Uchinchi avlod mashinalari. (1960 yillar oxiri va 70 yillar boshlari). YArim o‘tkazgichlarni ishlab chiqarish texnologiyasining takomillashishi integral sxemalar deb nom olgan mikroelektron qurilmalarining yaratilishiga olib keldi.
Alohida tranzistorlar o‘rniga integral sxemalardan foydalanish EHM uzellari o‘lchamlarini ancha kamaytirishga, ularning tejamliligiga va mustahkamligini oshirishga imkon beradi. Integral sxemalar uchinchi avlod mashinalari markaziy protsessorlarining elementlar bazasi bo‘lib qoladi.Hisoblash texnikasida integral sxemalarining keng qo‘llanilishi ularni takomillashtirish, tezkorligini sekundiga 10 mln.ta amalga etkazish, operativ xotirani bir necha megabaytgacha (MB) kengaytirish kabi yangi imkoniyatlar ochdi. Uchinchi avlod mashinalariga misol qilib yagona sistemadagi EHM (ES EVM) larni keltirish mumkin. Bu sistema SEV ga a’zo sotsialistik mamlakatlarning xalqaro hamkorligi tomonidan 1969 yil dekabrida tasdiqlangan ko‘p tomonlama kelishuvi bo‘yicha yaratildi va ularni 1972 yildan boshlab ishlab chiqarildi. Keyingi yillarda ES EVM ning o‘zgartirilgan modellarini chiqarish boshlandi. YAgona sistemadagi EHM qator kapitalistik mamlakatlardagi EHM modellari bilan raqobat qila oladi. Turiga qarab sekundiga 2 mln. gacha turli amallarni bajara oladi.
3-avlod - integral mikrosxemalar;
To‘rtinchi avlod mashinalari. To‘rtinchi avlod mashinalari - bu hisoblash texnikasi rivojlanishida yangi qadamdir. To‘rtinchi avlod EHMlari katta integral sxemalarda qurilgan, ko‘p protsessorli mashinalardir. Bu turdagi EHM larning tezligi sekundiga 10 million amaldan ortiqdir.To‘rtinchi avlodga tegishli bo‘lgan hisoblash mashinalaridan biri ko‘p protsessorli hisoblash kompleksi -«ELBRUS» dir. KXK «Elbrus» zamonaviy aloqa yo‘llari orqali juda ko‘p EHM larni yagona markazga birlashtirish va ularga uzoqda joylashgan termininallarni ulash imkoniyatiga ega. Bu holda barcha foydalanuvchilar ixtiyoriy EHM dan foydalanish va undagi axborotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘la oladilar. EHM lardan foydalanishning bu usuli (ko‘pchilikning bir paytda foydalanishi) hisoblash tarmog‘i bo‘lib, u o‘zaro bir-biriga ulangan va malumotlarni bir-biriga tezda uzata oladigan EHM lar guruxidan iboratdir. Ma’lumotlarni kiritish qurilmalari: klaviatura, manipulyator (sichqoncha), joystik, nurli pero- mexanik “sichkon”, optik “sichkon”, skaner, grafik planshet, sensorli ekran, nutqni kiritish vositasi. SHaxsiy kompyuter (SHK)-bu qo‘llanilishining xamma boplik va universallik talablarini kondiruvchi stolli yoki ko‘chma EHMdir