Moliyaviy ahvolni barqarorlashtirish, moliya va soliq siyosati; kredit-pul siyosati, narx-navo bo’yicha va pulning qadrsizlanishiga qarshi siyosat , ularni rivojlantirish va takomillashtirish kabi juda katta ishlar amalga oshirildi.
Respublikada jamiyatni isloh qilishning ikkinchi bosqichining vazifalari
Ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, korxonalar, tarmoqlarning ham umuman davlatning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligiga erishish;
Iqtisodiyot tarkibini tubdan o’zgartirish, xom ashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tish, uning sifatini va raqobatga bardoshligini jahon bozori talablari darajasiga yetkazish va hokazo.
O’zbekiston iqtisodiyoti uchun 1995 yil burilish yili bo’ldi. Yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning pasayishi deyarli to’xtatildi. Bir yildi u atiga 0,9 foizga teng bo’ldi va 1996 yildan boshlab hozirgacha yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning barqaror ijobiy dinamikasi davom etmoqda: 1996 yilda uning o’sishi 1,7 foizni, 1997 yilda 5,5 foizni tashkil etdi. Binobarin mamlakatimiz 1998 yil natijalari bo’yicha yalpi ichki mahsulot xajmining 1990 yil darajasiga erishishda hal qiluvchi qadam tashladi. Sanoat ishlab chiqarish xajmi bo’yicha bu darajaga
3 И.А.Каримов «Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида» Т. Ўзбекистон, 2009 йил, 179- бет.
mamlakatimiz 1995 yilda to’la erishgan edi. 2012 yilda mamlakatimiz YaIM 8,2 % ga oshdi.
SHunday qilib hali o’tish davrining o’zidayoq O’zbekistonda ko’p ukladli, aralash, ko’p tarmoqli, tashqi beqarorlashtiruvchi omillardan holi milliy iqtisodiyotining shakllanashi asosan tugallandi4.