Mavzu: Moliyaviy risklar Reja: Riskning mazmun-mohiyati. Risklarning turlari



Yüklə 46,58 Kb.
səhifə6/9
tarix20.11.2023
ölçüsü46,58 Kb.
#166153
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu Moliyaviy risklar Reja Riskning mazmun-mohiyati. Risklar-fayllar.org

Bular riskni boshqarish bo`yicha quyidagi ish yo`nalishlarini talab qiladi:
• har bir mijoz bo`yicha doimiy monitoringni olib borish;
• ma`lum bir mijozning asosiy xo`jalik faoliyatiga aloqador tarmoq holatining doimiy monitoringi;
• kafolatni jalb qilish va tahlil etish;
• risk uchun kompensatsiya olish (garov, kafolat va boshqalarni amalga oshirish).
Riskni oldini olish va nazorat qilish bosqichi ma`lum reja va dasturlar asosida aniq tashkiliy-texnik tadbirlarni ko`rib chiqadi. Bu bosqichda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
risklar monitoringi;
riskni istiqbolini belgilash;
tahdid soluvchi xatarlar haqida rahbarlarga ma`lumot berish va bu bilan bog`liq ko`rsatmalarni ishlab chiqish;
riskni oldini olish va nazorat qilish dasturi doirasida maxsus tashkiliy-texnik tadbirlar.
Ko`p risklarni oldini olish va nazorat qilish mumkin. Lekin shunday risklar mavjudki, ularni oldini olish yoki kamaytirish mumkin emas, ya`ni ular loyiha ishtirokchilari ta`siridan tashqarida bo`ladi. Shunday risklar ko`p xarajat talab qilganligi sababli, ularni moliyalash usuli qo`llaniladi. Bunda loyiha ishtirokchilarini o`z-o`zini sug`urtalash, tajribali sug`urtachi yordamida sug`urtalanishga mablag` ajratishi tushuniladi. Sug`urta shartnomalarida riskning ko`pgina turlari bo`yicha sug`urtachining zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirishi ko`rib o`tilgan moddalar mavjud bo`ladi. Riskni boshqarishda loyiha ishtirokchilaridan tashqari, sug`urta tashkilotlari ham bevosita ishtirok etadi.
Ular riskni baholashda o`z usullari va yo`llarini amalga oshiradilar, bu amalga oshirish reja - dasturlarini nazorat qilib boradilar.
Natijalarni baholash - bu ma`lum bir loyiha doirasidagi risk - menejmenti bo`yicha faoliyatlarining yig`indisi. U keng ma`lumotlar to`plami asosida o`tkaziladi va risk tahliliga tuzatishlar kiritish, risk - menejmentining alohida choralarini qo`llash samaradorligini baholash, riskni boshqarishda barcha qilingan xarajatlarni baholash maqsadida o`tkaziladi. Natijalarni baholash orqali olingan ko`rsatma va xulosalar keyingi loyihalarni amalga oshirishda qo`llaniladi.
Investitsiya loyihasi riskini baholash usullari orasida eng ko`p qo`llaniladiganlari quyidagilar:
1) loyihaning sezgirlik tahlili;
2) "zararsizlik nuqtasi"ni aniqlash;
3) barqarorlikni tekshirish.
Sezgirlik tahlili loyihaning o`xshash parametrlaridan biri o`zgarganda, loyiha samaradorligi qay darajada o`zgarishiga miqdoriy baho berishda qo`llaniladi. Sezgirlik tahlilini investitsiya loyihalari natijalariga sezilarli darajada ta`sir etuvchi omillarni aniqlash va ularni taqqoslash tahlili uchun o`tkazish tavsiya etiladi. Bu omillar bilan bog`liq vazifalarni yechishda quyidagi ketma-ketlikka amal qilinadi. Avvalo, sof joriy qiymatni hisoblashga yordam beradigan omillar aniqlanadi. Keyin ma`lum oraliqlarda omillardan biri o`zgartirilib, sof joriy qiymat hisoblab chiqiladi, ushbu yo`l har bir omil uchun takrorlanadi. Bundan so`ng hamma hisoblar jadvalga joylashtiriladi, har bir omil o`zgarishiga nisbatan loyihaning sezgirlik darajasi solishtiriladi va loyihaning muvaffaqiyatiga eng ko`p darajada ta`sir etuvchilari aniqlanadi. Sezgirlik tahlili yordamida, hisoblar uchun zarur bo`lgan turli xil o`zgaruvchilar berilganda, naqd foyda yoki investitsiya rentabelligining eng zaruriy o`zgarishlarini aniqlash mumkin. Turli xil o`zgaruvchilarga ishlab chiqarish xarajatlari, sotish hajmi, investitsiya davri davomiyligi, kredit foizi, xom-ashyo va yoqilg`i qiymati, soliqlar miqdori va boshqalar misol bo`ladi.
"Zararsizlik nuqtasi"ni aniqlash usuli yordamida mahsulot sotishdan kelgan tushum uni ishlab chiqarish xarajatlariga teng bo`lgan holdagi sotish hajmi aniqlanadi. Agar sotish hajmi bu nuqtadan past bo`lsa, korxona zararlarni qoplashi mumkin, agar pul kirimi xarajatlarga teng bo`lsa, korxona ishini zararsiz olib borayotgan bo`ladi. "Zararsizlik" tahlili loyiha quvvati yoki ishlab chiqarish hajmi miqdorini topish maqsadida qo`llaniladi. Agar ishlab chiqarish hajmi past bo`lsa, korxona zararga ishlayotgan bo`ladi. Bu tahlil loyihani baholashda turli narx va qiymatni hisobga olishga bir qator zararsizlik nuqtalarini hisoblashga imkon beradi.
