3.Microsoft Access dasturi Malumotlar bazasini yaratishda foydalaniladi.Microsoft Office keng tarqalgan ofis ishlarini avtomatlashtiruvchi dasturlar paketidir. Uning tarkibiga majmuasi xozirda MOBT sifatida keng oʻrganilmokda va qoʻllanilmokda. MOning dastlabki oynasi soddaligi va tushunarliligi bilan ajralib turadi. Undagi oltita ilova, dastur ishlaydigan olti ob`ektni tasvirlaydi. Bular „Tablitsi“ (Jadvallar), „Zaprosi“ (Soʻrovlar), „Formi“ (Shakllar), „Otchyoti“ (Hisobotlar), „Makrosi“ (Makroslar), „Moduli“ (Modullar).
SQL(Structured Query Language) – Bu so'rov tili ko'p operatorlardan tashkil topgan bo'lib, bu operatorlar orqali foydalanuvchilar va dasturlar Oracle(MBBT) dagi ma'lumotlar bazasiga murojaatni amalga oshirishi mumkin. Oracle utililari yoki har xil dasturlar SQL operatorlarisiz bazaga murojaatni amalga oshirishi mumkin, lekin so'rovlarni amalga oshirishda bu so'rov tilidan foydalanmaslikning iloji yo'q. SQL tili so'rov-natija ko'rinishida ishlaydi. So'rovlar har bir element uchun emas, butun bir guruh uchun beriladi va natija olinadi. SQL uchun ma'lumotlar bazasidagi ma'lumotlar qay shaklda, qay tartibda joylashganini umuman ahamiyati yo'q, foydalanuvchilar ham bu ma'lumotlarni bilishi shart emas. Faqatgina operatorlarni to'g'ri yozish orqali istalgan ma'lumotlarni chiqarish mumkin bo'ladi.
SQL tili barcha ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari uchun umumiy standart til hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, agar siz bu tilni bir marotaba o'rganib olsangiz, istalgan MBBT lari bilan ishlay olasiz. Bitta MBBT da yaratilgan biror sql operatorlar yig'indisi(kichik so'rov dasturi)ni, istalgan MBBT ga ko'chirish mumkin bo'ladi.
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda, MBning jadvallari o’rtasida relyatsion bog’lanishlarni hosil qilishning ma’nosi ma’lumotlar muhofazasini ta’minlashdan va o’zaro bog’langan jadvallarning biriga o’zgartirish kiritish orqali boshqa barchasida birvarakayiga o’zgartirishlar kiritishga erishishdan iboratdir.