Bozorning asosiy modellari
Monopoliyaning o`sishi, uning raqobatga ta`siri bozorning shakllanishini
o`zgartiradi. Bu quyidagi jadvalda o`z aksini topgan.
Sof raqobat modeli asosan yuqorida qayd qilingan sharoitlarga mos keladi.
Bunda baho shakllanishi to`la erkin holda yuz beradi va sotuvchilar, xaridorlar juda
ko`p bo`ladi. Bularning kelishib olib ish tutishlari, ozchilikning bozorda hukmini
o`tkazishi, bir qism sotuvchilarning bahoni o`zgartira olishi mumkinligining
imkoni bo`lmaydi. Ilgarilari asosan shunday bo`lgan bo`lsa ham keyingi vaqtlarda
bozor sharoitlari o`zgarib, deyarli sof raqobat ta`kidlab o`tilgan darajada
bo`lmaydi. Bunga e`tibor berishning sababi shuki, hozirgi vaqtda ham bir necha
tarmoqlardagi raqobat shu modelga xosdir. Shu bi-lan birga sof raqobat oddiy
holatni aks ettirib, bunda "daromad" va "xarajatlar" tushunchalaridan yaxshi
foydalanish mumkin.
Sof monopoliyani olsak, bundagi eng muhim narsa mahsulot ishlab
chiqarishning bir firma ixtiyorida
bo`lishi va uning o`rnini oluvchining yo`qligi, ya`ni haqiqatan ham bozordagi
tanholikdir. Chunki, monopoliyaning barcha xususiyatlari shundan kelib chiqadi.
Bu modelning to`rt muhim tomonini ko`rsatish mumkin: 1) sotuvchi yakka,
tarmoqning tengdoshi yo`q, chunki firma yakkayu-yagona; 2) sotiladigan mahsulot
juda yuqori darajada bo`lib, undan yaxshirog`i yoki uning o`rnini bosadigani yo`q
(ko`pincha ba`zi xomashyo va yangi mahsulot ta`minotchilariga xos); 3)
monopolist bozorga o`z hukmini o`tkazadi, bahoni nazorat qiladi, tovarning
bozorga kelishini o`z qo`lida ushlab turadi; 4) monopolist tomonidan raqiblar
uchun bozorga kirish yo`li to`la to`siladi. Bunda uning yagonaligi ish bersa,
zaruriyat tug`ilsa, sun`iy to`siqlar ham ishga solinadi. Ayniqsa bunda patent,
litsenziyalardan to`la foydalanish mumkin.
Hozircha shu bilan chegaralanib (chunki quyida yana monopolizmga
qaytamiz), bundan keyingi model — monopollik raqobatni ko`rib chiqaylik. Bunda
tanholik yoki ommaviylik sharoiti hukmron bo`lmay, bozorda nisbatan ishlab
chiqaruvchilar ko`p bo`ladiyu, lekin ularning tovarlari bir xil bo`lmay, farqlanadi.
Shuning uchun ham ishlab chiqaruvchilar va firmalar minglab bo`lmay, o`nlab
bo`lsa etarli. Sof raqobatda standartli tovarlar yoki bir xil tovarlar bozorga olib
chiqilsa, bunda tabaqalashtirilgan tovarlar olib chiqiladi. Tabaqalashtirish yoki
turlilik mahsulot va xizmatlar sifatiga taalluqli bo`lgani tufashga iste`molchining
bularga munosabati narx-navoga bog`liq bo`lmaydi. Aytaylik, vinolarning alohida
xillari yoki bir xil turdagi shokolad kabilarni misol keltirish mumkin. Kiyim
modalarida buning o`rni albatta katta. Bunda raqiblarga nisbatan bo`lgan ta`sir va
munosabat faqat baholar orqali bo`lmay, tovar va xizmatlar turliligiga katta e`tibor
berish yo`li bilan ham amalga oshadi hamda bu asosiy tamoyil bo`lib hisoblanadi.
Bu modeldagi bozor, ya`ni monopolli raqobatning muhim xususiyatlaridan yana
biri shuki, tarmoqqa kirish va ma`lum tovar bozorida ishtirok etish oson ko`chadi.
Bunday bozor ishtirokchilari juda yirik ishlab chiqarishga ega bo`lmay, nisbatan
katta bo`lmagan firmalar bo`lib, ularning xarajatlari uchun katta mablag` talab
etilmaydi.
Monopolli raqobatdagi monopollik mazmunini nima belgilaydi, degan savol
tug`ilishi mumkin. Bunga javoban shuni aytish mumkinki, tovar xillari turliligi, sotuvga
chiqariladigan tovarlarning farqlanishi va o`ziga xos monopol egalikning
mavjudligi bozorda monopol hukmronlikni yuzaga keltiradi. Tovar ishlab
chiqaruvchilarning yagona bo`lmay, yana boshqalarning bo`lishi va tarmoqqa
kirish erkinligi mavjud bo`lishiga qaramay, o`z tabaqalashgan tovari yoki
xizmatiga o`zi baho qo`yish imkoniga ega bo`ladi. Bundan tashqari bu bozorda
mayda va o`rta ishlab chiqaruvchilar bilan birga yiriklari ham ishtirok etadi.
Shuning uchun ham hozirgi zamon harbiy mamlakatlar bozori tuzilishida shu biz
ko`rayotgan monopolli raqobat ustunlik qiladi.
Keyingi model — oligopoliya bo`lib, raqobatda ishtirok etuvchilarning
ozchilikni tashkil etishi bilan farqlanadi. Agar bozordagi raqiblar ko`pchilik
bo`lmay, juda ozchilikni tashkil etib, miqdori o`ndan oshmasa, buni oligopoliya
deyiladi. Bu taxminan sof monopoliya va monopolli raqobat o`rtasidagi bozor
modelidir. Aytaylik, AQShdagi avtomobil sanoatida uch yirik firma hukmronlik
qiladi; "Djeneral motorz", "Ford" va "Krays-ler". YAponiyada ham bir nechta
gigantlar mavjud. Shularga o`xshagan gigantlarning bozordagi hukmronligi
oligopoliya mazmuniga ega bo`ladi.
Oligopollar bir xil yoki tabaqalashtirilgan tovarlar ishlab chiqarishi mumkin.
Bir xillilik ko`pincha xomashyo va yarim fabrikatlar bozoriga xosdir. Aytaylik, ruda,
neft, po`lat, tsement, texnik spirt kabilar. Tabaqalashtirish asosan iste`mol
buyumlariga xosdir. Albatta ozchilikni tashkil etgan firmalarning bir birlari bilan
kelishuvi juda oson. Ular monopol baho, bozorlarni bo`lib olish va raqobatning
boshqa tomonlariga osonlikcha ta`sir etib, uni chegaralay oladilar. Shunday qilib,
oligopoliya sof monopoliyaga yaqinlasha oladi. Tajriba shuni ko`rsatadiki, oligopol
bozordagi raqobat ishlab chiqarish kontsentratsiyasiga bog`liqdir: ular ko`p bo`lsa,
ya`ni ko`p sonli firmalar mavjud bo`lsa, raqobat ta`siri kuchliroq bo`ladi, agar
firmalar oz sonli bo`lsa, raqobat zaiflashadi, monopollik ustunlik qiladi.
Oligopol bozorning rivojlangan raqobatdan muhim farqi shuki, u baho
harakati bilan bog`langandir. Raqobat bozorida baholar to`xtovsiz va tez-tez
o`zgarib tursa, oligopol bozorda baho juda kam o`zgarib, ancha turg`unlikka ega
bo`ladi. Baholarni etakchi firma bo`lsa, belgilaydi qolganlari uning ketidan
ergashadilar.
Shunday qilib, raqobat va monopoliyalar ta`siri ostida bozor modellari
turliligi to`g`risidagi umumiy tu-unchalar bilan tanishib chiqdik. Endi yuqorida
aytganimizdek, sof monopoliyaga qaytib, bahoning shakllanishi va umuman unga
xos ba`zi muhim tomonlarni to`laroq ko`rib chiqaylik. Bunda harakatlar, baho va
daromadlar o`zgarish chizig`idan foydalanamiz. Sof raqobatli bozor sharoitida
elastik, ya`ni o`zgaruvchan talab mavjud bo`lib, talab chizig`i pirovarddagi
daromad chizig`iga to`g`ri keladi. Monopolistning talab chizig`i tarmoqlar talab
chizig`iga mos keladi, shunga ko`ra u pasayish xususiyatiga ega. Bunda birinchi
sotilgan yuqori bahodagi tovarga nisbatan keyingilarining bahosi pasayib boradi.
Daromad ham shu tarzda bo`ladi.
Ammo shu narsani ham e`tiborga olish kerakki, doimo baho hisobiga
daromad olib bo`lmaydi. Bahoning ko`tarilishi hamma vaqt monopoliya uchun
foydali deb bo`lmaydi. Uning uchun eng ma`qul yo`l ishlab chiqarishni o`stirish va
taraqqiy ettirishdir.
YAkka firma mavjudligi va sof monopoliya sharoitida raqobat yo`q bo`ladi, -
deb bo`lmaydi. Chunki, bu firma resurslar, ishlab chiqarish vositalari va ish kuchi
bozorida xaridor sifatida raqobatga uchraydi. Jahon bozori ichki bozordan
farqlanadi. Aytaylik, AQSh yirik avtomobil kontsernlari YAponiya, Germaniya,
Frantsiya, Shvetsiya kabi mamlakatlar avtomobil firmalari bilan raqobat kurashida
bo`ladilar. Bularning hammasi monopoliyaning sof mazmunini inkor etmaydi va
aksmonopoliya
siyosatini qo`llash talab etiladi. Bu siyosat Xg`X asrning oxiridayoq boshlangan
bo`lib, hozirgacha takomillashib kelmoqda. Davlatning monopoliyalarga qarshi
birinchi qonuni antitrest qonun 1890 yilda AQShda chiqarilgan bo`lib, bu
"Sherman qonuni" deb atalgan. Bu qonun keyinchalik bir necha bor qayta qo`rib
chiqildi. Bunday qonunlar ko`pchilik bozor iqtisodiyotidagi mamlakatlarga
mansubdir. Bizning respublikamizda monopoliyadan chiqarish qo`mitasi bor va uning
asosiy vazifasi monopoliyaga qarshi kurashishdir.
Dostları ilə paylaş: |