Minerallarning qattiqligi – deb, shu mineralning biron tashqi mexanik ta’sirga, jumladan tirnalishga qarshilik ko’rsatish qobilyati darajasiga aytiladi. Minerallarni aniqlashda oson usullardan biri bo`lib, muhim diagnostik belgi. Qattiqlikni aniqlashda nemis olimi F. Moosning nisbiy qattiqlik shkalasidan (1811 yilda yaratilgan) foydalaniladi. (4-jadval). Bu shkala 1O ta mineraldan iborat bo`lib, ularning qattiqligi biridan ikkinchisiga tomon ortib boradi. Shunga ko`ra, har bir oldingi mineralni keyingi mineral chiza oladi (iz qoldiradi). Ayrim hollarda asboblar bo`lmaganida, minerallarning qattiqligini qo`l ostidagi mavjud narsalar yordamida ham aniqlash mumkin. Buning uchun biz yumshoq qalamning qattiqligi 1, tirnoqniki 2-2,5, mis tanganiki 3, mixniki (temirdan qilingan) 4-4,5, uchli pichoq yoki shisha sinig`iniki 5-6, po`lat egovning qattiqligi 5,5-7 ga tengligini bilishimiz kifoya.
Solishtirma og`irlik minerallarni aniqlashda ahamiyati katta. Solishtirma og`irlik minerallarda sezilarli ravishda o`zgaruvchan bo`lib, O,5 dan 21 gacha bo`ladi.
Minerallarning solishtirma og`irligi yig`indisidan tog` jinsining zichligi kelib chiqadi. Minerallarning solishtirma og`irliklari ularning kimyoviy tarkibiga, chunonchi, ion va atomlarining og`irligiga va tabiiy ichki tuzilishlariga (strukturasi) bog`liq.
Bir xil kimyoviy tarkibdagi minerallarning solishtirma og`irligiga (zichligiga) atomlar orasidagi masofa, koordinatsion son, kimyoviy bog`lanish turi ta`sir etadi, boshqa teng sharoitlarda esa atomlar yoki molekulalar guruhining har xil polimorf modifikatsiyada o`zaro joylashishiga bog`liq.
Minerallarning kimyoviy tarkibiga ko`ra solishtirma og`irligi har xil bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |