Toʻlqinlarning tarqalish jarayonida energiya fazoning bir nuqtasidan ikkinchi nuqtasiga uzatiladi, lekin zarralari koʻchmaydi. Turli xil mexanik, issiqlik, elektromagnit holat oʻzgarishlariga turli xil toʻlqinlar mos keladi.
Elastik toʻlqin
Elastik toʻlqin
Sirtiy toʻlqin
Elektromagnit toʻlqin
1.Elastik to’lqin-deformatsiyalarni gaz, suyuqlik va qattiq jismlarda tarqalishi elastik toʻlqin deyiladi. Tovush toʻlqini va Yer qobigʻidan seysmik toʻlqin elastik toʻlqinning xususiy holi hisoblanadi.
2.Sirtiy toʻlqinlar-Ikki muhit chegarasi sirti boʻylab tarqaluvchi toʻlqinlardir.
Elektromagnit to'lqin nima?
Elektro-magnit maydoning davriy ravishda o’zgarib turib tarqalishga elektromagnit to’lqin deyiladi.
Infraqizil spektroskopiya. Agar kimyoviy moddaga IK nur bilan ta’sir qilinsa, nurning bir qismi moddaga yutiladi. Yutilgan nur energiyasi kimyoviy moddadagi bog’ning cho’zilishga sabab bo’ladi.
IQ spektrda faqat dipol momentini o’zgartiruvchi tebranishlargina signal hosil qiladi.
IQ spektrda faqat dipol momentini o’zgartiruvchi tebranishlargina signal hosil qiladi.
IQS funksiyonal guruhlarni taqsimlanishi.
IQ spektroskopiyadan foydalanish yo’llari
1.tebranish chastotalarining tahlili bilan noma’lum modda tuzilishini isbotlash;
3. spektrdagi ”barmoq izlari” sohasini ko’rib, alohida yangi modda-larni identifikaisiyalash
Valent va deformasion tebranishlar farqini bilasizmi?
1. Valent (stretching – inglizcha cho’zilish, garmonik harakat) tebranishlar. Molekuladagi normal tebranishlar natijasida kimyoviy bog’larning uzunligi o’zgaradi va bu xildagi tebranishlar n (nyu) harfi bilan ifodalanadi. Ular simmetrik (ns) yoki antisimmetrik (nas) tebranish chastotalariga bo’linadi.
2. Deformatsion (bending – burilish, bukilish) tebranishlar. Modda molekulasidagi tebranishlar oqibatida valent bog’lari orasidagi burchaklar o’zgarganda deformatsion tebranishlar qayd etiladi. Molekuladagi deformatsion tebranishlar bir tekislikda sodir bo’lsa, d (delta) va bu tebranishlar bir tekislik chegarasidan chiqsa, p (pi) harflari bilan belgilanadi.
Valent tebranishlar qanday sodir bo’ladi?
Atomlar orasidagi masofa cho’zilishi yoki qisqarishi mumkin. Molekula atomlari orasidagi harakatlar bir xil bo’lsa, (bog’ uzuligining qisqarishi yoki cho’zilishi) simmetrik, agar har xil bo’lsa, antisimmetrik tebranishlar deyiladi.
Deformatsion tebranishlar qanday sodir bo’ladi
Deformatsion tebranishlarda bir atom bilan bog’langan qo’shni 2- atom bog’lari orasidagi burchak o’zgaradi, yoki bir guruh atomlar molekulaning qolgan qismiga nisbatan harakatlanadi, ammo bunda shu atomlar orasidagi masofa o’zgarmasdan qoladi. Bu xildagi tebranishlar aylanma (twisting – inglizcha burilish, o`ralish), mayatniksimon (roching – tebranish) va torsion (torsion – burama), qaychisimon (seissoring – qaychi bilan kesish), yelpig’ichsimon (wassing – yelpish) deyiladi.