi lozim. Buni EHM ning o‘zi maxsus dastur-traslyator (translator-tarjimon) yordamida amalga oshiradi.

Yüklə 312 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin