YX – yo`qotishlarga olib keluvchi holatlar soni;
S – statistik tahlil qilinayotgan holatning umumiy soni.
Faraz qilaylik, investitsiyaga yo`naltirilgan mablag` bo`yicha 200 holatdan 80 holatda 25 ming so`m foyda olmaslik mavjud. Bunda yo`qotishlar oralig`i darajasi (80:200)=0,4 tashkil etadi. Investitsiya loyihasi bo`yicha oraliq yo`qotishlar darajasi va u bilan bog`liq risk darajasi juda yuqori chiqishi mumkin, ya`ni yo`qotishlar oralig`i darajasi O2) Sub`ektiv usul, bunda investitsiya loyihasidagi barcha me`zonlar bo`yicha ma`lumotlar tahlil qilinishi lozim. Bu usul riskni tahlil qiluvchi ekspertlarning, moliyaviy maslahatchilarning malaka darajasiga asoslanadi. Bu usulda ko`rilishi mumkin bo`lgan zararlar ehtimolini ikkita me`zon yordamida baholashga asoslangan:
a) kutilayotgan o`rtacha qiymat;
b) ehtimol qilingan natijaning o`zgaruvchanligi.
Kutilayotgan o`rtacha qiymat tushunchasi loyiha bo`yicha vaziyatning noaniqligi bilan bog`liq bo`lib, erishilishi mumkin bo`lgan barcha natijalarning o`rtacha qiymatidan iborat.
Investitsiya loyihasi bo`yicha ehtimol qilingan natijalar x1va xnqiymatga ega bo`lsa, ularning har birining ehtimolligi p1va pnbo`lsa, kutilayotgan o`rtacha qiymat:
; Kutilayotgan o`rtacha qiymat – mavjud qiymatlarga son jihatdan o`rtacha ta`rif beradi va biror bir loyihaga qo`yilgan mablag` tomoniga yoki foydasiga yondashishga yo`l qo`ymaydi. Shuning uchun investitsiya loyihasi bo`yicha qaror qabul qilishdan oldin ehtimol qilingan natijaning o`zgaruvchanlik darajasini aniqlab olish lozim.
Olinishi mumkin bo`lgan natijalarning o`zgaruvchanlik darajasi kutilayotgan natijaning o`rtacha qiymatidan qay darajada farq qilishini ko`rsatadi.
Buni aniqlash maqsadida ikki xil matematik mezon qo`llaniladi. Bular dispersiya va o`rtacha kvadratik farqlanishdir.
Dispersiya – bu haqiqiy erishilgan natijalar o`rtacha tortilganining o`rtacha kutilayotgan natijalar farqlanish kvadratining kuzatuvlar soniga nisbati bilan ifodalanadi:
; Bu yerda: - dispersiya;
1>