Xususiy mulk - bir shaxsga jumladan, tadbirkorga qarashli
bo‘lib, yollanma mehnatga asoslangan holda daromad olishga
qaratilgan mulkdir. Bu yerda mulk egasi bilan tadbirkomi bir xil
qarash kerak emas. Mulk egasi o‘z mulkini o‘zi yuritishi ham mumkin,
uni tadbirkorga ijaraga berishi ham mumkin. Agar mulk egasi
o‘z mulkini o‘zi yuritsa, u bir vaqtning o‘zida ham mulk egasi ham
tadbirkor sifatida namoyon bo‘ladi.
0 ‘zbekiston Respublikasining mulkchilik to‘g‘risidagi qonunida
(7-modda) xususiy mulk o‘z mol-mulkiga xususiy egalik qilish,
undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir, deb
ko‘rsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning
miqdori va qiymati cheklanmasligi ta’kidlanadi. Xususiy mulk ham
boshqa har qanday mulk shakllari kabi o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga
ega. U so‘zsiz, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga
mas’uliyatlilik munosabatlarini rag‘batlantiradi. Shu bilan birga,
tovar ishlab chiqarish sharoitida u xufyona daromad orttirishga intilish
hissini tug‘diradi. Mulkchilikning bu shaklini tan olish iqtisodiyotda
uni qo‘llash foydali bolgan bo‘g‘inlami aniqlash, uni tartibga
solishning moliyaviy va huquqiy mexanizmlarini shakllantirishni
taqozo qiladi.
Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni mutlaqlashtirish
bilan umuman bog‘liq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab
chiqarish vositalari asosida mustaqil xo‘jalik yuritish yoki davlat
97
korxonalari, kooperativ firmalar, magazin, oshxona va shu kabilami
sotib olish orqali vujudga kelishi, ko‘payishi mumkin.
Turli shakldagi mulklaming aralashib, birikib ketishi natijasida
aralash mulk paydo bo‘ladi. Bu mulk alohida olingan obyektning turli
mulkdorlar ishtirokida o‘zlashtirilishini bildiradi.
Shuningdek, mamlakat yalpi ichki mahsuloti tarkibida nodavlat
sektorining ulushi ham sezilarli darajada oshib bormoqda (3.1-jadval).
Jadvaldan ko‘rinadiki, 2013-yilda ro‘yxatdan o‘tgan korxona
va tashkilotlarning mulkchilik shakllari bo‘yicha 14,8 foizi davlat
mulkiga asoslangan korxonalardan iborat bo‘lsa, 85,2 foizi nodavlat
mulkiga asoslanadi, faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlaming
esa 16,3 foizi davlat mulkiga asoslansa, 83,7 foizi nodavlat
mulkiga asoslangan holda faoliyat yuritmoqda. 2015-yilda esa mulkni
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish hisobiga faoliyat
ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 15 foizi davlat mulki asosida,
84 foizi esa nodavlat mulki asosida ishlamoqda.
Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni va ularning iqtisodiy mazmuni
Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida mulkchilik munosabatlari o’z ichiga davlat mulkini, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va matlubot sohalaridagi jamoa mulkining xilma-xil turlarini, ijtimoiy tashkilotlar mulkini, uy xo’jaligi va shaxsiy tomorqa xo’jaligi hamda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bog’liq bo’lgan mehnatkashlarning shaxsiy mulkini, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk shakllarini va xususiy mulklarni oladi. shu sababli «O’zbekiston Respublikasining mulkchilik to’g’risida»gi qonunida turli-tuman mulklar quyidagi mulk shakllariga kiritiladi: davlat mulki, jamoa mulki, xususiy mulk, shaxsiy mulk, aralash mulk
Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo’lishi va ularning iqtisodiy mezoni, avvalo, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasi bilan bog’liq. shu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab chiqaruvchi kuchlarning holati, ijtimoiy mehnat taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarining yetuklik darajasi bilan mos kelishi zarur.