Mavzu: Monopoliya va bozor modellari Reja



Yüklə 181,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix12.04.2023
ölçüsü181,74 Kb.
#96797
1   2   3   4
Monopoliya va bozor modellari

 
 
 
 
 


 
 Aksmonopoliya siyosati 
 
- -Aksmonopoliya siyosati asosan uch yo`nalishni o`z ichiga oladi: bular ishlab 
chiqarish tarkibini boshqarish, aktsiyalarni sotib olish me`yorini belgilash, 
baholarning taklif va talab muvozanati darajasini ta`minlashga qaratilgan 
choralar kabilardir. 
a) Ishlab chiqarish tarkibini belgilashga oid choralar korporatsiyalar uchun 
shu xil mahsulotlarning yarmidan ortig`ini ishlab chiqarish mumkinligi va nazorat 
qilishdan iborat. 
b) Yirik korporatsiyalar ishtirokchilarining aktsiyalar sotib olish hajmi 
chegaralanadi. Bunda aktsiya bir korporatsiya ixtiyoriga o`tishi bilan 
monopollashuvga olib bormasligi e`tiborga olinadi. Chunki, ko`p miqdorda 
aktsiya sotib olish yo`li bilan tarmoq ustidan nazorat miqyosini kengaytirishga yo`l 
qo`yilmaydi. Agarda biron bir korporatsiya boshqalar aktsiyasining asosiy qismini 
sotib olsa, qo`shilishga va monopoliyaga olib kelishi mumkin, natijada bu 
tarmoqda raqobat ta`sirining so`nishi yuz beradi. 
v) Baho sohasida kelishib olishga yo`l qo`ymaslikka qaratilgan choralar 
akskartel qonunlari, deb ataladi. Baho to`g`risida shartnomalar tuzib monopoliya 
yuzaga kelsa, buni kartel deyiladi. O`z vaqtida bu Germaniyada juda avj olib, hatgo 
Germaniya "Kartel mamlakati" deb atalgan edi. Al-batta bozorlarni taqsimlab olib, 
bir xil baholar ustida kelishib olish iste`molchilarning manfaatiga salbiy ta`sir 
ko`rsatadi va zarar keltiradi. 
Aksmonopol qonunlar raqobat sharoitini yaratish va erkin iqtisodiy 
taraqqiyotni ta`minlashga qaratiladi. Lekin gap faqat bunday qonunlarning 
bo`lishida emas, balki ularning ijrosini ta`minlash, nazorat qiluvchi organlarning 
takomillashuvidadir. Shunday amaliy nazorat ostida samarali ishlab, xaqiqiy bozor 
raqobati ta`minlanilsa, monopoliyalar hukmronligining oldini olish imkoni 
tug`iladi. Bunday ahvolni ko`pchilik bozor iqtisodiyoti rivoj topgan mamlakatlarda 
ko`rish mumkin. Bu ayniqsa AQSh, YAponiya, Germaniya, Frantsiya va boshqa 


bir qancha mamlakatlarga taalluqlidir. 
Monopoliyalar mavjud bo`lgan mamlakatlarda monopoliyalarga qarshi kurash 
olib borilsa, bozor iqtisodiyotiga o`tayotgan mamlakatlarda bozorning shakllanishi
raqobat sharoitini yaratish uchun harakat qilinadi. Bunday mamlakatlarda, ayniqsa 
totalitar tizimlarda davlat monopoliyasini yo`q qilish asosiy maqsad bo`ladi. 
Shunga e`tibor berish kerakki, raqobat shakllangan mamlakatlarda davlatning faol 
harakati raqobatni takomillashtirishga qaratilsa, bozor iqtisodiyotiga o`tayotgan 
mamlakatlarda raqobatni shakllantirishga qaratiladi. Davlatning raqobat sharoitini 
yaratishdagi faoliyati nodavlat xo`jaliklarini ko`paytirish, davlat xo`jaliklarini esa bozor 
munosabatlari tasiriga moslash mazmunida bo`ladi. Borgan sari davlat mulki hisobiga 
boshqa xil mulklarni kengaytirish, korxonalarni aktsionerlashtirish va bunga 
ko`pchilikni jalb eta borish, bozor talabiga xos soliq, boj, import-eksport tizimlarini 
yaratish, tijorat kreditlarini kengaytirish, xo`jalik faoliyatlarini ma`muriy ta`sirlardan 
ozod etish, tadbirkorlikni ta`minlash kabi raqobat uchun zarur sharoitlarni 
shakllantirib borishda albatta davlat faoliyati kuchayishi zarur. 
Raqobat usullarini qo`llash, aksmonopoliya siyosati darajalari bozor holatiga 
bog`liqdir. Masalan, tovarga to`yingan bozor va uning aksi bo`lgan to`yinmagan 
bozor bo`lishi mumkin. Bozor shakllanayotgan O`zbekiston va bunga o`xshash 
respublikalarda tovar (xizmatlar) mo`l-ko`lligi hali ta`minlanmagan. Bunda erkin 
tovar tanlash imkoni yo`q va xaridlik darajasi ancha cheklangan. Bunday bozorda 
baho 
raqobati 
juda 
qo`l 
kelishi 
mumkin. 
Chunki, 
bahoning 
talab 
o`zgaruvchanligiga ta`siri kuchli bo`lib, baho pasayib borishi bilan xaridorlar 
ko`payib boradi. Bahoni pasaytirmaydigan, shuningdek, bahoning harakat 
xususiyatini o`z vaqtida payqamagan ishlab chiqaruvchi bozordan siqib chiqarilishi 
turgan gap. 
Tovarlarga to`yingan bozorda esa tovar (xizmat) turlari serob, tanlab xarid 
qilish uchun imkoniyat juda keng bo`lib, elastik talab hukmronlik qiladi. Bunda 
daromadi puldorlar ko`pligi, bahoga e`tibor kuchli bo`lmaganligi umumiy bozor 
holatini belgilaydi. Bunday sharoitda bahosiz raqobat ustunlik qiladi. Lekin baribir 
qanday bo`lmasin sog`lom raqobat uchun kurash bozor taraqqiyotining asosi 


bo`lib, aksmonopoliya siyosati bunga yordam berishi kerak. 
Aksmonopoliya siyosatining ta`siri haqida xulosa qilib shuni aytish 
mumkinki, samarali iqtisodiyot yirik monopolistik iqtisodiy tuzumga qarshi kurash 
va monopol harakatlarning oldini olish hamda raqobat ta`sirini kuchaytirishni talab 
etadi. Aksmonopoliya siyosatida qonunchilik byudjet va banklarning moliyaviy 
harakatlari bilan to`ldiriladi. Bir tomondan, soliq oldida barcha xo`jalik 
ishtirokchilari bir xil tenglikka ega bo`lsa, ikkinchi tomondan, alternativ ishlab 
chiqarish yaratilib, mayda va o`rta korxonalar uchun soliq sohasida ma`lum 
imtiyozlar bo`lmog`i zarur. 
Bozor munosabatlari ta`siri kuchayib borishi bilan raqobat ham o`z mazmunini 
o`zgartirib boradi, ya`ni takomillashadi. Albatta hozirgi davrdagi raqobat holati, 
uning ta`sir etish mazmuni oldingi bozor raqobatidan tubdan farq etadi. Sobiq 
sho`ro bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat juda stixiyali, shafqatsiz ta`sirda bo`lib, 
uni haqiqatan ham "yovvoyi raqobat" deb atashadi. Nomiga yarasha ta`sir 
mazmuniga ham ega edi. Hozirgi davrda davlat ta`siri, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot 
darajasi "yovvoyi raqobat" bilan "madaniylashgan raqobatni" yuzaga keltirgan. 
Lekin "yov-voyi raqobat" faqat o`tgan davr uchun xos, deb bo`lmaydi. 
Madaniylashgan raqobat aralash iqtisodiyot sharoiti uchun xos bo`lib, sekinlik 
bilan asosiy raqobatga aylanadi. 

Yüklə 181,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin