Mavzu. Moliyaviy hisobot: mazmuni, funktsiyalari va turlari



Yüklə 22,62 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü22,62 Kb.
#204795
  1   2   3   4
Moliyaviy hisobot turlari 3


MAVZU. MOLIYAVIY HISOBOT: MAZMUNI, FUNKTSIYALARI VA TURLARI
REJA:
1. Moliyaviy hisobotning mazmuni, mohiyati va tarkibi
2. Moliyaviy hisobot tuzish va uni tashkil etish
3. Buxgalteriya balansi tuzilishi va uning tarkibi

9.1. Moliyaviy hisobotning mazmuni, mohiyati va tarkibi
Moliyaviy hisobot – xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mahsulot (ish va xizmat) lar sotish natijalari to’g’risidagi ma’lumotlar majmui bo’lib, u subyektning moliyaviy -xo’jalik faoliyatining holatini ma’lum davr (chorak, yillik) ga qiymat ko’rinishida aks etishidir. Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot (ish va xizmat) lar, ishlab chiqarish xarajatlari, xo’jalik mablag’lari va ularning tashkil topish manbalari, ishlarning moliyaviy natijalari, soliqqa tortish hamda dividendlar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Hisobot ma’lumotlari bo’yicha korxona rahbari mulkdorlar, ta’sischilar, boshqaruv va nazorat tizimi, yuqori tashkilotlar oldida hisobot beradilar. Birinchi navbatda shuni aytish joizki, korxonalar majburiy tartibda quyidagi foydalanuvchilarga chorak va yillik hisobotini topshiradi: ta’sis hujjatlariga binoan mulkdorlarga; davlat soliq inspeksiyasiga; O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan korxona faoliyatining ayrim tomonlarini tekshirish va tegishli hisobotni olish vazifalari yuklatilgan boshqa davlat organlariga. Amaldagi qonunga binoan:1[39][41] barcha korxona va muassasalar uchun 1- yanvardan 31- dekabrgacha bo’lgan davr hisobot yili hisoblanadi; yangi tashkil etilgan korxona va muassasalar uchun birinchi hisobot yili bo’lib, ular yuridik huquqqa ega bo’lgan sanadan shu yilning 31- dekabrigacha bo’lgan davr hisoblanadi. 1- oktabrdan keyin tashkil etilgan korxonalar uchun ularning yuridik huquqqa ega bo’lgan sanadan keyingi yilning 31- dekabrigacha bo’lgan davrni birinchi hisobot yili deb hisoblashga ruxsat 121

beriladi; korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda topshiradilar.


Hisobot rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi va korxonaning xo’jalik faoliyati natijalari, mulkiy va moliyaviy holati to’g’risidagi yillik buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lib matbulotda e’lon etilishi mumkin. E’lon qilingan hisobotning to’g’riligi mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi. Korxonaning yillik buxgalteriya hisoboti tegishli tashkilotlarga topshirilishidan oldin ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Qonunga muvofiq yillik hisobotning quyidagi shakllarini tuzish nazarda tutilgan:
1- «Korxona balansi»;
2- «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot»;
3- «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»;
4- «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot»;
5- «Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot».

Ushbu hisobotlarga qo’shimcha holda «Debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risida ma’lumot» ham topshiriladi.2[40][42] Shuningdek, hisobot shakllariga izohlar, hisob – kitoblar va tushuntirishlar ilova qilinadi. Balans chorak va yillik hisobot tarkibiga kiritiladi. Bu «netto» nomli balans bo’lib, foydalanuvchilarga korxonaning sof qiymatining hajmi to’g’risida axborot beradi, chunki mulkning qiymati jami ko’rsatkichga quyidagi moddalar bo’yicha eskirishini chiqarib tashlab ko’rsatiladi: asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqalar, foyda summasi esa, jamiga faqat hisobot davrida taqsimlanmagan foyda hajmiga qo’shiladi. Lekin xo’jalik faoliyatini tahlil etish maqsadida balansda quyidagi ko’rsatkichlar saqlanib qolgan: dastlabki qiymat va ularning eskirishi, olingan foyda. Shu’ba korxonalari, filiallar va vakilliklariga ega bo’lgan korxonalar 122

konsolidallashgan moliyaviy hisobot tuzadi. Shu’ba korxonalarga qo’yilgan qo’yilmalar bosh korxonaning moliyaviy hisobotida uning moliyaviy qo’yilmalari sifatida aks ettiriladi. Yuridik shaxslar o’zlarining filiallari, vakilliklari va boshqa strukturoviy bo’linmalarini mustaqil balansga ajratishi mumkin, lekin ularning balansi va boshqa hisobot shakllari tegishli yuridik shaxsning konsolidallashgan hisobotiga albatta qo’shiladi. Konsolidallashgan hisobotga bosh korxonaning moliyaviy hisoboti ilova qilinadi. Konsolidallashgan hisobot 8 –sonli milliy standartga binoan tuziladi.3[41][43] Lekin vazirliklar, idoralar va budjet tashkilotlari bo’yicha tuziladigan yig’ma moliyaviy hisobotlar bundan mustasno. Yillik moliyaviy hisobot quyidagi hajmida topshiriladi:
buxgalteriya balansi (1-shakl);
moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot (2-shakl);
asosiy vositalar harakati to’g’risida hisobot (3-shakl);
pul oqimlari to’g’risida hisobot (4-shakl);
xususiy kapital to’g’risida hisobot (5-shakl);
debitor va kreditor qarzlari to’g’risida ma’lumot (2-a-shakli).
Kichik korxonalar va mikrofirmalar faqat quyidagi shakllardan iborat bo’lgan yillik moliyaviy hisobot topshiradi:
a) buxgalteriya balansi (1-shakl);
b) moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot (2-shakl);
c) debitor va kreditor qarzlari to’g’risida ma’lumot (2-a-shakli). Хo’jalik yurituvchi subyektlarning yillik moliyaviy hisoboti qiziquvchi banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar va boshqalar uchun ochiq hisoblanadi.
Ochiq tipdagi aksioner jamiyatlar, sug’urta kompaniyalar, banklar, fond va tovar birjalari, investitsiya fondlari va boshqa moliyaviy muassasalar, hisobotda keltirilgan ma’lumotlar to’g’riligini auditorlar tomonidan tasdiqlangandan so’ng yillik moliyaviy hisobotini hisobot yilidan keyingi yilning birinchi mayigacha albatta matbuotda e’lon qilinishi kerak. 123

Хo’jalik yurituvchi subyekt tugatilganda tugatish bo’yicha moliyaviy hisobot tuzadi. Korxonani tugatilishi bo’yicha muomalalarning buxgalteriya hisobi, tugatish balansi va hisobotini tuzish, aktivlar qiymatini aniqlash ishlari tugatish komissiyasiga yuklatiladi. Shubhasizsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga qo’shilmaydi. Тugatish balansida majburiyatlar ularning qaytarish vaqtiga hisoblangan foizlar bilan birga aks ettiriladi. Korxona balansining aktiv va majburiyat moddalari sinchiklab o’tkazilgan inventarizatsiya bilan asoslanishi kerak.



Yüklə 22,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin