Mavzu: Milliy tarbiyaning tarixiy ildizlari. Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati Reja



Yüklə 24,48 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü24,48 Kb.
#200285
TIM 2-kurs sirtqi 2-Ma\'ruza


Mavzu: Milliy tarbiyaning tarixiy ildizlari.Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati


Reja:
1. Milliy tarbiyaning tarixiy ildizlari
2. Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati
3. Milliy tarbiyaning milliy madaniyatni shakllantirishdagi o’rni.

1. Milliy tarbiyaning tarixiy ildizlari.
Donishmandlarning pand-nasihatlari umrboqiy ma’naviy boylik hisoblanadi. Chunki ular hayotdan, hayot tajribalaridan kelib chiqqan va ezgu orzu niyatni ifodalaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, eng qadimgi tarbiya haqidagi fikrlar bizgacha bevosita yetib kelmagan. Bu fikrlar insonning shakllanishida moddiy va ma’naviy madaniyatning yillar davomida rivojlanishi natijasidan dalolat beradi. Shuning uchun ham har bir davrda yashab ijod etgan mutafakkir allomalarimiz „tarbiya“ so‘zini turlicha izohlaganlar. Tarbiya — arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, parvarish qilmoq, ta’lim bermoq, o‘rganish, odob o‘rgatish, mehribonlik ko‘rsatish, himoya qilish singari ma’nolarni anglatadi. Bu o‘rinda tarbiyaviy manba sifatida Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo‘lmish „Avesto“ katta ahamiyatga ega. „Avesto“da insonning barkamol bo‘lib yetishishida uning so‘zi, fikri, ishi birligiga katta e’tibor berilgan. Bu axloqiy uchlik eng qadimgi davrlardan boshlab, undan keyin yaratilgan barcha ma’rifiy asarlarga asos bo‘lgan, desak, xato qilmagan bo‘lamiz. Mana shunga asosan, „Avesto“ning eng asosiy manbasi bo‘lgan Zardushtiylik to‘g‘risida so‘z borganda u to‘g‘rilik bilan yashash va axloqiy unsurlarga asoslanganligini ta’kidlash lozim. Ayniqsa, „Avesto“da inson tarbiyasiga, insonlarning jamiyatda tutgan o‘rniga munosabati to‘liq yoritilgan. Zardusht ta’limotida tarbiya haqida quyidagicha fikr bildirilgan. „Tarbiya — hayotning eng muhim tirgagi (tayanchi) bo‘lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u, avvalo, yaxshi o‘qishni va so‘ngra esa yozishni o‘rganishi bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin va yana yaxshi ovqat- 14 lanadigan xalqdan yaxshi nasl — sog‘lom avlod qoladi“, deb ta’kidlanadi. Tarbiya ijtimoiy hodisa. Tarbiya kishilik jamiyatining paydo bo‘lishi bilan vujudga keldi, taraqqiy etdi, jamiyatning o‘zgarishi bilan tarbiya ham o‘zgarib bordi. Tarbiya xulqni boshqarish va belgilash, bir-birini talab etadigan va belgilaydigan tarkibiy qismlar — axloqiy ong, axloqiy faoliyat va axloqiy munosabatlarning murakkab yig‘indisidir. Tarbiya shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchilarning shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya — o‘sib kelayotgan avlodda hosil qilingan bilimlar asosida aqliy kamolot — dunyoqarashni, insoniy e’tiqod, burch va mas’uliyatni, jamiyatimiz kishilariga xos bo‘lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni ifodalaydi.
Tarbiya deb tarbiyachi o‘zi xohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirishi uchun ularning ruhiyatiga ma’lum maqsadga ko‘ra tizimli ta’sir ko‘rsatishiga aytiladi. Tarbiya bola tug‘ilganidan umrining oxirigacha davom etadigan jarayondir. Tarbiya — biror maqsadga qaratilgan jarayon, u doimo muayyan rejaga ega bo‘ladi va buning uchun maxsus vakolati mavjud bo‘lgan kishilar tomonidan amalga oshiriladi. Hamma davrlarda ham tarbiyachilar yoshlarning axloqi va odobi, iymoni va vijdoni, bilimi, malakasi, xatti-harakati, yo‘nalishi, tarixiy tajribasi, davr talablari va ehtiyojlari, istiqlol vazifalari bilan uyg‘unlashtirib shakllantirishga, rivojlantirishga harakat qilganlar. O‘z oldiga inson kuchi, bilimi va irodasi bilan bajarilishi mumkin bo‘lgan muayyan maqsadlarni qo‘ygan davlatlar ham ta’limtarbiya ishlariga befarq qaramagan. O‘rta Osiyo mutafakkirlarining tarbiya haqidagi fikrlari, o‘gitlari shunday kuchga egaki, ular yoshlar qalbida insoniylik urug‘larining unishiga, katta hayot yo‘liga olib chiqishiga yordam beradi. Shu bois biz uchun qadrli bo‘lgan allomalarimizdan Bahovuddin Naqshband, Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Devoniy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Asqar Zunnunov va boshqalarning ta’lim-tarbiya va ma’rifat haqidagi g‘oyalaridan keng foy- 15 dalanish bugungi kun talabiga javob bera oladigan yoshlarni tarbiyalashda muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Bahovuddin Naqshbandning ta’lim-tarbiya haqidagi fikrmulohazalari va pand-u nasihatlari g‘oyat qimmatlidir. U barkamol insonni tarbiyalash dastlab odobdan boshlanishini ta’kidlab, shunday degan edi: „Adab xulqni chiroyli qilish, so‘z va fe’lni soz qilishdir... Adab saqlash — muhabbat samarasi, yana muhabbat daraxtining urug‘i hamdir. Agar adabdan ozgina nuqsonga yo‘l qo‘ysangiz ham, nimaiki qilsang, beadablik ko‘rinadi. Odam o‘zini bir xil sifat va ko‘rinishda olib yurishi lozimki, toki odamlarda unga tasarruf (ta’sir qilish) ta’masi paydo bo‘lmasin“. Abu Nasr Forobiy birinchi bo‘lib ta’lim va tarbiyaga ta’rif bergan olimdir. „Ta’lim so‘z va o‘rganish bilangina amalga oshiriladi. Tarbiya esa, amaliyot, ish-tajriba bilan, ya’ni shu yo‘l orqali amalga oshiriladi“, deydi u. Abu Nasr Forobiyning fikricha, har bir shaxs munosib odam bo‘lishi uchun unga ta’lim va tarbiya zarurdir. U ta’lim orqali nazariy kamolotga erishadi. Tarbiya orqali esa kishilar bilan muloqotni, axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni o‘rganadi. Forobiy bolalarning fe’l-atvoriga qarab tarbiya jarayonida „qattiq“ yoki „yumshoq“ usullardan foydalanish kerak, deb hisoblaydi: 1. Tarbiyalanuvchilar o‘qish-o‘rganishga moyil bo‘lsa, ta’lim-tarbiya jarayonida yumshoq usul qo‘llanadi. 2. Tarbiyalanuvchilar o‘zboshimcha, itoatsiz bo‘lsa, qattiq usul qo‘llanilishi lozim, degan fikrni bildiradi. Yusuf Xos Hojib tarbiyani juda murakkab jarayon deb tushunadi. U tarbiya kishini ezgulikka o‘rgatmog‘i kerak. Ezguning har ishi chiroyli, har bir qadami go‘zal. Ezgulik aslo qarimaydi. Tarbiya beldan madorni, tandan quvvatni, ko‘zdan nurni, dildan oromni talab qiladi, degan fikrni bildiradi. Kaykovus bola tarbiyasida talabchanlik bilan mehribonlikni birga olib borishni ta’kidlaydi: „Yosh bola ilm bilan adabni tayoq bilan o‘rganur, o‘z ixtiyori bilan o‘rganmas. Ammo farzand beadab bo‘lsa va sening ul sababdan qahring kelsa, o‘z qo‘ling bilan urmagil, muallimlarning tayog‘i bilan qo‘rqitgil. Bolalarga 16 muallimlar adab bersinlar, toki sendan o‘g‘lingning ko‘nglida gina qolmasin“. Abu Rayxon Beruniy inson va axloqiy tarbiya haqida fikr yuritar ekan, „Insonga yer yuzini obod etishi va uni boshqarib turishi uchun aql-zakovat ato etilgan, Shuning uchun har bir inson yuksak axloqli bo‘lishi lozim“, deydi. Abu Ali ibn Sino bola tarbiyasi haqida fikr bildirar ekan, bola tarbiyasini unga ism qo‘yishdan boshlashni lozim deb topadi. „Bolaga munosib ism tanlash ota-onaning dastlabki oliyjanob vazifasi, bola tarbiyasi bilan avvalo ota-ona shug‘ullanishi kerak“, deydi. Umar Xayyomning ta’kidlashicha, tarbiyaning maqsadi „sog‘lom fikr, ziyrak aql va o‘tkir zehnga ega bo‘lgan insonni shakllantirishdan iborat bo‘lmog‘i kerak“. Faqat chuqur zehngina barkamol xalqni qondira oladigan ilhomga erishishi va uning yordami bilan yuksak aql-idrok, farog‘atni hosil qilish mumkin, lekin shuning o‘zi kifoya qilmaydi, inson yuksak axloqqa ega bo‘lishi, yaqinlarini sevishi lozim. Alisher Navoiy bola tarbiyasi bilan oila hamda maktabda shug‘ullanish, shuningdek, bola tarbiyasini olib borish jarayonida namuna uslubidan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligiga alohida urg‘u beradi. Tarbiya va ta’lim ishlari o‘qituvchi hamda ota-onalar tomonidan olib borilishi lozim. Mutafakkir bolalar bilan munosabatda bo‘lish chog‘ida ular tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni bartaraf etishda ularga jismoniy jazo berishdan saqlanish, aksincha, hushmuomalalik bilan yo‘l qo‘yilgan xatolarning mohiyatini ularga tushuntirish zarurligini, biroq bu o‘rinda ma’lum me’yorga amal qilish zarurligini aytadi. Alisher Navoiy o‘qituvchining, ayniqsa, talabchan bo‘lishi bolalarning puxta bilim olishlari va ularda axloqiy sifatlarning shakllanishida muhim ahamiyatga ega, deb hisoblaydi. Alloma ma’lum fan asoslari yoki muayyan kasb-hunar sirlarini o‘rganishga layoqatli, iste’dodli bolalarni tarbiyalashga alohida ahamiyat berish jamiyat uchun katta foyda keltiradi, qobiliyatsizni tarbiyalashga urinish befoydadir, degan xulosaga keladi va bu o‘rinda quyidagilarni bayon etadi: „Qobiliyatlini tarbiya qilmaslik zulmdir, qo- 17 biliyatsizga tarbiya — xayf. Qobiliyatlini tarbiya qilmaslik bilan uni nobud qilma“,1 degan fikrni bildiradi. Abdurahmon Jomiy, avvalo, tarbiya haqida fikr yuritar ekan, har bir narsani ham parvarish etsa, undan yaxshi natija chiqishini, insonni ham yaxshi tarbiya etsa, u barkamol bo‘lishini alohida ta’kidlaydi. Jaloliddin Devoniy „Bolaning tarbiya olishi, odob-axloqli bo‘lishi uning keyingi tarbiyasiga bog‘liq. Chunki hayotda har kuni bola ko‘radigan, muloqotda bo‘ladigan narsalar uning xulqiga yaxshi va yomon tomondan ta’sir etadi. Bolada har kuni insoniy xislatlar: yurish-turish qoidalari, xushmuomalalik, otaona va boshqa katta yoshlilarni hurmat qilish, to‘g‘rilik va rostgo‘ylikni o‘rganish, shirinsuxanlik, kamtarlik, so‘zlashuv odobiga rioya qilish kundalik turmushda o‘rganiladi“, deydi. Mahmudxo‘ja Behbudiy ta’lim-tarbiya ishini ijtimoiy hayot, jahon miqyosida sodir bo‘layotgan voqealar bilan bog‘liq holda olib borishni talab etadi. U yoshlar tarbiyasida, oila, ota-onalar alohida mavqega ega ekanini, maktab tarbiyasi bilan oila tarbiyasi uzviy birlikda olib borilishi kerakligini ta’kidlaydi. Munavvarqori bolalar tarbiyasida faqat ota-onalar emas, balki muallim va keng jamoa javobgar ekanligini aytib, ulardan bolalarni axloqli qilib tarbiyalashni talab etadi. U yoshlarni bilimlarni puxta egallashga, mehnat qilishga, umuminsoniy qadriyatlarga sadoqatli bo‘lishga chorlaydi, ota-onalarni farzandlarida ma’naviyat, nafosat, go‘zallik tuyg‘ularini rivojlantirishga da’vat qiladi. Munavvarqorining fikricha, yosh avlodni tarbiyalash bilangina millatni uyg‘otish, Vatanni ozod qilish, xalq ma’naviyatini yuksaltirish, turmushni farovonlashtirish mumkin. Adib yoshligidan bolalarda mehnatga qiziqish, g‘ayrat, jasorat fazilatlarini tarbiyalashni tavsiya etadi. Abdulla Avloniyning fikricha, axloq bu xulqlar majmuyidir. Xulq esa, kishida o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Ularning shakllanishi uchun ma’lum bir sharoit, tarbiya kerak. Kishilar tug‘ilishida yomon bo‘lib tug‘ilmaydilar, ularni muayyan sharoit yo1 Yuqorida nomi qayd etilgan asar, 17- bet. 18 mon qiladi. Avloniyning ta’kidlashicha, axloq tarbiyasi xususiy ish emas. Bu tarbiya ijtimoiy ishdir. Har bir xalqning taraqqiy qilishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Hamza Hakimzoda fikricha, maktab bolalarni ilmli, odobli qilib tarbiyalashi va hunarga o‘rgatishi kerak, maktabda dunyoviy fanlar o‘qitilishi lozim. Aqliy tarbiyada bolalar tabiat va jamiyat qonun-qoidalarini, tabiat hodisalarini, ularning o‘zaro bog‘liqligini bilishlari kerak. Shundagina bolalar jamiyat va xalq farovonligi uchun xizmat qiladigan bo‘lib yetishadilar. Zero, insonparvar odamgina kishilarni, ota-onani qadrlaydi, insoniy huquqlarni himoya qiladi, ularga hurmat-ehtiromda bo‘ladi. Uning uqtirishicha, axloqiy tarbiyada bolalarda insonparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish, bolalarni barkamol inson, go‘zal axloqli bo‘lib yetishishi uchun oilada sog‘lom muhit, tarbiya to‘g‘ri yo‘lga qo‘- yilgan bo‘lishi kerak. Asqar Zunnunovning fikricha, tarbiyada bilim va tajribaga ega bo‘lgan, milliy qadriyatlardan xabardor o‘qituvchi bolalarni bilimli, go‘zal xulqli qilib yetishtirishi shubhasizdir. Ammo ularning bolalarga beradigan tarbiyasi tarbiyaning asosiy zamini bo‘lgan oila, tarbiya ilmidan xabardor ota-ona, ayniqsa, iffat, sharm-hayo, or-nomus, sabr durdonalaridan ziynatlangan, baxt-saodat mujassam bo‘lgan ona tarbiyasi darajasida bo‘lmaydi. Shu o‘rinda yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, „Farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak“. Bu esa ta’lim va tarbiya ishini