Barqarorlikni tekshirish usuli yordamida investitsiya ishtirokchilari uchun eng xatarli variantlarda investitsiya loyihasini rivojlantirish rejasini ishlab chiqishni oldindan ko`rib chiqish mumkin. Har bir rejada har bir ishtirokchining rejalashtirilayotgan daromadi, yo`qotishlari, samaradorligi e`tiborga olinadi. Agar barcha ko`rib o`tilgan holatlarda ishtirokchilar qiziqishlari kuzatilsa, kutilayotgan ko`ngilsiz munobatlar mavjud zahira va rezervlar hisobiga cheklatilsa yoki sug`urta to`lovlari bilan qoplansa, loyiha barqaror va samarali deb hisoblanadi.
Loyihaning barqarorlik darajasi uni amalga oshirish sharoitlarining ehtimolli o`zgarishlarga nisbatan ishlab chiqarish, narx va mahsulotning eng yuqori darajadagi qiymati orqali ifodalanishi mumkin.
Riskni pasaytirish - ko`zda tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun zahira mablag`larini tashkil etish yo`li bilan yo`qotishlar hajmini qisqartirish hisoblanadi. Ko`zda tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun zahira mablag`larini tashkil etishdagi asosiy muammo risklarning jiddiy oqibatlarini baholash hisoblanadi. Buning uchun loyiha qiymatini boshlang`ich baholashni hisobga olish lozim. Bu esa zahira summasini aniqlashga katta yordam beradi.
Riskni pasaytirishning aniq vositasini tanlashda investor quyidagi tamoyillarga asoslansa, maqsadga muvofiq bo`ladi:
ortiqcha tavakkal qilish kerak emas;
risk oqibatlari to`g`risida o`ylash lozim;
kam narsa uchun risk qilish kerak emas.
Loyihalarni moliyalashtirishda riskni taqsimlash usullari sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin: kafolatlar;
harid haqidagi forvard kelishuv;
ishlab chiqarish to`lovlari;
hejirlashtirish, sug`urta va svoplar.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi alohida risklar ta`sirini yo`qotish yoki yumshatish uchun bir qancha yo`llardan foydalaniladi.
riskdan qochish - risk bilan bog`liq tadbirlardan voz kechishni (demak, bunda foydadan ham voz kechishni) bildiradi.
riskni ushlab qolish – investor zimmasiga riskni qoldirish, bunda investor o`z kapitalini riskli tadbirlarga yo`naltirayotganda, risklardan ko`riladigan zararlarni qoplash uchun mablag`i bo`lishi kerak.
riskni uzatish (sug`urtalash) – investor risk xavfini kimningdir zimmasiga yuklaydi. Riskni sug`urtalash, mantiqan olganda, muayyan risklarni sug`urta kompaniyalariga berishni anglatadi. Uning mohiyati investorning riskdan qutilish maqsadida daromadning bir qismidan voz kechish orqali aks ettiriladi. Bunda investorning risk darajasini “nol”ga tushirish uchun to`lovni amalga oshirishga tayyor ekanligini tushunish mumkin. Ko`p hollarda, sug`urta kompaniyalari moliyaviy risklarni sug`urtalash bilan risk darajasini pasaytirishga to`liq erishishiga xizmat qiladilar.
Investitsiya risklarini pasaytirish usullari quyidagilardan iborat:
risklarni diversifikatsiyalash;
risklarni sug`urtalash;
risklarni loyiha qatnashchilari o`rtasida taqsimlash;
risklar uchun moliyaviy zahiralar ajratish.
qo`shimcha ma`lumotlar va axborotlarga ega bo`lish.
Risklarni diversifikatsiyalash - bir-biriga bog`liq bo`lmagan turli xil faoliyatlar o`rtasida risklarni taqsimlash hisoblanadi. Diversifikatsiya turli xil faoliyatlar o`rtasida investitsiyalarni taqsimlash asosida riskning bir qismidan qutulish imkonini beradi (investitsiya portfelini shakllantirish).
Investitsiya portfelini shakllantirishda risklarni taqsimlashning quyidagi shakllari mavjud:
tovar va xizmatlar, faoliyat turlari bo`yicha diversifikatsiyalash;
iste`molchilarni diversifikatsiyalash;
mol yetkazib beruvchilarni diversifikatsiyalash;
loyiha qatnashchilarni diversifikatsiyalash.
Risklarni loyiha qatnashchilari o`rtasida taqsimlash moliyaviy reja va shartnoma hujjatlarini ishlab chiqish davomida amalga oshiriladi. Risklarni sifat va miqdor jihatdan taqsimlash mumkin. Risklarni sifat jihatdan taqsimlashda loyiha qatnashchilari ularga tegishli bo`lgan u yoki bu risklarni ko`paytirib yoki kamaytirgan holda qaror qabul qiladilar. Lekin bunda, masalan, investorlarga qanchalik yuqori risklar taqsimlanishi ko`zda tutilsa, shunchalik ularni loyihaga jalb qilish qiyinroq bo`ladi.
Investitsiya loyihasi riski va u bilan bog`liq yo`qotishlar ehtimolini aniqlashning bir necha usullari mavjud.
1) Ob`ektiv usul, bu loyihada bo`lish ehtimoli bo`lgan yo`qotishlar va ularning davr oralig`ini aniqligidir.
Bu oraliqni aniqlash risk darajasini kamaytirishga yordam beradi.
Yo`qotishlar oralig`ini quyidagi formula bilan aniqlanadi:


  ;
Bu yerda, Y – yo`qotishlar oralig`i darajasi;

Yüklə 46,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin