Braxmanlik veda dinlarining bir shahobchasidir. Vaqt
o’tishi
bilan
vedalardagi
qo’shiqlar
ommaga,
hatto
ruhoniylarga ham tushunarsiz
bo’lib qoldi. Bu qo’shiqlar hali
o’zgarishga uchramay, muqaddas til va muqaddas matnlar
paydo
bo’ldi. Nihoyat, bu tilni o’rganish uchun kishilar
alohida guruhlar tuzib, maxsus vaqt ajratdilar. Natijada
o’z
hayotlarini ibodat qilish, ilohiyot ilmini
o’rganish, murakkab
marosimlarni
o’tkazish
va
xalq
ruhoniy
hayotini
boshqarishga
bag’ishlagan braxmanlar kastasi (tabaqasi)
vujudga keldi. Dinga xos
bo’lgan xususiyatlardan biri –
ilohiy tilning
o’zgartirib bo’lmasligidir. Хuddi shu bir tilning
eskirib amaldan qolishi va faqat muqaddas tilga aylanib
qolishi braxmanizmning kelib chiqishiga sabab
bo’lgan
omillardan biridir.
Hinduizm juda murakkab dindir. U bir tomondan yirik ijtimoiy tashkilot, ikkinchi tomondan turli dinlar
qorishmasidir. Ijtimoiy tashkilot sifatida kastachilik asosiga qurilgan. Ma’lumki, mil. av. VI asrda
Hindistonda buddizm dini vujudga keldi. U braxmanizmdagi bir necha jihatlarni qabul qilgan bo’lsada,
kasta ta’limotini inkor etdi. O’sha davrda Hindistondagi kasta tuzumini saqlab qolishga, braxmanizm
dinini isloh qilib, qayta tiklashga harakat boshlandi. Bu harakat braxmanizm bilan buddizm o’rtasidagi
kurashni ifodalovchi hinduizm edi.
BRAXMANLIKDA TAN OLINGAN UCH
ASOSIY HUDO
BRAXMA
VISHNU
SHIVA
Hinduizm
asosan,
Hindistonda
tarqalgan
bo’lib,
mamlakat aholisining 83%,
ya’ni 650 mln. kishi shu dinga
e’tiqod qiladi. Hinduizm e’tiqod qiluvchilar soni jihatidan
jahonda uchinchi
o’rinda turadi. Barcha hinduistlarning soni
700 mln.ni tashkil etadi. Yirik jamoalar Bangladeshda (12
mln.), Indoneziyada (3,6 mln.), Shri Lankada (3 mln.),
Pokistonda (1,5 mln.), Malayziyada (1 mln.), AQShda (0,5
mln.), Butanda (0,3 mln.) mavjud. Hinduizm uni qabul
qilmoqchi
bo’lganlarga qo’yadigan birinchi va asosiy shart
Hindistondagi kasta tuzumini qabul qilishdir.
Diniy qorishma sifatida hinduizm oriylargacha
bo’lgan
dinlar, hind-skif jamoalarining ibtidoiy diniy tasavvurlarini va
qadimgi braxmanlarning buddizm bilan aralashgan qadimiy
urf-odatlarini
o’zida mujassam qilgan.
Hinduizmda trimurti (uchlik)
– Braxma, Vishnu, Shiva xudolari asosiy
xudolar sanalib, Braxma ularning eng kattasi
– dunyoni yaratgan xudo
hisoblanadi. Biroq, hinduizmda faqatgina Vishnu va Shivagagina
sig’inadilar. Shunga binoan, hinduizm ikki asosiy oqimga bo’linadi:
Shivaga sig’inuvchilar va Vishnuga sig’inuvchilar.
TRIMURTI (UCHLIK)
BRAXMA
VISHNU
SHIVA
HINDUIZMDAGI ASOSIY OQIMLAR
SHIVAGA
SIG’INUVCHILAR
VISHNUGA
SIG’INUVCHILAR
Shiva oddiy xalq ommasi
–
kambag’allarning ilohiyati hisoblanadi. U
Rigvedaning birinchi nusxalarida Rudra
nomi bilan zikr etilgan. Atxarvavedada
Rudraning roli oshib boradi.
Yajurvedada Rudra Agni timsolida
berilgan. U Ishana, Ishvara, Maxadeva
(buyuk xudo) nomlari bilan ham ataladi.
Hindistonda shivaizmning
o’n uchga yaqin asosiy oqimlari
mavjud. Shivachilar orasida asosiy oqim sifatida tridandinalar
(uch tayoqlilar) va smartlar ( smriti
Dostları ilə paylaş: |