Mavzu Moliyaning obyektiv zarurligi pul, tovar, davlat, iqtiso hozir
Shunday qilib, moliyaning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: 1. Pul munosabatlari, ya’ni pul moliyani mavjud bo‘lishi va amal qilinishini moddiy asosi hisoblanadi (pul yo‘q joyda moliya bo‘lmaydi). 2. Islohotlarning bosh tashkilotchisi bo‘lmish davlatning mavjudligi. 3. Pul munosabatlari jarayonida umumdavlat pul fondlarini shakllanish jarayoni amalga oshiriladi. Aytish mumkinki, moliyaning alohida belgisi uning fondli xarakteridir. 4. Budjetga mablag‘larning doimiy tushishi soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlarga davlatning majburiy tazyiqi xususiyatini o‘z-o‘zidan bermaydi va bu holat davlatning huquqiyme’yoriy asoslarini yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati vositasida hamda bunga xos fiskal apparatning yaratilishi bilan ta’minlanadi. Mazkur belgilar bo‘yicha moliyani barcha pul munosabatlari yig‘indisidan xatosiz ajratib olish mumkin. Misol uchun, fuqarolar o‘rtasida, fuqarolar va chakana savdo o‘rtasidagi (hattoki, chakana narxlarni davlat tomonidan tartibga solish sharoitida ham) yuzaga keladigan pul munosabatlarini “moliya” deb bo‘lmaydi, chunki bu yerda davlat pul munosabatlarini fuqarolikhuquqiy usul bilan tartibga soladi.
Pul munosabatlarining boshqa guruhi - bu jismoniy shaxslar tomonidan daromad solig‘i to‘lash. Bu yerda moliyaning barcha belgilari aniq ishtirok etadi: soliqni to‘lanishi pul shaklida amalga oshiriladi; ikkita teng huquqli bo‘lmagan subyektlar ishtirok etadi (jismoniy shaxs va davlat); davlat mazkur munosabatlarning barcha elementlarini aniqlab beradi, ularni qonun ko‘rinishida rasmiylashtiradi, nazoratni amalga oshiradi, qonunbuzarlik uchun jazolar belgilaydi. Mazkur to‘lovlar natijasi umumdavlat pul fondi - davlat budjetining daromadlar qismi shakllanadi.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, moliyaga birinchi ta’rifni quyidagicha berish mumkin:
Moliya bu davlat tomonidan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy masalalarni bajarish uchun mo‘ljallangan umumdavlat pul fondlarini shaklllantirish va ishlatish jarayonida yuzaga keladigan pul munosabatlari yig‘indisidir.