Mavzu: Milliy o’yg’onish davri bolalar adabiyotida ma’rifatparvarlik


Hamza darsliklarida axloqiy tarbiya mavzusi



Yüklə 20,9 Kb.
səhifə4/4
tarix03.03.2023
ölçüsü20,9 Kb.
#86489
1   2   3   4
1-Ma`ruza

Hamza darsliklarida axloqiy tarbiya mavzusi. Hamza yetim va kambag’al bolalar uchun «Doril yetim”(“Yetimlar maktabi”) ni ochadi va o’qituvchilik qiladi. Hamza birinchi sinf o’quvchilari uchun «Yengil adabiyot”, 2-sinf uchun “Axloq hikoyalari” o’qish kitoblarini tuzadi. 1919-yil boshlarida Hamza Qo’qondagi 1-boqimsiz bolalar uyiga mudir qilib tayinlanadi. Bu yerda u uch sinfli maktab ochib, o’zi o’qituvchilik qiladi.1922-1924-yillarda shoir Qoraqalpog’istonning Xujayli tumanidagi 1-bolalar uyi mudiri va o’qituvchisi bo’lib ishlaydi. 1925-yilda yesa u Farg’onaning Avval qishlog’ida o’qituvchi qilib tayinlanadi va g’oyat og’ir sharoitda ishlaydi. Shoir 1928-1929-yillarda Shohimardonga borib o’qituvchilik qiladi. Hamza xalqni o’qitish, savodxon qilish uchun tinimsiz intiladi va kurashadi.Maktablar uchun darslik vaqo’llanmalar yozishni o’ziga maqsad qilib lgan bolalarning chin do’sti Hamza bu yo’lda ancha ishlarni amalga oshiradi.Hamza yozgan darsliklar uning o’sha davrdagi dunyoqarashi, badiiy ijodi, bolalar adabiyotini tushunishi haqida ko’pgina ma‘lumot beradi. Bu g’oya “Yengil adabiyot”da o’z aksini topgan. “To’g’ri so’zla” she‘rida har qanday holatda ham to’g’ri so’z bo’l, deb o’z o’quvchisini, yosh kitobxonni to’g’ri so’z bo’lisha undaydi:
To’g’ri so’zla yey o’g’il,
Til bilmag’il yolg’onga hech.
Bir masal bor:tug’ri so’zlar
Boshini kechmas qilich
Hamzaning “Yengil adabiyot”ga kiritgan she‘rlaridagi bosh qahramonlarning belgili xususiyatlaridan biri – to’g’ri so’zlik. Shoir bolalarni to’g’ri va rostgo’y bo’lishga, zararli va foydasiz ishlardan qochib ijobiy ishlar bilan shug’ullanishga, kishilarning yaxshi sifatlaridan ibrat olishga chaqiradi.”To’g’ri so’z bola”da bu fikr yanada jonli chiqqanini ko’ramiz. Hamza bu she‘rida barcha narsa pul va boylik bilan o’lchangan jamiyatda hamma narsadan ko’ra haqiqatni ustun qo’ygan ijobiy qahramon-bola obrazini yaratadi. Bir bola o’qishdan qaytayotganida ikki kishi uning oldini to’sib, biri dedi: «Tanga berurman senga, so’zla bir ozgina yolg’on manga”. Shunda bola unga juda donolik bilan javob beradi:
So’zlang, aka, qomatingizga qarab,
Bu so’zingiz aslida yolg’on yerur.
Tangaga yolg’onni kim olgan yerur.
Sizda ko’p yerkan o’zi yolg’on aka,
Siz ani avval sotib aylang ado.
Qolsa kamib, yetmay agar sizdan,
O’rtog’ingizga kup yerur bizdanam
Ofarin aytdilar uning so’ziga
Tangani xolis berubon o’ziga.
Xissa : kimki to’g’ri so’zni har qachon,
Teguzadur doimiy bo’yla hison.
Hamza bu she‘rida bolalarni yoshligidanoq rostgo’ylik ruhida tarbiyalash lozimligini uqtiradi,ularni yolg’onchilik va aldamchilikdan uzoqroq yurishga chaqiradi. Shu kitobda «Qimorning boshi” degan bir she‘r bor. Bu asarda Hoshimjon degan bolaning ayanchli qismatidan to’g’ri xulosa chiqariga chaqiradi. Hoshimning “To’ptosh”, “Juftmi-toq” degan o’yinlarni o’ynashdan asta-sekin qimor o’ynashga o’rganganini, bora-bora qimorga mukkasidan ketib, oxirida bor-yo’g’ini qimorga boy berganini, nihoyat uning go’lohlikka tushib, xorlikda o’lib ketganini ifoa yetadi.
“O’qish kitobi” Hamzaning ikkinchi darsligidir. Unda to’qqizta dars bo’lib, ularning har biri axloqiy masalaga bag’ishlangan. Shuningdek,bir necha she‘rlar o’qi, ilm, maktab hamda kitbning ta‘rifiga bag’ishlangan. Jumladan, «O’qi” she‘rida shoir o’qish natijasida kambag’al-bechoralarning asoratdan qutilib, madaniyat va san‘atdan bahramand bo’lishi turgan gap, deb uqtiradi.O’qishning qadrini muallif o’qituvchi – ustozlar tilidan shunday ta‘riflaydi:
Gar dilingda o’ylagan orzuga yetmq istasang,
Qimmat umring qilmag’il behudaga bekor, o’qi!...
Ey o’g’il! Dunyoda bo’lmoq istasang olijanob,
O’qig’il maktab kelib, zinhor o’qi, ming bor o’qi!
U «Maktab”she‘rida “O’qub ilmu adab bo’lg’ay garang xushyor maktabdin” deb “Insonni inson qatoriga qo’shish”, insonni kamolotga yetkazish va uni olijanob, fazilatli kishi qilib yetishtirishda maktabning roli katta ekanligini ko’rsatadi. Shoir maktab tarbiyasining ahamiyatini yuksak baholaydi, uni sirlarning xazinasi, odamni odam qiladigan joy deb ko’rsatadi.
“Ilm ista” she‘rida yoshlarga murojaat qilib kishining ko’zlagan murod-maqsadlariga yerishishida ilm olishning ahamiyati katta ekanligini aytadi, yoshlarni ilm olishga , dunyo sirlarini o’rganishga da‘vat qiladi. U ilmli kishi bilan ilmsiz kishini bir-biriga solishtirib ilmli kishini porloq oftobga, ilmsiz kishini qorong’u kechaga uxshatadi:
...Har murodu maqsadingga yetmoq istarsan murod,
Ko’z ochib bedor bo’l:darkor ilm,darkor ilm!
Ul haqiqat oyiniga sayqal istarsan Nihon,
Ilm ista,ilm ista,istag’il zinhor ilm!

Hamza 1925-yilda “Ikkinchi sinf uchun qiroat kitobi” darsligini yozdi. Bu kitob g’oyaviy mavzui jihatidan A.Navoiyning “Hayratul-abror” asariga yaqin turadi. Kitob bolalar ruhiga mos qilib, nasriy yo’l bilan yozilgan. Undagi birinchi asar – “Ilm” da ma‘rifatlilik, ilmli bo’lish shunday sharhlanadi: “Ey bolalar, har bir inson bolasiga dunyoda yeng avval zarur va lozim bo’lgan narsa olamda ilmlik o’lmoqdir. Ilmsiz kishini butun inson demak ayni xatdir...”. Kitobdagi barcha darslar anna shunday tafsilot bilan boshlanadi, so’ng bir bayt she‘r keltiriladi:


Ilmsiz har kishi uchsa havoga
Ko’ngil berma aningdek xudnamoga.
Shoir “Milliy ashulalar”, “Oq gul”, “Qizil gul”, “Yashil gul” va boshqa to’plamlaridagi qo’shiqlari bilan xalq ommasini madaniyatli bo’lishga undaydi, zulmdan shikoyat qiladi, ijtimoiy faollikka chaqiradi.
Mashhur tarbiyachi, atoqli shoir, dramaturg va bastakor Hamza Hakimzoda Niyoziy mehnatkash xalqni, shuningdek, yosh avlodni o’qitish,ma‘rifatli qilish, tarbiyalash ishiga o’zining butun iqtidorini, umrini bag’ishladi.
Savollar:
1.Avloniy asarlarida ilm- ma’rifat talqini.
2.Avloniy – darsliklar muallifi.
3. Hamzaning “Yengil adabiyot”ga kiritgan she‘rlari haqida.
Adabiyotlar.
1.Avloniy Abdulla .Tanlangan asarlar.2 jildlik,1- jild. She‘rlar, ibratlar.T, 1997
2. Avloniy Abdulla.Guliston yoxud axloq.T.1967
3. Avloniy Abdulla. Toshkent tongi. T.1970.
4.Avloniy Abdulla. Turkiy guliston yoxud axloq. Fan va turmush.1984 №11
Yüklə 20,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin