Mavzu: Muloqot ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning ifodasi
sifatida
Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga shaxsning kommunikativ funksiyalari haqida umumiy
tushuncha berish.
Tushunchalar va tayanch iboralar: Shaxs, guruh, kommunikativ funksiya,
psoxologik trening, trener, perseptiv trening, “umumiy fon”, “sessiyalar” perseptiv trening
boskichlari, senzitivlik.
Reja:
1.Ijtimoiy psoxologik treningni tashkil etuvchilarni tayyorlash muammosi. Trener shaxsiga
qо‘yiladigan talablar. Boshlovchi trenerning asosiy vazifalari.
2.IPT da samarali mulokotga erishish omillari.
3 .Ijtimoiy psixologik faol uslublarni maxalliy sharoitlarda kо‘llash va mutaxassislar
tayyorlashda ulardan foydalanish.
4.Ijtimoiy psixologik treningni tashkil etishning xududiy va milliy jixatlari.Ta’lim-tarbiya
tizimida faol ijtimoiy psixologik tayyorlov usullaridan foydalanishning axamiyati.
5.Ijtimoiy psixologik bilimdonlik shaxs takdiri va saloxiyatini belgilovchi muxim omil
ekanligi.
Perseptiv trening xam ijtimoiy psixologik treningning bir shakli bulib, u xam eng avvalo
shaxsni uz-uzini tugri anglash va tushunish orkali boshkalarni tugrirok bilishga va ular bilan
mos munosabatlar urnatishga karatadi. Ushbu trening turining asl moxiyati shundaki, unda
ishtirok etuvchi shaxs avvalo uzidagi ayrim xissiyotlarni uygotish orkali uz kilmishlarini
xolisona baxolash va shu orkali uzgalar ichki olamida ruy beradigan xissiy kechinmalarni
anglash imkoniyatiga ega buladi, natijada uz-uzini mukammallashtirish dasturini ishlab chikadi.
Persiptiv trening jarayonida ishtirok etuvchilar uzlari uzgalar kuz ungida kanday
baxolanishlarini, uzgalar mavkeida turib, uzlariga tugri baxo berish va uz xulkiga uzgalardan
beriladigan munosabatni xis kilishga muvaffak buladilar.
Ilmiy adabiyotlarda perseptiv trening ba’zan senzitiv trening xam deb ataladi. Zero,
«senzitiv» trening ma’nosi – sezgirlikdir. YA’ni senzitiv trening mashgulotlarida odamning
shaxslararo munosabatlarda namoyon buladigan xissiyotlarga sezgirligi oshadi.
Bu usul asrimizning 50–yillarida yuzaga kelgan bulib. U asosan pedagoglar, rejissyorlar,
psixoterapevtlar, psixologlar tomonidan turli mexnat jamoalari raxbarlarini ukitish va ulardagi
kommunikativ kobiliyatlarni ustirishda kullanilgan mashgulotlarda ishtirokchilar «uzgalar oyok
kiyimida yurish» vaziyatiga solinib, shu orkali ularda birovlar bilan mulokatga kirishganda
extiyot bulish xissi va empatiya tarbiyalangan. Usulning muxim xususiyati shundaki, T-guruxni
tashkil etishda shaxsiy faoliyatni yunaltirishda katnashchilarga maksimal darajada erkinlik
beriladi. Bunda ishlatiladigan eng uziga xoslik shuki, uyin ishtirokchilariga oldindan nima
bulishi xakida deyarli xech kanday ma’lumot berilmaydi. Uyin katnashchilari guyoki
kommunikativ vakuum xolatiga tushiriladi. Shuning uchun xam bu jarayonning samarasiga
«sinashlar» va «xatoliklar» vositasida erishiladi.
Shunday kilib, perseptiv treningda ishtirokchilar faoliyatida akliy (intellektual)
jarayonlardan kura xissiyotlar, emotsiyalar muxim rol uynaydi.
Perseptiv treningni tashkil etish shartlari.
Mashgulotlar boshlanishidan avval ishtirokchilarga liderlik, motivatsiya, shaxslararo
mulokot, guruxiy jarayonlar, shaxs tiplari xakida ma’ruzalar ukitiladi, amaliy mashgulotlar
oldidan xar bir ishtirokchiga yozma matnlar berib chikiladi, ularda xam ma’ruzalarda kutarilgan
muammolarga oid amaliy xulosalar va tavsiyalar mavjud buladi. Bularnig barchasi aslida
umumiy «fon» rolini uynaydi va katnashchilarni uyinga ruxiy jixatdan tayyorlaydi.
Trening mashgulotlarida urtacha 6-15 kishi katnashadi va ular 2 sutkadan tortib to 4
xaftagacha davom etishi mumkin. Guruxda turli yosh va kasb vakillari bulishi mumkin, ular bir-
birlarini tanimasliklari kerak. Odatda persiptiv trening biroz gayritabiiy sharoitlarda, M: maxsus
trenirovka markazlarida, mexmonxonalarda, shaxar tashkarisida, saylgoxlarda utkaziladi. Lekin
oxirgi yillarda kup joylarda tashkil kilinayotgan ana shunday treninglarda kasbi bir yoki bir
biriga yakin kishilar guruxida xam utkazilmokda va u ijobiy natija beryapti. Odatda mashgulotlar
sessiyalar deb ataladi va ularga ijtimoiy psixolog yoki amaliyotchi psixolog raxbarlik kiladi,
lekin uning roli uziga xos xususiyatga ega buladi. YA’ni u ma’ruzalar ukishdan tashkari uzaro
mulokatlar jarayonid «katalizator» sifatida guruxiy jarayonlarni faollashtirishga bevosita
aralashishi va mulokotga tabiiy ishtirokchi sifatida kushilib turishi mumkin. Treningning asosiy
talablaridan biri shuki, unda kundalik xayotda odatlanib kolingan mulokot tizimlari shaxsni
xayotdagi mavkei yoki obrusiga e’tibor berishlari mavjud bulmaydi. Chunki ishtirokchilar erkin
mulokot jarayonida uzlarini boshkalar tomonidan kanday idrok kilayotganliklarini anglashlari va
shu orkali uzlarini idrok kilishga muyassar bulishlari kerak va bu narsa kupincha uyindan
keyingi munozaralarda kurib chikiladi.
Perseptiv treningning 3 asosiy boskichi mavjud.
1. Kirishish boskichi. Bunda gurux a’zolari urtasida uzaro ilik munosabatlar
urnatilishi, ularda ustanovkalar, karashlardan kutilish imkoniyati mavjud bulishi lozim. Shuning
uchun bulsa kerak birinchi boskich «muzning erishi» xam deb ataladi.
2. Uzgarish boskichi. Bunda yangicha sifatlar va sabablar shakllanishi boshlanadi va
gurux a’zolari bir-birlari bilan yaxshi munosabatlar urnatilganligi sababli bir birlaridan
tortinmaydigan buladilar.
3. Mustaxkamlanish boskichi, obrazli aytilsa, bu boskich «muzning yana kayta
kotishi» xam deyiladi. Bu gurux tan olgan va ma’kullangan, shaxs uchun manfaatli sifatlar
mustaxkamlanadi va yangicha munosabatlar tizimi shakllanadi. Xosil bulgan tizim uzok muddat
xotirada saklanadi.
Perseptiv treningning ishtirokchilari barcha boskichlardan utishlari shart va ularda
kaysi boskichning kay darajada uzok kechishi gurux a’zolarining shaxsiy xoxishlari, xayotiy
tajribalari va istaklariga boglik. M: kupincha birinchi boskichda mulokot ruy beradi va a’zolar
munozaralar va uyinlar vositasida turli vaziyatlarga uzlarini kuyish orkali yangi karashlarni
shakllantirishga kup vakt sarf kiladilar.
Perseptiv trening uyinlaridan biri – kur-kurona ishonch deb atalib,unga kura,
ishtirokchilar 2 guruxga bulinadilar. 1-gurux a’zolarining kuzlari boglanadi va ularni bittama-
bitta ikkinchi gurux a’zolari yetaklab, yul kursatib boradilar. Uyin 10 minutgacha davom etadi va
bu davrda ishtirokchilar gaplashmaydilar. 10 minutdan sung rollar almashinadi, endi boshlovchi
«kuzi ojiz» rolida buladi. Odatda 1-boskichda kuzi boglangan uz boshidan ogir kismatni
kechirgani uchun xam sherigini yetaklashda kuprok extiyotkor bulib, kiynamay yetaklay
boshlaydi. Kechirilgan xissiyot uyin tugagach, keng muxokama kilinadi. Bu uyinning ijtimoiy
moxiyati shundaki, u orkali boshlik va buysunuvchi, nochor va baxtli odamlar toifalarining ruxiy
kechinmalari taxlil kilinadi xamda xayotda tushkunlik yoki tajribasizlik tufayli nochor insonlarga
kanday muomalada bulish kerakligi xakida xulosalar chikariladi.
Kupincha shunday uyinlarda ayrim shaxslar sira guruxga kushila olmaydilar, bu xam
ularning jamiyatdagi mavkelari va odamlarga munosabatlarini yakkol nomoyon kiladi, masalan
ana shunday uyinlarning birida bir raxbar xodim «Men xech kimga kushila olmayapman, meni
gurux kabul kilmayaptiku?», - deb e’tirof etgan. Shunda gurux azolari: «Tugri, siz uzingizni
guyoki oramizdagi aygokchiday tutyapsiz, uzingizni katta olmay, xamma katori tuting», - deb
unga tanbex berishgan. Demak, usha boshlik ishda xam yangi xodimlar yoki yangi shaxslar
bilan tez «til topishib» keta olmaydi, unda «subordina» kasali bor. Uyin mobaynida usha
shaxsdagi ana shu illat tuzatilgan. Demak, senzitiv yoki perseptiv trening jarayonida gurux
a’zolari urtasida doimiy «teskari aloka » ning bulishi katta axamiyatga ega. Chunki ishtirokchilar
doimo turli vaziyatlarda uzining va uzgalarning xulk-atvorini kuzatishi konuniyatiga ega buladi
va bunda shaxsning uziga xos sifatlari tarbiyalanadi. Umuman, sentiziv treningning ijtimoiy
axamiyati shundaki, u birinchidan, uz-uzini va uzgalarni tushinish jarayonini tezlashtiradi va
bunda shaxslararo idrok streotiplari taxlil kilinadi, ikkinchidan, guruxiy jarayonlarning uziga xos
kirralarini xis kilish odatdagi kundalik mulokotda voz kechish mushkil bulgan «egoximoya»
shablonlaridan kutilish imkonini beradi, uchinchidan, birovlarning dardini xis kilish, cuzlarini
eshitish kobiliyatini ustiradi.
Turtinchidan, turli vaziyatlarda tugri va anik savollar berish, zarur bulsa, ularga uzi xam javob
berish malakalari xosil buladi.
Beshinchidan, uzgalarni va uzini tankid kilish, mulokotning verbal va noverbal usullaridan
samarali foydalanish va ularni uzlashtirish sodir buladi.
Bu usulni nazariy va amaliy jixatdan urganib chikkan AKSH olimi G.Smit uning kuyidagi
turlarini aniklagan edi:
1. Kuzatuvchanlikka asoslangan senzitivlik. Bunda asosiy narsa, shaxsning kuzatuvchanlik
kobiliyatiga asoslangan xolda nafakat uzining, balki boshkalarning xar bir xarakati, nutki, tana
xarakatlari, mimikalari va boshka jixatlarini tashki tamondan bevosita idrok kilish va kuzatuv
tajribasiga tayangan xolda uz xarakatlarini tuzatish imkoniyatini beruvchi fazilatlarga ega
bulishdir. YA’ni insondagi bu sifatlar -kuzatuvchanlik kobiliyati shunday faol jarayonki, unda
fakat kurish organlari orkali kayd kilingan tashki obektlargina inobatga olinmay, balki bunda
shaxs kurishni xoxlagan jixatlar xam ongda kayd etiladi. M: uzi yoktirgan odamda bevosita kayd
etilmagan sifatlar xam e’tirof etilishi mumkin. Ayniksa, uz-uzini kuzatishga asoslangan
introspektiv usul xam bunda katta rol uynaydi.
2. Nazariy sentizivlik. Bu shaxsning uzidagi goyalar, nazariy karashlarni uzgalarning
xissiyotlari, fikrlari va xarakatlarini sharxlash va baxolash uchun ishlatish kobiliyatidir. M: shaxs
tiplari xakidagi nazariy bilimlar bizga uzgalarni osonrok bilishga yordam beradi.
3. Nomotetik senzitivlik. Atamaning ma’nosi grekcha «konuniy urnatilgan» suzidan kelib
chikadi, ya’ni, u yoki bu shaxsning uzini va uzgalarni bilish va ularning xulkiga baxo berish
uchun usha shaxs mansub bulgan ijtimoiy gurux vakilining tipik fazilatlaridan foydalanish unga
xos bulgan obraz xamda tushunchalarini ishlatish kobiliyati – nomotetik senzitivlikdir. Demak
bunda shaxs uzini va uzgalarni anikrok baxolash uchun usha ijtimoiy gurux vakilining
«umumlashtirilgan obrazidan foydalanadi.
4. Idiografik sentizivlik - «uziga xos» suzidan olingan bulib, nomotetikdan farkli ularok, u xar
bir shaxsni uziga xos idrok kilish va shunday imkoniyatdan foydalanish kobiliyatidir. Bu
kobiliyat «kaytarilmas, uziga xos » tushunchalaridan kelib chikadi.
Senzitivlikning barcha yukorida keltirilgan turlari, tabiiyki, aloxida-aloxida kullanilmaydi,
amaliyotda esa uyinlarni tashkil etishda ularni barchasidan okilona foydalanishgina samara
beradi. Shuning uchun xam ular xakidagi bilimlarga ega bulish, birinchi navbatda boshlovchi
psixologlar uchun zarurdir.
Shunday kilib, agar ma’ruzalar tinglash jarayonida shaxs boshkalarning, umuman
olganda uzlarini kanday tutishlari xakida tasavvurga ega bulsa, T-guruxlarda uyushtiriladigan
mashgulotlarda u uzining jamiyatda tutgan urnini anglash, boshkalar tomonidan kanday idrok
kilinayotganligini xis kilish, uzgalarning unga ta’siri kanday bulayotganini sezish imkoniyatiga
ega buladi va shu orkali boshkalarga nisbatan munosabat tuzilish tizimini mukammallashtiradi.
Sinektika bu urinda inson tasavvurlarini yanada rivojlantirish usuli sifatida turli mutaxassislar
shaxs karashlarini kayta taxlil kilish usuli sifatida kushimcha yordam beradi. M: bu urinda
«Robinzon» uyinining uziga xos variantini taklif kilish mumkin.
Aytaylik, gurux, insonsiz orolga tushib kolgan, maksad, katta kayik yasash va orolni tark
etish. Gurux a’zolari barcha yullar xakida fikrlashib, va nixoyat, 12 oy ichida shu oroldan chikib
ketish dasturini ishlab chikadilar. Fikrlar, takliflar bajaruvchilar xakidagi fantastik obrazlar va
yaxlit tizim guruxda kuplab shaxslararo muammolarni yul-yulakay xal kilishni talab kiladi,
natijada odamlar bir-birlarini yanada yakindan bilib oladilar.
Ijtimoiy psixologik trening insonlar urtasidagi soglom munosabatlarning bulishiga
erishishni maksad kilib kuyar ekan, uni utkazuvchi, uyushtiruvchi shaxs va uning uz ishini
mukammal bilishi faoliyat samarasini ta’minlovchi asosiy omillardan biridir. Trening
utkazuvchiga kuyiladigan asosiy shartlardan va talablardan biri shuki, u mulokot jarayonining
bacha kirralarini professional darajada mukammal egallagan bulishi kerak.
U xam bulsa- nazariy bilimlarni bevosita amaliyotda, trening jarayonida kullay bilishdir.
Ularni odatda trenerlar, instruktorlar, boshlovchilar deb atashadi. Demak, treninnglar
uyushtiruvchi muassasa yoki tashkilotlarda eng avval e’tibor berilishi zarur bulgan narsa xam
shuki, u yerda ijtimoiy psixolgik trening olib boruvchilarni ukitish, tayyorlash ulardan mutaxasis
yetishtirishdir.
Trener shaxsiga kuyiladigan talablar kuyidagilar:
1.U avvalo uzgalar shaxsiga xos bulgan xususiyatlarni juda yaxshi bilishi va bundan
inglizlar aytganidek « Uzgalar psixologiyasini bilish- ular ustidan xukmronlikning bir shaklidir»
degan naklni esdan chikarmaslikdir, lekin bunda pedagogik altruizm- ya’ni uzgalar manfaatini
uzinikidan ustun kuyish xislati bulishi kerak.
2.О‘zining shaxsiy fazilatlari va psixologiyasini mukammal bilishi va uni boshkara olish
kobiliyatiga ega bulishi zarur.
3.Har kanday chigal yoki ziddiyatli vaziyatlardan chikib ketishgina emas, balki uni oldini
ola bilish, vaziyat tugri kelganda esa bartaraf etib, ishtirokchilarga tugri maslaxat bera olish
4.Empatiya, ya’ni uzgalar xolatlarini chukur xis kila olish kobiliyatining mavjudligi.
5.Uzgaruvchan, moslanuvchan akl soxibi bulish, kutilmagan xolatlarga , uzini oldindan
tayyorlash, uzini yukotmaslik.
6.О‘z xatti xarakatlarini doimo ma’lum makomda ushlash va kerak bulsa uzidagi
motorikani rivojlantira olish.
7.О‘zgalar nutki, reaksiyalarini anik tushunish va tinglash, mimika va moxiyatlar
xarakatini tugri talkin etish va tushinish
8.Tinglovchilar va uyin ishtirokchilarining extiyojlari va kizikishlariga karshi bormasligi
9.Rejalashtirish kobiliyatining bulishi, bunda oldindan kutilayotgan jarayoning barcha
muxim va nomuxim jixatlarini oldindan taxminan bulsa xam ta’savvur kilib, anik reja reja tuza
olish
10.Uziga ishonch, e’tikodningsh mavjudligi, real taffakur va irodaning bulishi
Boshlovchi trenerning asosiy vazifalari xam uning shaxsiga kuyiladigan talablardan
bevosita kelib chikadi. YA’ni u:
A) avvalo ta’lim dasturiga ega bulishi kerak
B) dasturga mos ssenariyalar tanlay bilish, kerak bulsa, xar bir anik xolat va vaziyatga
moslashtirish, mashgulotlarni tashkil kilishda xam ushbu xolatlarga e’tibor karatish shart
V) katnashchilarning yoshi, jinsi , kasbiy malakalari, madaniyat darajasi va extiyojlarini
mos ravishda dastur va stenariylarga uz vaktida tuzatishlar kiritish kobiliyatiga ega bulishi,
mashgulotlar shakli,vakti , joyini xam yukoridagi omilarga mos ravishda tanlashi ularning
samaradorligiga bevosita ta’sir kursatadi.
Imkoniyat boricha tinglovchilarni mashgulot boshlanishidan avvval mavzu buyicha yozgan
matnlar bilan ta’minlash va maruzalarni iloji boricha uzi ukib, amaliy magulotlarga xam
begonalarni jalb kilmagani makul «chunki bu yerda « nimanga urgatish» va « kanday urgatish»
degag savollarga javobgar shaxs bir ish bulsa, xarakatlarda uygunlik bulishi mumkin.
Ijtimoiy psixologik treningdan boshlovchi roliga duch kelgan shaxslarni jalb kilib
bulmaydi. Chunki mashgulotlarni utkazuvchi maxsus tanlovda ishtirok etgan bulishi va unda
uning komunikativ maxorati , uz-uzini nazorat kila olish kobiliyati, bosikligi, xissiyotlarining
mukobilligi, ularga ma’lum ma’noda turgunlik xoss bulishi shart.
Tanlovchi umuman xolis ekspertlar , trenerlarni tayyorlash kurslari xam nisbatan uzok
muddatga muljallangan mashgulotlar tizimidan iborat buladi.
IPTdan samarali mulokotga erishish uchun kuyidagi omillar xisobga olinishi maksadga muvofik:
A) maksadning anik bulishi , uning boshlovchi va ishtirokilvr tomonidan bir xil idrok
kilinishi va tushinilishi . Demak bu urinda guruxiy va individual maksadlar urtasidagi moslik va
kelishuvning mavjudligiga e’tibor karatilishi shart.
B) Ikki tomonlama mulokotning mavjudligi , ya’ni fikr va xissiy kechinmalarning
anikligi, ochikligi va rostguylik tamoillariga e’tibor berish.
V) faol ishtirok va guruxdagi liderlikning a’zolar urtasidan teng taksimlanishiga erishish,
ya’ni guruxda yakkol kuzga tashlangan lider yoki doimo uz xissiy kechirmalariniva irodasini
boshkalarga utkazishga xarakat kilayotgan shaxsning bulmasligi
G) ta’sir kursatish yoki ruxiy tayzikning ishtirokchilar bilimlari , kobiliyatlari va
malakalariga asoslanishi, lekin bunda boshkalarning kamsitilishiga yul kuymaslik.
D) karor kabul kilish va munozaralarini yakunlash boskichlarida vaziyatga karab,
boshlovchining tagshabbusini uz kuliga olish xukukidan foydalanishi .
YE) nafs va tortishuvilarga doimo tugri, okilona, konstruktiv tus bera olish, bu omil
ishtirokchilar tashshabuslarini kullab-kuvvatlaydi va ulardan shakllanadigan sifatlarning
mustaxkamlanishiga zamin xozirlaydi.
J) gurux faoliyatining samaradorligi masalasi xam usha gurux a’zolari tomonidan
baxolanishi uyin munozarani yana davom ettirish yoki tuxtashish msalasiga oydinlik kiritadi, aks
xolda boshlovchi bu masuliyatni uz buyniga olsa unda gurux uz faoliyatidan konikay yeolishi
mumkin
Z) Birinchi gurux a’zolarining maksimal tarzda uzini kursatish, xattoki, uzidagi yashirin
e’motsiyalarini va yangiliklarni nomoyon etishga undash lozimki,toki u xar kanday sharoitda
xam uz individualigini kursatish kobiliyatiga ega bulsin.
Shunday kilib, ijtimoiy psitxologik treninning samaradorligi bir tomondan, ishtirokchilarni faol
katnashishlarini va uzlarini erkin xis kilishlariga boglik bulsa, 2-chi tomondan, bu narsa
boshlovchi , trenir shaxsini xususiyatlariga bevosita boglikdir. Shuning uchun xam trener yoki
yosh bulsa va unda ijtimoiy trenening utkizish tajribasi yetishmasa, u uziga xos va mos
auditoriyani topib ishlashi, birdaniga kattalar guruxiga, nomalum kishilar bilan ishlashdan uzini
tiyishi kerak. Chunki agar u uz amaliy faoliyatini boshidayok maglubiyatga uchrasa , xech
kachon u trening mashgulotlari utkaza olmasligi mumkin. Bu unda shaxsiy tushkunlikni
keltirib chikarib, uzi yordamga muxtoj bulib koladi. Boshlovchi xam uz faoliyatining amalga
oshirishda yukorida ta’kidlanganidek, IPT ning turli shakllaridan ma’kulrok turidan boshlashi
mumkin. Masalan: uzidan yosh bulgan bolalar guruxida turlicha oson uyinlar tashkil kilish,
savol-javob guruxlarini uyushtirish, dumalok stol atrofida turli xayotiy kazuslarni muxokama
kilishga urgatish mumkin.
Chunki, psixodrammatik uyinlar, ayniksa, sotsiadrammalar shaxsdan yuksak kasbiy
sifatlarni. Insonlar bilan ishlash tajribasini talab kiladi.
Boshlovchidan talab kilinadigan psixologik prfessionalizmning asl moxiyati shundaki,
uzbekistan odamlar kuziga xatti-xarakatiga karab, ularning niyat-istaklarini, treningda ishtirok
etish kobiliyatini taxminan oldindan chamalab olishi va uyin davomida moxirlik bilan ular
xarakatini zimdan boshkarish kobiliyatiga ega bulishi shart. Shuning uchun maxsus ijtimoiy
psixologiya kurslarida taxsil olmagan, prfessional tayyorgarlikka ega bulmagan shaxslar
treningni boshkara olmaydilar. Bundan tashkari boshkaruvchi shaxslardan fidoyilik, uz
manfaatini uzgalarnikidan pastrok kuyishi. Sabr-chidam, tezkorlik, faxm-farosat sifatlari talab
kilinadi. Bu sifatlar ma’lumki, nafakat nazariy tayyorgarlik asosida balki. Kuprok xayotiy
mulokot va ijtimoiy faoliyatning turlarida faol ishtirok etish natijasidangina kulga kiritiladi.
Xar kanday faoliyat odamlarning bir-birlari bilan til topishishni,bir-birlariga turli xil
ma’lumotlar uzatishni,fikrlar almashinuvi kabi murakkab xamkorlikni talab kiladi.Shuning
uchun xam xar bir shaxsning jamiyatda tutgan urni,ishlarining muvoffakiyati, obrusi uning
mulokotga kirish kobilyati bilan bevosita boglik.
Shaxslararo mulokot jarayoni juda murakkabdir.B.F.Pariginningyozishicha, «mulokot
shunchalik kup kirrali jarayonki, unga bir vaktning uzida kuyidagilar kiradi:
1. individlarning uzaro ta’sir jarayoni
2. Individlar urtasidagi axborot almashinuvi jarayoni
3. Bir shaxsning boshka bir shaxsga munosabati jarayoni
4. bir kishining boshkalarga ta’sir kursatish jarayoni.
5. bir-birlariga xamdardlik bildirish imkoniyati
6. shaxslarning bir-birlarini tushinish jarayoni
Mulokotning turli shakllari va boskichlari mavjud bulib,dastlabki boskich –odamning uz-uzi
bilan mulokotidir. T. Shibutani «Ijtimoiy psixologiya» kitobida ( darsligida ) «Agar odam ozgina
bulsa xam uzini anglasa, demak, uz-uziga kursatmalar bera oladi»,-deb tugri yozgan edi.
Odamning uz-uzi bilan mulokoti aslida uning boshkalar bilan mulokotining xarakterini va
xajmini belgilaydi. Agar odam uz-uzi bilan mulokot kilishni odat kilib olib, doimo jamiyatdan
uzini chetga tortib, totinib yursa, demak, u boshkalar bilan , suxbatlashishda jiddiy kiyinchilikni
boshidan kechiradi deyish mumkin. Demak, boshkalar bilan mulokot- mulokotning ikkinchi
boskichidir. Uchinchi boskich avlodlar urtasidagi mulokot.Bu mulokot tufayli xar bir
jamiyatning uz madaniyati, madaniy boyliklari, kadriyatlari mavjud buladiki, buning axamiyatini
tushungan insoniyatning eng ilgor vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saklab keladilar
xamda ta’lim-tarbiya va kundalik mulokot jarayonida uni avloddan-avlodga uzatadilar.
Mulokot murakkab jarayondir. Uning tuzilishi kuyidagicha:
1. Mulokotning kommunikativ tomoni ― mulokotlarga kirishuvchilar urtasidagi ma’lumot
almashinuvi jarayoni.
2. Mulokotning interaktiv tomoni ― mulokotga kirishuvchilarning xulk-atvoriga ta’siri.
3. Mulokotning perseptiv tomoni ― mulokotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok etishlari
va tushunishlari bilan boglik bulgan murakkab psixologik jarayon.
Xar kanday mulokot rasmiy yoki norasmiy buladi. Rasmiy mulokot odamlarning
jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulk-atvoridan kelib chikadi. Masalan, raxbarning uz
xodimlari bilan, professorning talaba bilan mulokoti. Norasmiy mulokot odamning shaxsiy
munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni usha suxbatdoshlarning fikr-uylari , niyat-
maksadlari va emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. M: dustlar suxbati, poyezdda uzok
safarga chikkan yulovchilar suxbati, tanaffusda talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar
borasidagi suxbati. Odamlarning asl tabiatiga mos bulgani uchun xam norasmiy mulokot doimo
odamlarning xayotida kuprok vaktini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin bunday
mulokotga xam kobiliyat kerak, ya’ni uning kanchalik sergapligi, ochik kungilligi, suxbatlashish
yullarini bilish, til topishish kobiliyati, uzgalarni tushunish va boshka shaxsiy sifatlari kundalik
mulokotning samarasiga bevosita ta’sir kursatadi. Shuning uchun xamma xam raxbar bula
olmaydi, ayniksa, pedagogik ishga xamma xam kul uravermaydi, chunki buning uchun xam
rasmiy, xam norasmiy mulokot texnikasidan xabardorlik talab etiladi.
Mulokot mavzui va yunalishiga kо‘ra:
1. Ijtimoiy yunaltirilgan ( keng jamoatchilikka karatilgan va jamiyat manfaatlaridan kelib
chikadigan).
2. Guruxdagi predmetga yunaltirilgan (mexnat, ta’lim jarayonidagi yoki biror topshirik
bajarish jarayonidagi mulokot).
3. Shaxsiy mulokot (bir shaxsning boshka shaxs bilan uz muammolarini yechish maksadida
urnatgan munosabatlari).
4. Pedagogik mulokot (pedagogik jarayonda ishtirok etuvchilar urtasida amalga
oshiriladigan murakkab uzaro ta’sir jarayoni).
Xar bir mulokot turining uz konun-koidalari , ta’sir usullari va yul-yuriklari borki, ularni
bilish xar bir kishining, ayniksa, odamlar bilan doimo mulokotda buladiganlarning burchidir.
Endi mulokotning xar bir tarkibiy kismi bilan aloxida tanishib chikamiz.
Dostları ilə paylaş: |