Milliy iqtisodiyotda mamlakat rivojini tavsiflovchi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar toifasiga Yalpi Milliy Mahsulot(YaMM), Sof Milliy Mahsulot(SMM), Milliy Daromad(MD), Shaxsiy Daromad (SHD) kiradi.
Ushbu ko’rsatkichlardan biri Milliy daromad: uning mohiyati, taqsimlanishini mamlakatimiz hamda umumiy miqyosda tahlil qilishga harakat qilganman.
Milliy daromad (MD)- bu milliy ishlab chiqarishdan olingan daromad yoki ijtimoiy ishlab chiqarishdagi barcha daromad turlarining yig’indisidir. Milliy daromad- uy xo’jaliklari daromadlarini ko’rsatuvchi ko’rsatkich hisoblanadi. MD ning tarkibi : ish haqi,renta, foyda, foiz to’g’risida daromadlarning mamlakatimizdagi holati ahamiyati xususida to’xtalib Yurtboshimizning quyidagi so’zlarini keltirish lozim:
Mamlakatimizda aholi samarali muhofaza qilishga yo’naltirilgan maqsadli chora-tadbirlar hamda yuqori iqtisodiy o’sish bevosita uy xo’jaliklari daromadlari bilan bog’liqligini unutmasligimiz lozim. Zero,Milliy daromadning muttasil ko’payishi, o’sishi ishlab chiqarish sohasida va boshqa sohalarda band kishilar, korxonalar va tashkilotlar moddiy ta’minlanishini yanada oshiradi.