uyg‘un holda olib borishni talab etadi. Jamiyatimiz komil insonni tarbiyalashda, uning ma’naviyatini shakllantirishda eng asosiy o‘rinni egallaydi. Komil inson tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor sohasi hisoblanadi. Komil inson deganda biz, avvalo, yuksak ongli, mustaqil fikrlaydigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli kshilarni tushunamiz. Tarbiya — vijdon ishi; ta’lim esa fanning vazifasi. Keyinchalik, inson voyaga yetgach, bilimning bu ikki turi biri-birini to‘ldiradi. 19 Tarbiyaga jamiyat a’zolari o‘rtasida qaror topgan munosabatlarni saqlab turish uchun juda zarur bo‘lgan bilimlarni uzluksiz egallash, deb qarash mumkin. Tarbiya ishida har bir kishining individual qobiliyatini rivojlantirish haqida g‘amxo‘rlik qilish bilan, ayni chog‘da, ularda atrofdagilarga nisbatan mas’- uliyat hissini tarbiyalashga ham e’tibor bermoq zarur. Davlatning gullab-yashnashi, xalqning farog‘ati oliyjanob xulq-odobga bog‘liq, oliyjanob xulq-odob esa tarbiya tufaylidir. Tarbiya, asosan, bizning dilimizga jamiyat uchun foydali bo‘lgan fazilat urug‘larini sochmog‘i lozim. Tarbiya faqat inson zehnini o‘stirish va unga ma’lum hajmdagi bilimni singdirishgina emas, balki u insonda mehnatga tom ma’nodagi chanqoqlik hissini uyg‘otmog‘i lozim, busiz odam hayotda na e’tiborli va na baxtiyor bo‘la oladi. Tarbiya, bu nisbatan keksaroq avlodning o‘z tajribasi, o‘z ehtirosi, o‘z e’tiqodini yosh avlodga topshirishi demakdir. Tarbiyaning bosh vazifasi odamni yaxshi qadam bosishga majbur etishgina emas, balki bu yaxshi ishlardan huzurlanishga ham o‘rgatishdir; faqat ishlabgina qolmay, ishni sevish ham kerak. Tarbiya bizni yo‘ldan ozdirmay turishining o‘zi kifoya emas, u tobora bizni yaxshilab bormog‘i lozim. Nazarimizda bolalarning a’zoyi badani va ruhiyatini tabiat qanday yaratgan bo‘lsa, shundayligicha qoldiraverishdan qoniqmaymiz, biz ularning tarbiyasi va o‘qishi haqida g‘amxo‘rlik qilamiz, toki yaxshi yanada yaxshilanishi, yomon esa o‘zgarib, yaxshi bo‘lishi kerak. Tarbiya odamda mehnatga ko‘nikma va mehrni kuchaytirmog‘i lozim, u insonga hayotda o‘ziga loyiq ish topa bilish imkoniyatini bermog‘i zarur. Tarbiya qiyin ish va tarbiya shart-sharoitlarini yaxshilash har qanday kishining ham muqaddas burchlaridan biridir. Zero, o‘zini va tevarak-atrofdagilarni ma’lumotli qilishdan ham ko‘ra muhimroq ish yo‘q. Har bir mamlakatda insonni voyaga yetkazish san’ati idora etish uslubi bilan shu qadar chambarchas bog‘lanib ketganki, ijtimoiy tarbiyaga doir u yoki bu muhim o‘zgarishni davlat tuzumining o‘ziga o‘zgartirish kiritmasdan turib amalga oshirish mumkin emas. Chinakam tarbiya yuksak ezgulikdir, aks holda, u hech nimaga yaramaydi. Barcha kashfiyotlar ichida eng go‘zali yaxshi tarbiya olgan insondir. Tarbiya 20 ikki negizga — axloq va oqillikka tayanmog‘i lozim; birinchisi yaxshi fazilatni o‘stirsa, ikkinchisi o‘zgalar illatidan himoya qiladi. Biz tarbiyalayotgan insonda axloqiy soflik, ma’naviy boylik, jismoniy barkamollik uyg‘unlashib ketmog‘i lozim.
Yüklə 24,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin