4-mavzu “Vatanimiz mustaqilligi – biz uchun kuch-qudrat va ilhom manbai, taraqqiyot va farovonlik asosi”



Yüklə 18,78 Kb.
tarix14.02.2023
ölçüsü18,78 Kb.
#84331
2 5307657096190235202


4-mavzu

Vatanimiz mustaqilligi – biz uchun kuch-qudrat va ilhom manbai, taraqqiyot va farovonlik asosi” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali marosimidagi ma’ruzasi asosida)


- 1991-yil 31-avgust kuni mamlakatimiz hayoti va taqdirida tub burilish yasagan, tom ma’nodagi buyuk tarixiy voqea yuz berdi. Necha yuz yillar davomida kelajakka katta umid va ishonch bilan qarab, hamisha sabr-matonat bilan yashagan xalqimiz ulug‘ orzusiga erishdi – o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritdi;


- Birinchi Prezident Islom Abdug‘aniyevich Karimov faoliyati, Konstitutsiyani qabul qilinishi, milliy valyutaning joriy etilishi, qadimiy tariximiz, boy madaniy merosimiz, milliy-diniy qadriyatlarimiz, o‘zligimiz tiklanishi;
- Respublikamizda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiya qabul qilindi. Ko‘p yillardan buyon jiddiy muammo bo‘lib kelgan majburiy va bolalar mehnati to‘liq tugatildi;
- Xalqaro valyuta jamg‘armasi va nufuzli reyting agentliklari tahlillariga ko‘ra, hozirgi qiyin va murakkab sharoitda O‘zbekiston jahonning sanoqli mamlakatlari qatorida moliyaviy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, ishlab chiqarish tarmoqlarini tiklash va iqtisodiy faollikni oshirishga erishib kelmoqda;
- 2017-2020-yillarda mamlakatimizning iqtisodiy o‘sish darajasi 18,3 foizni tashkil etib, yalpi ichki mahsulot 60 milliard dollarga yetdi. Bu haqda gapirganda, tashqi savdo aylanmasi 2016-yildagi 24 milliard dollardan 2020-yilda 36 milliard dollarga ko‘payganini ta’kidlash lozim. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 369 trillion so‘mni tashkil qilib, 2016-yilga nisbatan 23,4 foizga o‘sdi. Natijada sanoat mahsulotlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 19,5 foizdan 27,4 foizga ko‘tarildi, 2020 yilda eksport hajmi 15,1 milliard dollarni tashkil qilib, 2016 yilga nisbatan 25 foizga o‘sdi;
- Toshkent shahrida 2 ta yangi metro stansiyasi hamda qariyb 12 kilometrlik yer usti metro liniyasi foydalanishga topshirildi, “Sergeli” yo‘nalishi bo‘yicha 6,2 kilometrlik qurilish ishlari yakunlandi;
- 2017-2020-yillar davomida 140 mingdan ziyod arzon va sifatli uy-joylar bunyod etildi. Ushbu ko‘rsatkich 2016-yilga nisbatan qariyb 11 barobar oshdi;
- 2016-yilda mavjud bo‘lgan 800 ta “Tez yordam” shoxobchasining soni bugunga kelib 1 ming 666 taga yetkazildi. Tez tibbiy yordam brigadalari soni esa 1 ming 648 tadan 2 ming 685 taga ko‘paytirildi;
- 2021-yil uchun davlat byudjetida 3 trillion so‘m zaxira shakllantirilib, aholi sog‘lig‘ini saqlash va koronavirusga qarshi emlash choralari ko‘rilmoqda;
- Agar biz ta’limni o‘zgartirsak, ta’lim insonni o‘zgartiradi. Inson o‘zgarsa – butun jamiyatimiz o‘zgaradi;
- 2017-yili yurtimizda 5 ming 211 ta bog‘cha faoliyat yuritgan bo‘lsa, joriy yilda bu raqam – 19 ming 316 taga yetdi, ushbu islohotlar natijasida maktabgacha ta’limga qamrov darajasi 62 foizga, 6 yoshdagi bolalar o‘rtasida esa 77 foizga yetkazildi;
- 2020-yilni yurtimizda matematika fani bo‘yicha 56 ta, kimyo-biologiya fani bo‘yicha 28 ta, informatika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha 14 ta maktablar tashkil etildi;
- Nodavlat umumta’lim maskanlari davlat tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanayotgani tufayli hozirgi vaqtda ularning soni 195 taga yetdi;
- Bularning barchasi o‘z ijobiy natijasini bermoqda. Buni 2017-2020-yillarda o‘quvchilarimiz nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida 30 ta medalni qo‘lga kiritgani misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin;
- Yoshlarni talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasb-hunarlarga o‘rgatish uchun o‘tgan o‘quv yilida 339 ta kasb-hunar maktabi, 194 ta kollej va 195 ta texnikum faoliyati yo‘lga qo‘yildi;
- Yurtimizda so‘nggi 5 yilda 64 ta yangi oliy ta’lim muassasasi tashkil etilib, ularning soni 141 taga yetkazildi. Qabul kvotasi 3 barobar oshirildi;
- Bitiruvchi yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 2016 yilgi 9 foizdan – 28 foizga yetkazildi. Yaqin kelgusida ushbu ko‘rsatkichni 50-60 foizga yetkazish mo‘ljallanmoqda;
- Mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash maqsadida davlat, jamiyat va shaxs xavfsizligini ta’minlash tizimi tubdan isloh qilinmoqda. Buning uchun eng quyi tizim – profilaktika inspektorlari tizimi zamonaviy tuzilma sifatida shakllantirildi. Ular endilikda mahalla idoralari bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib bormoqda;
- Bugungi kunda 2017-yilga nisbatan jinoyatlar soni 12 mingga kamaygani, joriy yilning olti oyi yakuniga ko‘ra, mavjud 9 ming 251 ta mahalladan qariyb 50 foizida bironta ham jinoyatga yo‘l qo‘yilmaganini alohida ta’kidlash lozim;
- O‘tgan qisqa davrda Vatanimizning mintaqa va jahon miqyosidagi siyosiy o‘rni va nufuzi keskin oshdi. Dunyoda O‘zbekistonga nisbatan ishonch ruhi va hamkorlikka intilish tamoyillari kuchaydi;
- Afg‘oniston bilan aloqalarimizda do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ichki ishlarga aralashmaslik tamoyillariga sodiq qolamiz;
- Bu galgi Prezident saylovlari ilk bor 2019-yilning 25-iyunida qabul qilingan Saylov kodeksi asosida bo‘lib o‘tadi, Saylovda dunyoning 50 ga yaqin mamlakati hamda o‘nlab xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etishi kutilmoqda;
- Keyingi yillarda milliy manfaatlarimizni ta’minlash, xalqimizni rozi qilish yo‘lida sidqidildan mehnat qilib, g‘oyat muhim natijalarni qo‘lga kiritmoqdamiz. Eng asosiy natija – boshlagan islohotlarimiz ortga qaytmaydigan muqarrar tus olganida, bugungi jamiyatimizning ma’naviy uyg‘onishida namoyon bo‘lmoqda;
- Ma’naviy uyg‘oq jamiyatni, o‘z oldiga ulkan vazifalar qo‘yib, kelajak sari ishonch bilan borayotgan xalqni hech kim o‘z yo‘lidan to‘xtata olmaydi. Bunday xalqni Yaratganimiz ham qo‘llab-quvvatlaydi, doimo yo‘lini ochib beradi.
Yüklə 18,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin