Mavzu: Mol-mulk sug’urtasi. Reja: Fuqarolar mulkini sug’urtaviy ximoyalash asoslari. Xuquqiy shaxslar mulkini sug’urtalash


Xuquqiy shaxslar mulkini sug’urtalash



Yüklə 50 Kb.
səhifə2/4
tarix25.05.2022
ölçüsü50 Kb.
#59448
1   2   3   4
11.-Mavzu

2. Xuquqiy shaxslar mulkini sug’urtalash. Korxona va tashkilotlarning mulki asosiy va aylanma mablag’lardan tashqil topadi. Mazko’r mulklarni sug’urtalashning axamiyati shundan iboratki, xar qanday korxona, tashkilot va boshqa xuquqiy shaxslarning asosiy va aylanma fondlari ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va ijtimoiy faoliyatning zaruriy bazasi xisoblanadi. Ularni sug’urtaviy ximoyasini ta`minlash sug’urta munosabatlari tizimida aloxida axamiyatga ega bo’lishi zarur. Asosiy fondlarning boshlang’ich qiymati barcha sug’urta munosabatlariga asos bo’lib xizmat qiladi. Aylanma fondlar uchun esa eskirish degan tushuncha yo’k shuning uchun zararlarni qoplash masalasi aylanma mablag’larlarni to’la balans qiymatida sug’urtalash yo’li bilan xal qilinadi. Mulk sug’urtasi shartlariga ko’ra asosiy shartnomaga ko’ra korxonalarga tegishli, binolar, inshootlar, uzatish moslamalari, quvvat beruvchi mashinalar, uskunalar, transport vositalari, tugallanmagan kapital qurilish ob`ektlari sug’urta qilinishi mumkin. Qo’shimcha shartnoma bo’yicha korxona tomonidan ijara shartnomasi asosida olingan barcha mulklar (agar u ijarachi tomonidan sug’urta qilinmagan bo’lsa), shuningdek korxona tomonidan boshqa tashkilotlardan va axolidan qayta ishlash, tuzatish, ko’chirish va saqlash uchun olingan mulklar sug’urta qilinishi mumkin. Xujjatlar, naqd pullar, qimmatli kogozlar, sug’urta qilinmaydi. Mol-mulklar quyidagi xollardan sug’urtalangan xisoblanadi: suv toshqini, er osti suvlarining ta`siri, yong’in, bo’ron, dovul, sel oqimi, do’l, mazko’r xudud uchun xos bo’lmagan sovuq (issiq) qalin qor yogishi, er o’pirilishi, elektr kuvvatining uzilib qolishi, yashin urishi va er qimirlashi, qulfni buzib kirib o’g’irlik, yoqib ketish. Korxonaga tegishli mulklar to’la qiymatida qilinganda quyidagi miqdorda sug’urtalangan xisoblanadi. - binolar, inshootlar, uzatish moslamalari, transport vositalari, mashinalar va boshqa asosiy vositalarning balansdagi to’la qiymati miqdorida; - korxonaning o’zida ishlab chiqarilgan yoki sotib olingan tovar-moddiy, boyliklar xaqiqiy tannarxi miqdorida; - ishlab chiqarilgan (etishtirilgan) qishloq xo’jalik maxsulotlari xaqiqiy tannarixi miqdorida; - tugallanmagan kapital qurilish ob`ektlari qurilish ishlari uchun qabul qilingan me`yorlar va baxolardan kelib chiqib sarf qilinadigan moddiy va mexnat xarajatlari miqdorida: Ijara shartnomasiga ko’ra olingan inshootlar, mashinalar transport vositalari va boshqa mulklar, mazko’r mulklar tegishli bo’lgan korxonaning buxgalteriya xisobi ma`lumotlari asosidagi balans baxosidan kelib chiqib sug’urta qilinadi. Sug’urta shartnomasi bir va undan ortiq yilga tuziladi. Bir necha yillik shartnoma tuzilganda mulk qiymati va sug’urta to’lovlari xar yili qayta xisoblanadi. Sug’urta shartnomasining amal qilish davri ichida chiqib ketgan mulk uchun sug’urta badallari qaytarilmaydi. Mulk sug’urtasi bo’yicha sug’urta qildiruvchining majburiyatlari quyidagilardan iborat: - mulkni yong’inga qarshi qoidalariga qat`iy amal qilgan xolda nazorat tashkilotlari talablarining bajarilishini ta`minlashi, binolar, inshoot va boshqa mulklardan foydalanish qoidalariga rioya etish; - sug’urta kompaniyalari va nazorat tashkilotlariga sug’urta qilingan mulkning butligini tekshirishda yordam berish; - sug’urta qilingan mulk zararlanganda, nobud bo’lganda yoki sug’urta xodisasi ro’y berish xavfi paydo bo’lishi sababli ish olib borilganda tegishli sug’urta kompaniyasiga xabar berish; - sug’urta qilingan mulk nobud bo’lganda, zaralanganda, yo’q bo’lganda sug’urta kompaniyasiga zarur xujjatlarni taqdim etish; Sug’urtalovchi esa quyidagi majburiyatlarni oladi:
- sug’urta qildiruvchiga sug’urta qoidalari va tartibini tushuntirish, sug’urtaga olinadigan mulkning qiymatini aniqlashda yordam berish; - sug’urta qilingan mulk tug’ri saqlanayotganligining qonuniyligini nazorat organlari bilan birgalikda doim tekshirib turish; - mulk nobud bo’lganda zarar qiymatini aniqlash uchun komissiya tuzishda yordam berish va ko’rsatilgan muddatlarda sug’urta qoplamasini to’lanishini ta`minlash kerak.

Yüklə 50 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin