Milliy iqtisodiyot - barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro va makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funktsional iqtisodiyotni, ko’plab infratuzilmalarni o’z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir. Milliy iqtisodiyot bu turli shakldagi xo’jaliklarning tarkib topgan tuzilishi bo’lib, uning asosida mehnat taqsimoti va uning rivojlanishi yotadi. Turli shakldagi xo’jalik shakllari milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini tavsiflab beradi.
Makroiqtisodiy jihatdan qaralganda milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi mamlakatda mavjud bo’lgan ishlab chiqarish resurslari; ularning ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ajralib chiqqan iqtisodiy sub‘ektlar o’rtasidagi taqsimoti hajmi; mazkur sub‘ektlar ishlab chiqarish hajmlari, milliy mahsultni ishlab chiqarish jarayonlarida shakllanuvchi tarkibiy qismlari o’rtasidagi munosabat sifatida namoyon bo’ladi. Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini chizma orqali tasvirlash mumkin:
↓ ↑
Iqtisodiy jihatdan nisbatan mustaqil birliklar
|
↓
↓ ↓ ↓
Korxonalar
|
|
Uy xo’jaliklari
|
|
Davlat (ko’plab xo’jalik yurituvchi birliklari bilan
|
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish hajmi va ularning o’sishi bir qator ko’rsatkichlar tizimi orqali, mikro va makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |