3. Riskni boshqarish jarayoni
Risklarni boshqarish rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida integratsion bir faoliyat hisoblanib, riskni baholash, strategiyalar va uni boshqarish uchun xavflilik darajasini kamaytirish, boshqaruv resurslaridan foydalanish demakdir. Ba`zi an`anaviy riskni boshqarishda jismoniy yoki yuridik sabablarini (masalan, tabiiy ofatlar yoki yong`in, baxtsiziz hodisalar, o`lim) keltirib chiqadigan riskga qaratilgan bo`ladi.
Moliyaviy xavf (risk)ni boshqarish, boshqa tomondan, moliyaviy kotirovka yordamida boshqariladi. Risklarni boshqarish maqsadi biron bir oldindan tanlangan domenga bog`liq turli risklarni kamaytirish hisoblanadi. Bu, atrof-muhit, texnologiya, odamlar, tashkilotlar va siyosiy vaziyatlar oqibatida ko`plab turdagi tahdidlarga aytish mumkin.
Risklarni boshqarish turli usullarda va mavjud riskni bartaraf etish, oldini olish yoki riskni kamaytirish mumkinligidir. Bunda texnik omillardan foydalanib, riskni kamaytirish va tahlil qilish hisoblanadi. Risklar bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkilotlar faoliyatining xarakterli tomoniga ta`sir qiladi.
Risklarni boshqarishning maqsadi ya`ni, mumkin bo`lgan risklarni boshqarish ularning yuzaga chiqish ehtimolini kamaytirish yoki ularning ta`sirini kamaytirish hisoblanadi. Shunningdek, o`zaro bog`langan va faoliyati muntazam takrorlanib turadigan faoliyatlar to`plamidir. Risklarni boshqarish maqsadi, muammolar va salbiy holatlarni oldini olish, inqirozni oldini olish va kutilajak muammolarni oldini olishdan iborat. Risklarni boshqarish to`rt bosqichdan, ya`ni riskni aniqlash, baholash, risk tashish (yoki kamaytirish) va risk monitoringidan iborat.
Risklarni boshqarish uchun, riskni tahlili muhim ahamiyatga ega. Risk darajasi tahlili kompaniyalarning qay darajada o`z aktivlarini boshqarishdan kelib chiqib bir necha usullar asosida amalga oshiriladi. Risklarni boshqarish asosiy tamoyillarini quyidagi ma`lumotlari orqali ham ifodalash mumkin:
Har bir inson faoliyati davomida ayrim risklarga duch keladi;
Risk mavjud bo`lmagan tashkilotlarda risklarni boshqarish uchun javobgarlik boshqarish bo`ylab taqsimlanadi. Eng yuqori mas`uliyat kompaniya egasiga, rahbar va yuqori boshqaruv vakillari o`rtasida tabiiy taqsimlanadi.
Har qanday korxonada risk bilan birgina menejrning o`zi kurashishi samarasiz, chunki kichik tashkilotlarda risklarni boshqarish uchun javobgarlik, rahbarlar darajasida faollashdi. O`rta va yirik tashkilotlar javobgar individual menejerlar orasida taqsimlanadi. (Masalan, banklar, sug`urta kompaniyalari, neft-kimyo va energetika sanoati, aviatsiya va kosmik sanoati, transport kabi) yuqori risk muhitda faoliyat yuritadigan yirik tashkilotlar va tashkilotlarda belgilangan mutaxassis (riski menejeri) ish olib boradi. Risk (zarar), shuningdek qarshi ta`siri, moliyaviy faoliyatda bilinadi va moliyaviy rejalashtirish ta`sirga ega bo`lishi mumkin, deb deyarli har doim menejerlar tomonidan takrorlanadi. Risklarni boshqarish eng yaxshi samara bergan usullar va metodik orasida quyidagilarni keltirib o`tishimiz mumkin:
-Bazel I, Bazel II, Bazel III - banklarning operatsion riski uchun kapitalining yetarlilik darajasini ochib beruvchi standartlar
• CCA (sabab-oqibatlar tahlili) - FTA va ETA;
• CLA (CHecklist tahlili).
-Aaniqlash va riskni baholashda ilmiy modellashtirish tuzilmalari
• Coria (Core Impact baholash);
• CPQRA (Kimyoviy jarayonlar miqdoriy risklarini tahlili);
• Cramm (CCTA risklarni tahlili va boshqarish usuli);
• ChR (doimiy riskni yaxshilash);
• ETA (Voqealar daraxti tahlili);
• EWRM (Enterprise-Wide Risklarni boshqarish);
• FTA (Xato daraxti tahlili);
• HRA (Inson ishonchliligi tahlili);
• PHA (dastlabki risk-tahlili);
• PPAP (ishlab chiqarish jarayoni tahlili).
• Risklarda sodir bo`lish ehtimolligi bo`yicha usullar
• RIPRAN (Loyiha riski tahlili);
• RR (nisbiy risklilik tahlili);
• SA (Risksizlik Auditi);
• W-I (“nima-agar” tahlil).
Riskni boshqarishda tayor mahsuloti bo`lmaydi, lekin uning uslublari risni kamaytirishni har hil yo`llari va qo`yilgan topshiriqni zudlik bilan bajaruvchi rejalari har qanday riskli munosabatlarni oldini olishga yordam beradi. Hosil bo`lgan yoki yuzaga kelgan risklarni oldini olishda yoki boshqarishda riskni boshqarish aniq va operativ bo`lishi muhim rol o`ynaydi.
Operativ boshqarish - bu yuzaga kelgan hodisalarni mantiqiy tomondan o`ylab o`tirmasdan, qisqa vaqtda shu muammoni yechishni to`g`ri yo`lini topishdir.
Aniqlik – bu riskli munosabatlarda yuzaga kelgan aniq muammolarni yechish tushuniladi.
Riskning ta`siriga yuqoridagi ikki muhim yo`nalishdagi uslub yordam bermasa, ya`ni risk darajasi kamaymasa yoki ta`sir doirasi kengayib borsa u holda riskni boshqarishda evristik uslubdan foydalanish mumkin. Bu uslub orqali riskni mantiqiy jihatdan fikrlash, hayotiy tajribalardan xulosa chiqarish va aniq mezonini ishlab chiqish mumkin. Evristik uslubda quyidagi fikrlar asos bo`ladi:
O`z kapitalingizga nisbatan, ko`p katta riskli munosabatlarga bormang;
Kam daromadli, ko`p riskli munosabatga borish mantiqqa mos kelmas;
Yuzaga kelgan riskli munosabatlarda doimo to`g`ri uslub tanlash zarur.
Riskni boshqarishning ob`ektiv zarurligi quydagilar bilan tavsiflanadi:
Birinchidan, ishonchli texnologiyalar bo`lishidan qat`iy nazar yengil va og`ir sanoat zavodlarini operativ boshqarish jarayonida ham xavfsiz ishlashini ta`minlash uchun juda muhim omil hisoblanadi.
Ikkinchidan, bozorlar va tarmoqlarni iqtisodiy erkinlashtirish tufayli rahbarlar tomonidan bosim o`tkazishi, boshqaruv xodimlari va tashkilotning ham iqtisodiy tejamkorligini oshirish va daromadliligini ko`paytirish natijasida sohalarida tashkiliy tuzilmasida o`zgarishlarga olib kelishini oldini oladi. Shu bilan birga operativ ahamiyati xodimlar sonini kamaytirish kabi ish jarayonini sustlashtiruvchi omillardan holi bo`lishdir.
Uchinchidan, kichik va o`rta kompaniyalar uchun, muayyan qo`llab-quvvatlash zarurligi shundaki, sanoatning turli tarmoqlarida tajribasizlik tufayli kelib chiqadigan avariyalar risklarni boshqarishning muhimligini ko`rsatadi.
Bugungi kunda, samarali risklilikni boshqarishning muhim bir elementi sifatida qaraladigan holat bu - operativ boshqarish (Hess va Gaertner tomonidan 2006 yilda ilk bor fanga kiritilib amaliyotda qo`llanilgan).
Risklarda operativ boshqarish - muddatli risklilikni boshqarish, risksizlik ko`rsatkichlarini bir yuqori darajada erishish maqsadida rejalashtirish, tashkilot, boshqaruvda hamda jismoniy shaxslar va ish faoliyatini nazorati bilan bog`liq barcha tadbirlar to`liq yuqori sifatga erishish, ya`ni, yuksak darajada rivojlangan xavfsizlik madaniyatini targ`ib qilish muhim ahamiyatga ega. Risklilikni boshqarish muayyan tashkilotda cheklangan, ammo kompaniyaning butun xavfsizlikni o`z ichiga oladi degani emas. Ya`ni riskni boshqarish kompaniya rahbariyati darajasida javobgarlik demakdir.
Ba`zan riskni boshqarish xavfsizlik boshqaruvining bir turi sifatida ko`riladi, lekin amalda risklarni boshqarish xavfi asosiy va muhim qismi hisoblanadi. Bundan tashqari, o`z ichiga olgan boshqa masalalar xususan boshqarish, moliyaviy xatarlar, eksport va import xavflari tabiiy ofatlar ham risklarni boshqarish jarayonida albatta hisobga olinadi..
Dostları ilə paylaş: |