Mavzu: Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni


Jamoa mulki - muayyan maqsad yo‘lida o‘zlarida bo‘lgan



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə2/3
tarix26.10.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#161418
1   2   3
Iqtisodiyot nazariyasi

Jamoa mulki - muayyan maqsad yo‘lida o‘zlarida bo‘lgan
  • ishlab chiqarish vositalarini umumlashtirib jamoaga birlashgan
  • kishilar tomonidan moddiy va ma’naviy boyliklarni hamjihatlik
  • bilan o‘zlashtirishni bildiradi. Jamoa mulki davlat mulkini korxona
  • jamoasi sotib olishi, badal to‘lab korxona qurishi, aksiya chiqarib,
  • ulami sotish kabi yo‘llar orqali paydo bo‘ldi. Jamoa mulkining
  • muhim xususiyati shundaki, ishlab chiqarish vositalari va mehnat
  • mahsuliga ayrim shaxslar emas, balki ma’lum guruh, kishilar egalik
  • qiladi. Jamoa mulkiga kooperativlaming, ijara va jamoa korxonalarining,
  • aksiyadorlar jamiyatlari, xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining,
  • jamoa tashkilotlari va diniy tashkilotlaming mulki kiradi.
    • Shaxsiy mulk - bu fuqarolar mulki bo‘lib, ularning oilaviy
    • faoliyat yuritishida shaxsiy yoki oilaviy mehnatga asoslanib, o‘z
    • ehtiyojini qondirishiga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning
    • yoki uning oila a’zolarining mehnati va undan kelgan daromadlari
    • asosida ko‘payadi va rivoj topadi.
    • Fuqaroning shaxsiy mulki asosan, ulaming ijtimoiy ishlab chiqarishda
    • ishtirokidan, o‘z xo‘jaligini yuritishdan tushgan mehnat da-
    • romadlari hisobiga vujudga keladi va ko‘payadi. Bozor iqtisodiyoti
    • sharoitida shaxsiy mulk aksiyadan olinadigan dividend, bank foizlari,
    • xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi manbalarga ham asoslanadi.
    • Shaxsiy mulk obyektlari - bu turar joylar, bog‘-hovli va uylar,
    • transport vositalari, pul jamg‘armalari, uy-ro‘zg‘or va shaxsiy
    • iste’mol buyumlari, yakka tartibda va boshqa xo‘jalik faoliyati uchun
    • kerakli ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan mahsulot va
    • boshqalar bo‘lishi mumkin.
    • ≪ 0 ‘zbekiston Respublikasida mulkchilik
    • to‘g‘risida≫gi qonunda ko‘rsatilganidek, savdo, umumiy ovqatlanish,
    • maishiy xizmat sohasidagi, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi
    • kichik korxonalar fuqaro va uning oila a’zolarining mulki bo‘lishi
    • mumkin. Shaxsiy mulk obyektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan
    • chiqib, daromad topish yo‘lida ishlatilishi mumkin.

    • Yüklə 0,7 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
    1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin