Uy xo’jaliklarning iste‘mol sarflari – bu kundalik ehtiyojdagi tovarlarga, xizmatlarga, uzxoq muddat foydalaniladigan iste‘mol buyumlariga va boshqalarga qilinadigan sarflardir. Investitsion sarflar – tadbirkorlik sektorining asosiy kapitalni yalpi jamg’arishga qilinadigan sarflardir. Investitsion sarflar asosan 3 ta qismdan iborat: a) tadbirkorlar tomonidan mashina, uskuna va stanoklarning barcha xaridi;
b) barcha qurilishlar;
v) zahiralarning o’zgarishi.
YaIM o’z ichiga yil davomidagi zag’iralar va ehtiyojlar barcha o’sishining bozor qiymatini oladi. Zahiralarning bu o’sishi YaIMga joriy ishlab chiqarish hajmi ko’rsatkichi sifatida qo’shiladi. Milliy hisoblar tizimida YaIMni hisoblashda yalpi, xususiy va ichki investitsiyalar tushunchasidan foydalaniladi. Xususiy va ichki investitsiyalar mos ravishda xususiy va milliy kompaniyalar amalga oshiradigan investitsion sarflarni bildiradi.
Yalpi investitsiyalar o’z ichiga joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste‘mol qilingan mashina, uskuna va qurilmalarning o’rnini qoplash uchun mo’ljallangan barcha investitsion tovarlar ishlab chiqarishni hamda iqtisodiyotda kapital qo’yilmalar hajmiga har qanday sof qo’shimchalarni oladi. Yalpi investitsiyalar ohiyatiga ko’ra iste‘mol qilingan asosiy kapitalni qoplash summasini va investitsiyalarning o’sgan qismidan iborat bo’ladi.
Davlat sarflari –bu mahsulotlarni va iqtisodiy resurslarni, xususan, ishchi kuchini sotib olishga davlatning (boshqaruvning quyi va mahalliy organlari bilan birga) qilgan barcha sarflarini o’z ichiga oladi.
CHet elliklarning milliy iqtisodiyot tovarlariga sarflari xuddi mamlakat ichidagi iste‘molchilik sarflari kabi milliy ishlab chiqarish darajasiga bog’liq. Shu sababli YaIMni sarflar bo’yicha hisoblashda tovar va xizmatlarga chet elliklarning sarflari, ya‘ni eksport qiymati ham qo’shiladi. Eksport va import miqdorlari o’rtasidagi farq tovar va xizmatlarning sof eksport deyiladi. Sof eksport ijobiy va salbiy bo’lishi mumkin. Agar eksport importdan ortiq bo’lsa ijobiy, import eksportdan rtiq bo’lsa salbiy bo’ladi. YaIM hajmi – kasaba uyushmalar, siyosiy partiyalar, diniy tashkilotlar va ijtimoiy tashkilotlarning sarflari va moddiy aylanma vositalari zaxirasidagi o’zgarishlarni qo’shib chiqish yo’li bilan aniqlanadi.