Mavzu: Milliy o’yg’onish davri bolalar adabiyotida ma’rifatparvarlik



Yüklə 20,9 Kb.
səhifə3/4
tarix03.03.2023
ölçüsü20,9 Kb.
#86489
1   2   3   4
1-Ma`ruza

Hamzaning pedagoglik mahorati. Hamza Hakimzoda Niyoziy o’zbek madaniyatining yeng yirik namoyadalaridan biri. U ma‘rifatparvar shoir, o’qituvchi, jamoat arbobi, kompozitor, rejissyor, jurnalist sifatida ma‘lumdir. O’zbek teatr san‘atini rivojida muhim hissa qo’shgan buyuk dramaturg hamdir. Hamza 1989-yil 6-martda Qo’qon shahrida tabib oilasida dunyoga keladi. Hamza o’zining o’qishga bo’lgan zo’r ishtiyoqi tufayli 12 yoshidayoq to’la xat savodli bo’lib yetishadi. 1906 yilda madrasaga kirib o’qiy boshlaydi.Biroq madrasa ta‘limi Hamzani qanoatlantirmaydi. Shunga ko’ra, u Lutfiy, Navoiy, Gulxaniy, Muqimiy, Furqat asarlarini mustaqil suratda mutoala qiladi, o’rganadi.
Hamza 1911-yili Qo’qonning Hojibek guzarida maktab ochib, yetim va kambag’al bolalarni o’qitadi, o’quvchilar uchun “Yengil adabiyot”, “O’qish kitobi” o’quv qo’llanmalarini yaratadi. Hamzaning ijodi va o’qituvchilik faoliyati o’sha vaqtdagi hukumat amaldorlarini tashvishga soladi. Ular Hamza maktabini «Xavfli, bolalarni buzuvchi, din va ma‘rifatdan ozdiruvchi maktab” deb qoralab yoptirib, o’zini ta‘qib yeta boshlaydilar.
Hamza 1913-yil fevralda chet yelga ketib, Afg’oniston , Hindiston, Makka, Madina, Shom (Suriya), Bayrut, Istambul, Odessa shaharlarida bo’ladi va 1914-yil boshlarida Qo’qonga qaytadi. 1915-yilda Shohimardonda maktab ochadi, muallimlar tayyorlaydigan kurs tashkil yetadi, bu o’quv muassasasi chinakam xalq maktablarining dastlabki namunasi yedi. Hamza bu maktabda yoshlarga dunyoviy fanlarni o’qitadi, aqliy, axloqiy tarbiyaga alohida ahamiyat beradi. Hamza Hakimzoda 1915-1916-yillarda yaratgan “Oq gul”, “Qizil gul”, “Pushti gul”, “Sariq gul” kabi ashulalar to’plamlarida, “Milliy roman yoxud yangi saodat” qissasi, “Zaharli hayot” kabi drama asarlarida mehnatkash xalqni o’qishga, ilm o’rganishga davat yetadi:
Kim bilurdi odamu olam nadur, hayvon nechuk?
Bo’lmas yerdi agar insonda bu asor ilm.
Qaysi bir mavjuda boqsang bilmoqqa kayfiyatini,
Lozim o’lg’ay topmoqqa avval o’qib axbor ilm.
Hamza “Sadoi Turkiston”gazetasida bosilgan bir she‘rida “bir iloj qilib kambag’al bolalarni aqchasiz... tarbiya va o’quvga boshlarini band qilmoq...”choralarini izlaydi, she‘r va maqollarida bolalarni o’qishga chaqiradi. Bu g’oyani Hamza “O’qi” she‘rida bayon yetadi:
Ko’zimizga ko’rinib turgan hamma asboblar
Hech biri bo’lmas yedi, gar bo’lmasa, zinhor o’quv.
Yer yuzida ko’milib yotgan hama oltin, kumush
Yuzag’a chiqdi barii, bis anga axbor, o’quv...



Yüklə 20,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin