Mavzu: Mol-mulk sug’urtasi. Reja: Fuqarolar mulkini sug’urtaviy ximoyalash asoslari. Xuquqiy shaxslar mulkini sug’urtalash


Zararni va sug’urta qoplamasini aniqlash tartibi



Yüklə 50 Kb.
səhifə3/4
tarix25.05.2022
ölçüsü50 Kb.
#59448
1   2   3   4
11.-Mavzu

3. Zararni va sug’urta qoplamasini aniqlash tartibi. Sug’urta kompaniyasi sug’urta qildiruvchidan mulkning nobud bo’lganligi, yuqolganligi yoki shikastlanganligi xaqida xabar olgach, uch kundan kechiktirmay qabul qilingan shakl bo’yicha sug’urta dalolatnomasini tuzishga kirishishni va o’n kun ichida zararni xisoblab chiqishi lozim. Sug’urta qoplamalari korxonaga sug’urta kompaniyasi va sug’urta qildiruvchi vaqillarining majburiy ishtirokida tuzilgan dalolatnoma va zarar miqdorining sug’urta kompaniyasi tomonidan bajarilgan xisob-kitobi asosida to’lanadi. YOng’inni to’xtatish chogidagi choralar yoki kutilmaganda tabiiy ofat xavfi bo’lishi munosabati bilan binolar va boshqa mulklarni qismlarga ajratishga, bino xamda inshootlarni qayta tiklash uchun qilingan sarflar xam zarar miqdoriga qo’shiladi. Sug’urta qoplamasining to’lanishi sug’urta kompaniyasining aybi bilan kechiktirilsa, kechiktirilgan xar bir kun uchun zarar qoplamasining 0,05 foizi miqdorida jarima to’lanadi. Agar mulk jinoyat oqibatida nobud bo’lgan yoki shikastlangan va shu tufayli javobgarga nisbatan jinoiy ish qo’zgatilgan bo’lsa, u xolda javobgar shaxs ustiga qo’yilgan da`voni jinoiy ish ko’rilayotgan davrda sud tomonidan ko’rib chiqishga imkoniyat tugdirish maqsadida sug’urta qildiruvchiga sug’urta qoplamasi tergov ishlari borayotgan paytda yoki tugagandan sung to’lanadi. Agar zarar to’la qoplansa yoki sud etkazilgan zararni javobgar shaxsdan undirishga xukm chiqarsa, u xolda sug’urta qildiruvchining sug’urta qoplamasiga bo’lgan xuquqidan maxrum bo’ladi. Quyidagi xollarda sug’urta qoplamasi to’lanmaydi:
a). Ish jarayonida ro’y berish muqarrar bo’lgan yoki tabiiy xolda ro’y beradigan (nurash, eskirish, chirish). Aloxida jismlarning o’ziga xos xususiyatlar tufayli ko’rilgan zarar uchun;
b). Sug’urta qilingan mulkni qayta ishlash maqsadida isitish, quritish, qaynatish va boshqa ta`sir ko’rsatish natijasida ko’rilgan zarar uchun;
v). Sug’urta xodisasi ro’y berganligi xaqida o’z vaqtida xabar bermaganlik natijasida zarar miqdorini aniqlash mumkin bo’lmaganda;
g). Qulf buzarlik bilan o’g’irlash, talan-taroj qilish, transport vositalarini olib qolish xodisalari xuquqni muxofaza qilish organlari tomonidan tasdiqlanmaganda:

Yüklə 50 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin