Asosiy vositalaming mavjudligi va saqlanishini tekshirish.
Asosiy vositalaming mavjudligi va saqlanishini tekshirish.
Asosiy vositalarning mavjudligi va saqlanishini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishdan maqsad moliyaviy hisobot moddalarining haqqoniyligini ta’minlashdan iborat. Bunda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim: - qiymati subyektda belgilab qo‘yilgan chegaradan past bo‘lgan obyektlar yoki qiymatidan qat’iy nazar xizmat muddati 12 oydan kam bo‘lgan obyektlar asosiy vositalar qatoriga o‘tib qolmaganligi; - subyektda asosiy vositalar inventar va xojalik jihozlari qatoriga va, aksincha, 0‘tkazilmaganligi, bunda shuni nazarda tutish zarurki, obyekt qiymatining chegarasi obyektni sotib olish (foydalanishga topshirish) sanasiga aniqlanadi. Asosiy vositalarni inventar va xojalik jihozlari qatoriga asossiz o‘tkazish auditorlik tekshiruvi mobaynida aniqlanadigan xatolardan biridir. Ko‘p hollarda bunday o‘tkazishning sababi subyektning amortizatsiya hisoblash ishlarini kamaytirishga intilishi hisoblanadi. Auditorlik tekshiruvi mobaynida subyektning asosiy vositalar obyektlariga mulkiy talab darajasida rasmiylashtirilganligini isbotlash zarur. Auditorga asosiy vositalar obyektlarini yaratish, sotib olish; berish shartnomalari, zarur hollarda esa qonunchilikka muvofiq olish-sotishni ro’yxatga olish guvohnomasi taqdim qilinadi. Asosiy vositalarning to‘g‘ri baholanganligini aniqlash asosiy vositalar mavjudligi va harakatini tekshirish mobaynidagi muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki, mulk solig‘i bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar, shuningdek, subyekt faoliyatining moliyaviy natijalarini aks ettirish va hisobot tuzish shunga bog‘liq.
Rejalashtirish ishlarining xususiyati va koʼlami tadbirkorlik
subʼektining katta-kichikligiga va tashkiliy tuzilmasining
murakkablik darajasiga, kelishuv jamoasi asosiy aʼzolarining
tadbirkorlik subʼekti bilan bogʼliq oldingi tajribasiga,
shuningdek audit kelishuvini bajarish jarayonida yuz bergan
vaziyatlardagi oʼzgarishlarga qarab farq qiladi. Rejalashtirish jarayoni parokanda qismlardan tarkib topmaydi,
balki uzluksiz va takrorlanuvchi xususiyat kasb etadi. Mazkur
jarayon odatda oldingi audit yakunlangani zahoti (yoki u bilan bir
vaqtda) boshlanadi va joriy audit kelishuvi yakunlangunga qadar
davom etadi. Biroq, auditni rejalashtirishda auditor keyingi
auditorlik tartib-taomillari bajarilgunga qadar yakunlanishi
lozim boʼlgan muayyan ishlar va auditorlik tartib-taomillarini
bajarish muddatlarini eʼtiborga olishi lozim.